kuzatilmaydi. Bo‘g‘imoyoqlilar vakillarining barchasi ayrim jinsli hayvonlar bo‘lib, jinsiy
dimorfizm yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qisqichbaqasimonlar va
hasharotlar metamorfoz bilan o‘rgimchaksimonlar esa (kanalardan tashqari) metamorfozsiz
rivojlanadi.
Boshskeletsizlar ayrim jinsli hayvonlar bo‘lib, jinsiy a’zolari juft-juftdan jabraoldi
bo‘shlig‘ida joylashgan. Yetilgan jinsiy hujayralar jabraoldi bo‘shlig‘idan suvga chiqariladi
va suvda urug‘lanadi. Baliqlar ayrim jinsli hayvonlar (faqat dengiz olabug‘asi germafrodit).
Jinsiy hujayralar suvda urug‘lanadi. Ayrimlarida esa ichki urug‘lanish va tirik tug‘ish
kuzatiladi. Jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning erkaklarida bir juft urug‘don bo‘lib,
buyrak
yaqinida joylashgan. Urug‘donlardan boshlanadigan chiqarish nayi, siydik nayi orqali
tashqariga ochiladi. Urg‘ochilarning bir juft tuxumdonlari tana bo‘shlig‘ida joylashgan.
Yetilgan tuxumlar tuxum yo‘lida shilimshiq qobiq bilan o‘ralib kloakaga, u yerdan tashqariga
chiqariladi.
Tashqi urug‘lanish va metamorfoz bilan rivojlanish kuzatiladi. Sudralib
yuruvchilarning
jinsiy organlari erkaklarida bir juft urug‘don va urug‘ nayi, urg‘ochilarda esa bir juft
tuxumdon va tuxum yo‘lidan iborat. Ulardan boshlab ichki urug‘lanish boshlanadi, ya’ni
tuxum hujayra va spermatozoidning qo‘shilishi tuxum yo‘lida sodir bo‘ladi. Urug‘langan
tuxum oqsilli bo‘lib, ohak po‘st bilan o‘ralib kloakaga, u yerdan esa
tashqariga chiqariladi. Metamorfozsiz rivojlanadi. Ayrimlari esa tirik tug‘adi.
Sudralib yuruvchilarda ichki urug‘lanish embrionning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan
oziqqa ega va qalin po‘choqqa ega tuxum hayvonot olamidagi aromorfozlardan biri sanaladi.
Qushlarning erkagida bir juft urug‘don va bir juft urug‘ yo‘li bo‘lib, kloakaga ochiladi.
Urg‘ochilarida bitta tuxumdon va tuxum yo‘li bo‘lib, tuxum hujayra tuxum yo‘lida
urug‘lanadi. Tuxum yo‘lida ohak po‘choq bilan o‘ralib, kloaka
orqali tashqi muhitga
chiqariladi. Tuxum hujayrasida sariqlikning miqdori ko‘p, metamorfozsiz rivojlanadi va jinsiy
ko‘payish bilan bog‘liq bo‘lgan instinktlar yaxshi rivojlangan.
Sutemizuvchilarning erkaklarida bir juft urug‘don, urg‘ochilarida bir juft tuxumdon, tuxum
yo‘li va bachadon bo‘ladi. Tuban sutemizuvchilarda bachadon rivojlanmagan, xaltalilarda esa
sust rivojlangan yoki rivojlanmagan bo‘ladi. Urug‘langan tuxum hujayra ona qornida –
bachadonda rivojlanadi.
Homiladorlik muddati homilaning soniga va yashash muhitiga bog‘liq. Barcha
sutemizuvchilarda jinsiy dimorfizm kuchli rivojlangan bo‘lib, urg‘ochilari
bolasini sut bilan
boqadi.
Shunday qilib, evolutsiyada ayirish va jinsiy sistema qoldiq moddalarni va jinsiy
mahsulotlarni ayirish funksiyasini bajarib, embrional taraqqiyot davrida mezodermadan
rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: