2-savol javobi.
Biosferada modda va energiyaning aylanishi biosfera tarkibiy qismlari – tog„ jinslari, tabiiy suvlar, gazlar, tuproq, o„simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlarning tinimsiz davriy aylanish jarayonidir. Davriy aylanish biosferaning mavjudligini ta‟minlovchi, uning butunligini va barqarorligini saqlovchi muhim omildir. Biosferaning rivojlanishi va taraqqiyoti davom etishi Yerdagi biologik muhim moddalarning davriy
aylanishi bilan bog„liq. Bu esa moddalar bir marta foydalanilgandan so„ng boshqa organizmlar tomonidan o„zlashtirilishi mumkin bo„lgan holatga, shaklga o„tishi demakdir. Butun Yer sayyorasi miqyosida quyosh energiyasi hisobiga sodir bo„ladigan biologik muhim elementlarning bir bo„ g„inidan ikkinchisiga o„tishi moddalarning geologik davriy aylanishi deyiladi.
Moddalarning geologik aylanishi abiotik omillar ta‟sirida amalga oshiriladigan moddalar migratsiyasi hisoblanadi. Vaqt o„tishi bilan quyosh nuri, atmosfera, yog„ingarchilik ta‟sirida tog„ jinslari yemiriladi, shamol ta‟sirida nuraydi va dunyo okeaniga oqizib ketiladi. Ular okean tubida to„planib cho„kma jinslarni hosil qiladi. Tektonik harakatlar tufayli materiklarning ayrim qismlari cho„kadi va suv ostida qoladi, ayrim qismlari ko„tariladi, ya‟ni tog„ hosil bo„lish jarayonlari to„xtovsiz davom etadi. Natijada okeanlar tubida
yig„ilgan tog„ jinslari quruqlik yuzasiga ko„tarilsa, kontinentlarning yuzasida to„planib borgan tog„ jinslari esa suv ostida qoladi. Tirik moddaning paydo bo„lishi bilan geologik aylanish asosida organik moddalarning davriy aylanishi, ya‟ni biologik davriy aylanish yuzaga keldi. Tirik organizmlarning rivojlanishi natijasida geologik aylanishda ishtirok etuvchi elementlar hayotning asosi hisoblanadigan hamda to„xtovsiz davom etadigan biologik davriy aylanishga qo„shilib boradi. Biosferaning rivojlanishi va undagi jarayonlarning sodir bo„lishi biogen elementlarning uzluksiz ravishda davriy aylanishi bilan bog„liq. Tirik organizmlarning
hayot faoliyati uchun ayrim elementlar ko„p, ayrim elementlar esa kam miqdorda zarur. Shunga ko„ra biologik davriy aylanishda ishtirok etuvchi biogen elementlar makroelementlar va mikroelementlarga ajratiladi. Tirik organizmlar hayot faoliyati uchun zarur elementlar biogen elementlar deyiladi. Biogen elementlarga C, H, O, N, S, P, Ca, K, Cl, Fe, Mg, Cu, Mn, Zn, Mo, Br, B, I kabi elementlar kiradi. Bular orasida C, H, O, N, S, P eng muhim elementlar hisoblanadi. Moddalarning geologik davriy aylanishi biologik davriy aylanishdan bir qancha xususiyatlari bilan farqlanadi: geologik davriy aylanishning harakatlantiruvchi asosiy kuchi suvning okeanlar va quruqlik o„rtasida to„xtovsiz aylanib turishi bo„lsa, biologik davriy aylanishni harakatlantiruvchi kuchi tirik organizmlarning oziqlanishidagi farqlar hisoblanadi. Moddalarning geologik aylanishida Yer qobig„idagi barcha kimyoviy elementlar ishtirok etsa, biologik davriy aylanishda esa faqat biogen elementlar ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |