3) 1800:2=900 ta nukleotidga ega;
4) i-RNK nukleotidlari tripletligi bitta aminokislota AKni kodlaydi, shu uchun 900:3=300 AK;
5) oqsil massasi undagi AK larning umumiy massasiga teng, ya’ni 300x120=36000 Da ga.
1-savol javobi.
Ekosistemalarning barqarorligi
. Tabiiy ekosistemalar ma’lum qonuniyatlar asosida tarkib topadi,
rivojlanadi. Ekosistema ning barqarorligi eng avvalo produtsent, konsument, redutsentlar tomonidan amal
ga oshiriladigan moddalar va energiya almashinuvi jarayoni va quyosh energiyasi hisobiga ta’minlanadi.
Yuqorida qayd etilgan ikki omil ekosistemaning tashqi muhitning doimiy o‘z
garishlariga nisbatan
barqarorligini yuzaga keltiradi. O‘zgargan ekologik omillar ta’sirida o‘zining tuzilishi va normal funksional
holatini saqlay olish xususiyati ekosistemalarning barqarorligi deb ataladi. Turlarning xilma-xilligi va
organizmlarning o‘zi yashaydigan muhitdagi o‘zgarishlarga ma’lum darajada moslanishlari ekosistemalar
barqarorligini ham da tashqi muhit omillariga nisbatan turg‘un ligini ta’minlaydi.
Ekosistemalar turg‘unligini
uning tarkibiga kiradig
an organizmlar o‘rtasidagi trofik aloqalarning xilma
-xilligi ham belgilaydi. Turlar soni
kam bo‘lgan ekosistema lar barqaror bo‘lmaydi. Biogeotsenozlarning tarkibida turlar qanchalik xilmaxil
bo‘lsa, ularning turg‘unligi ham shunchalik yuqori
bo‘ladi. Tashqi muhit sharoitlarining o‘zgarishi avvalgi
muhitga moslashgan organizmlarni qirilishiga olib keladi. Ekosistema tarkibida populatsiyalar genetik
jihatdan qanchalik xilmaxil bo‘lsa, ularda tashqi muhitning o‘zgargan sha
roitlariga nisbatan moslanish,
yashab qolish va organizmlarni sonini tiklash uchun imkoniyat shunchalik ko‘p bo‘ladi. Populatsiyalarning
o‘zini tiklab olishi uchun talab qilinadigan vaqt organizmlarning ko‘payish tezligi bilan belgil
anadi.
Ekosistemalarning o‘zini o‘zi boshqarish va dinamik muvozanatni saqlash xususiyati gomeostaz deb ataladi.
Ekosistema gomeostazi uning tarkibidagi turlarning soni va tarkibining doimiyligi bilan ifodalanadi.
Insonning omil sifa
tida oziq zanjirlariga salbiy ta’siri ekosistemadagi organizmlar sonining ko‘payishi yoki
kamayishiga olib keladi, natijada ekosistemaning gomeostaz holati buziladi. Tashqi muhit sharoit va turlar
sonining o‘zgarishi hamda ayrim turlarning yo‘qolishi yoki yangi turlarning qo‘shilishi, biogeotsenozlar
turg‘unligining buzilishiga yoki boshqasi bilan almashinishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: