11-Modul: O’zbekistonda sovet davlatining amalga oshirgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy siyosati va uning oqibatlari


“Qayta  qurish”  va  uning  cheklanganligi.  “Paxta  ishi”,  “O’zbeklar  ishi”



Download 415,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana22.08.2021
Hajmi415,25 Kb.
#153952
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-мавзу

3.“Qayta  qurish”  va  uning  cheklanganligi.  “Paxta  ishi”,  “O’zbeklar  ishi”. 

Ommaviy qatag’onlar. Farg’ona fojeasi  

O’zbekiston KP MQning 1984 yil 23 iyunь XVI plenumidan keyingi yillarda sodir 

bo’lgan voqealar ishlab chiqarish samaradorligini pasayishi, qishloq xo’jaligida vujudga 

kelgan  og’ir  vaziyat,  mamlakat  hayotidagi  inqi-rozli  ko’rinishlariga  alohida  e’tibor 

qaratilib,  asosan  buning  sababchi-lari  mahalliy  kadrlar  deb  topilib,  O’zbekistonda 

boshlangan “tozalash” ishi mutlaqo xalqqa qarshi qaratilgan tusda avj oldirildi. Plenumda 

yuqori  pog’onadagi  sobiq  rahbarlarining  xato  va  kamchiliklariga  urg’u  berib,  ularni 

shunchaki  tanqid  qilish  bilan  cheklandi.  Haqiqiy  tanqid  va  ta’qib-lar  mahalliy  rahbar 

kadrlar  boshiga  tushdi.  Oqibatda  bu  davrda  O’zbekis-tonda  rahbar  xodimlarga  qarshi 

boshlangan  dastlabki  ta’qib  O’zbekiston  KP  MQning  sobiq  birinchi  kotibi 

SH.R.Rashidovga  qaratilib,  uning  faoliyati  davomida  qilingan  yuksak  ishlar,  islohotlar 

ham qo’shib qoralandi. Uni yomon otliq qilish uchun markaz tomonidan “Rashidovchilik” 

degan  va  O’zbekistondagi  korruptsiyaning  ramziga  aylantirilgan  siyosiy  yorliq  to’qib 

chiqarildi

26

.  SH.Rashidovdan  keyin  rahbarlik  qilgan  I.Usmonxo’jaev  davrida  asosan 



markaz  ko’rsatmalari  bajarildi.  Xalqning  taqdiri,  ijtimoiy  ahvoli  Usmonxo’jaev 

ma’muriyatini qiziqtirmadi. U Markaziy hukumatga “sodiqligini” ko’rsatib qo’yish uchun 

kadrlar  bilan  yordam  berishni  iltimos  qildi  va  mahalliy  rahbar  kadrlarning  faoliyatini 

ko’tarish o’rniga  “qo’g’irchoq lavozimi”ni saqlab qolish uchun barcha harakatlarni qildi. 

SH.Rashidovning  davrini,  uning  atrofida  turgan  mahalliy  rahbar  kadrlarni,  respublika 

sha’ni  va  mavqeini  qoralash  KPSS  MQda  puxta  ishlab  chiqildi.  Respublika  uchun 

markazdan uyushtirilgan “paxta ishi” “o’zbeklar ishi” uydirmalari go’yoki “poraxo’rlar”ga 

qarshi qaratilgan bo’lib, qonunsizlik va ommaviy qatag’onlarning avjga chiqishiga sabab 

bo’ldi va minglab aybsiz mahalliy aholini og’ir tazyiqlarga duchor etdi, jumladan, ko’plab 

rahbar va qishloq xo’jalik xodimlarining hayotini girdobga aylantirdi. 

 1984  yildan  boshlab,  sobiq  Kompartiya  rahbarlarining  taklifiga  binoan 

O’zbekistonda mamlakatning turli mintaqalaridan “desantchilar” ya’ni KPSS amaldorlari 

kela boshladilar. Yangi desantchilar O’zbekistonda tartib o’rnatish uchun emas, balki ular 

ittifoqning  respublikadagi  tayanchi  bo’lish  va  mamlakatda  “sovetlarcha”  usulda  tartib 

o’rnatishlari lozim edi. Markazdan yuborilgan xodimlar mahalliy shart-sharoitni hisobga 

olmay, O’zbekistondagi partiya va hokimiyat tizimlaridagi asosiy o’rinlarni egallab olib, 

qirg’in  boshladilar.  Markaz  ko’rsatmasiga  tayanib,  ma’muriy-boshqaruv  apparatida 

ishlayotgan, tub millatga mansub bo’lmish rahbar xodimlarni hibsga ola boshlaydi. Gunohi 

isbotlanmagan kishilar qamoqlarda ashaddiy jinoyatchilar bilan birga ushlab turildi. Ular 

shafqatsizlarcha  og’ir  jismoniy  va  ruhiy  qiynoqlarga  tortilib,  tergovchilar  avvaldan 

tayyorlab  qo’ygan  sohta  hujjatlarga  imzo  chekishga  majbur  etiladi

27

.  1984-1987  yillar 



ichida 40 ming mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi. Paxta ishi bilan esa 450 ga 

yaqin davlat va jamoa xo’jaligi  direktorlari, raislari, partiya va sovet xodimlari qamoqqa 

                                                           

26

 O’zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. – Toshkent: 



SHarq,  2000. – B. 546. 

27

 “Pravda” gazetasi, 1989 yil 21 may. 




olindi

28

.  Respublikadagi  vaziyatni  o’rganib,  yo’q  xato  va  kamchiliklarni  bor  qildilar. 



Ularning  siyosiy  o’yinlari  natijasida  O’zbekiston  tarixda  ko’rilmagan  ayovsiz  tajribalar 

bilan tergov usullari o’tkaziladigan maydonga aylantirildi

29

. Mahalliy rahbarlarni badnom 



etish, ta’qib ostiga olish, ularni Rossiya, Ukraina, Belorussiyalardan kelgan sodiq kishilar 

bilan  almashtirish  bilan  shug’ullandilar.  O’zbekiston  KP  MQ,  Ministrlar  Soveti,  Oliy 

Sovet, Respublika prokuraturasi, Ichki Ishlar Vazirligi kabi muhim boshqaruv bo’g’inlari 

shunday  “desantchi”  kadrlar  qo’l  ostiga  o’tdi.  Ular  respublikadagi  ijtimoiy-siyosiy 

vaziyatni yanada keskinlashtirib yuboradi. 1984 yilda 5 ta, 1985 yilda 33 ta, 1986 yilda 86 

ta,  1987  yilda  27  ta,  1988  yilda  2  ta,  1989  yilda  3  ta  xodim  O’zbekiston  Ichki  Ishlar 

vazirligiga yuborildi

30

.  



Bundan tashqari, 1984-1989 yillar ichida turli bahona va sabablar bilan 10 mingdan 

ortiq kishi ishdan olib tashlandi. Kadrlarni almashtirish siyosati tez amalga oshdiki, hatto, 

bir  idoraga  bir  yilda  3  ta  yangi  rahbar  kelardi.  Masalan,  1986-1987  yillarning  o’zida  22 

ming 516 rahbar almashtirilib, ular orasida 278 sanoat korxonalari rahbarlari, 20 ming tsex 

va  uchastka,  smena  boshliqlari,  74  davlat  xo’jaligi  direktorlari,  raislari,  400  ilmiy 

tashkilotlar,  o’quv  yurtlari,  madaniyat  muassasalari  rahbarlari  bor  edi

31

. Sun’iy ravishda 



o’ylab topilgan “paxta ishi” mahalliy kadrlar salohiyatiga juda og’ir zarba berdi. Natijada 

jamoa  xo’jaligi  raislari  va  sovet  xo’jaligi  rahbarlarining  60%i  lavozimlaridan  olib 

tashlandi,  qishloq  xo’jalik  mutaxassislarining  taxminan  45%i,  paxtachilik  brigada 

boshliqlarining har uchinchisi vazifalaridan bo’shatildi

32

. Bu ishlar kadr tanlashdagi yangi 



yo’l emas, balki, ularni tahqirlash, obro’sizlantirish, yerli milliy kadrlar g’ururini paymol 

qilish siyosati edi

33

. Jarayon go’yoki “poraxo’rlarga” qarshi qaratilgan bo’ldi. Faqatgina 



1983  yildan  1989  yilgacha  bo’lgan  vaqtda  O’zbekistondagi  huquqni  muhofaza  qilish 

organlari tomonidan qo’shib yozish, poraxo’rlik, o’g’riliklar haqidagi 800 dan ortiq jinoiy 

ishlar tekshirilib, 5000 dan oshiq kishi jazoga hukm qilinganligi, ulardan 600 nafari rahbar 

xodimlar, o’n nafari mehnat qahramonlari edi

34

. O’zbekistonda bu yillarda butun jazoga 



tortilgan  begunoh  mas’ul  va  xo’jalik  xodimlari  25  ming kishiga  yetdi

35

.  Gdlyan-Ivanov 



rahbarligidagi jazo otryadining ortida turgan kuchlar uzoq vaqt pinxoniy siyosat olib bordi. 

O’lkaning o’ziga xos noyob xususiyatlarini, buyuk tarixini, madaniyatini bilmagan, aslida 

bilishni ham istamagan Ligachev, Razumovskiy, Mogilьnichenko, Bessarobov, Smirnov, 

Ponomerov kabi sovet ma’murlari bu ishlarning boshida bo’lishdi

36

. Bu guruhning “ishi” 



boshidanoq qonunchilikka umuman zid holda, tergov qilinuvchilar va ularning yaqinlariga 

nisbatan ochiqdan-ochiq zo’ravonlik qilish bilan ajralib turdi. Bemorlar, ko’p bolali onalar, 

qariyalar  ham  ayab  o’tirilmadi.  Mahalliy  rahbar  kadrlarning  “vaqtincha”  qamoqda 

saqlanishlari  yillab  davom  etdi.  Nohaq  qamoqga  olinganlarning  ba’zilari  og’ir 

tahqirlashlarga bardosh berolmay, o’z jonlariga qasd qildilar. Kadrlarni obro’sizlantirish, 

ularning oila-a’zolari, qarindosh-urug’lari, tanish-bilishlarini ham ayovsiz jazolash siyosati 

                                                           

28

 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni arxivi, 58-fond, 359-ro’yxat, 87-ish, 4-varaq. 



29

 “Toshkent haqiqati” gazetasi, 1990 yil 3 fevral. 

30

 Azizxo’jaev A. CHin o’zbek ishi. – Toshkent: Akademiya, 2003.  – B. 47. 



31

 Yusupov E. Istiqlol yo’lida,. – Toshkent: “Fan”- “Ruxafzo”, 1996.  – B. 55. 

32

Mustabid tuzumning O’zbekiston milliy boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari (1865-



1990 yy.) /  D.A.Alimova tahriri ostida. – Toshkent: SHarq, 2000.  – B. 308.  

33

 Yusupov E. Istiqlol shabadalari. – Toshkent: Fan, 1993. – B. 49.  



34

Mustabid tuzumning O’zbekiston milliy boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari(1865-

1990 yy.) /  D.A.Alimova tahriri ostida. – Toshkent: SHarq,  2000.  – B. 308.  

35

 Алимова Д.А., Голованов А.А. Узбекистан в 1917-1990 годы: противоборство идей и иделогии. – 



Ташкент: Узбекистан, 2002. – С. 24. 

36

 Jo’rabekov I. Yangi O’zbekiston- yangi qadamlar. – Toshkent: O’zbekiston, 1994. – B. 75, 80. 




O’zbekistonda  keng tus oldi. Necha minglab kishilar tazyiq, quvg’in va qatag’onga duchor 

qilindi,  qanchadan-qancha  odamlar  tergov  izolyatorlarida  saqlab  turildi.  Ataylab  o’ylab 

topilgan ko’pdan-ko’p, jinoiy ishlar qo’zg’atildi. Ba’zi tergovlar dalillarni soxtalashtirib, 

begunohlarga nisbatan faqat ayblash yo’lini tutdilar. Jismoniy zo’ravonliklar, ruhiy ta’sir 

etish, majburlab bo’yinga qo’yish va e’tirof etishlar ommaviy tus ola boshladi. SHu tariqa 

O’zbekistonga  kelganlar  adolatni  qaror  toptirishga  emas,  aksincha  ko’proq  begunoh 

mahalliy kadrlarni qamatish natijasida yillik hisobotlarini boyitishga zo’r berdilar

37



Hamma  respublikalardan  farqli  o’laroq  O’zbekistonda  boshqalarga  o’rnak  bo’lishi 

uchun  respublika  kadrlarining  “ta’zirini  berib  qo’yish”ga  qaratilgan  harakat  yuqori 

bo’lgan.  Ya’ni  tizimga  sig’magan  va  hukmron  tuzumni  yoqtirmagan  aholi  guruhlari 

antigumanistik  choralar  bilan  yo’q  qilish  kabi  siyosat  qurboniga  aylandilar

38

.  Sovet 



tuzumining  O’zbekistonda  XX  asrning  1916,  1930,  1950,  1980  yillarida  qatag’on 

siyosatini  avj  oldirganining  asosiy  sababi  har  avloddan  chiqayotgan  milliy  g’ururli, 

malakali  mahalliy  kadrlar  yo’q  qilinishi,  sovet  siyosatiga  zid  bo’lgan  ta’sirlardan 

“tozalanishi”  kerak  edi.  Shuning  uchun  ham  aynan  yuqoridagi  yillarda  ming-minglab 

mustaqil, erkin fikrga ega bo’lgan, xalqni istiqlolga chorlovchi vatanparvar milliy kadrlar 

sovet  siyosatining  qurboniga  aylandi.  Faqat  1980  yillarning  oxirlaridan  boshlab 

respublikaning  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  muhim  o’zgarishlar  sodir  bo’ldi.  1989  yilda 

I.A.Karimovning  milliy  rahbar  bo’lishi  O’zbekiston  tarixi  sahifalarining  haqqoniyligini 

ochishga  ustivor  darajada  ta’sir  ko’rsatdi.  Islom  Karimov  millat  va  xalqning  asl 

manfaatlarini  ifoda  etib,  darhol  davlat  mustaqillik  g’oyasini  ilgari  surdi.  U  o’zining 

respublikada tutgan yo’lini, “desantchilar” zo’ravonligiga qarshi kurashini milliy siyosiy 

partiyalar  va  harakatlarni  tashkil  etish  uchun  sharoitlarni  yaratib  berish  bilan 

mustahkamladi. Markaz mazkur takliflardan ochiq noroziligiga qaramay, O’zbekiston KP 

MQning  1990  yil  mart  plenumida  “siyosiy  tizimni  yangilashni  iqtisodiy  mustaqillik 

muammosidan  ajralgan  holda  qarab  chiqish  mumkin  emas”ligi  qayd  etib  o’tildi  va 

O’zbekistonning  siyosiy  mustaqilligi  yaxlit  kontseptsiyasi  ishlab  chiqish  zarurligi 

ta’kidlandi.  Respublika  Oliy  Kengashining  birinchi  sessiyasida  1990  yil  24  martda 

I.A.Karimovning  O’zbekiston  SSR  Prezidenti  qilib  saylanganligi  davlat  mustaqilligini 

qo’lga kiritilishining muhim shartlaridan biri bo’ldi.  

 Xulosa  o’rnida,  kommunistik  mafkura  asosida  olib  borilgan  kadrlar  siyosati 

“markscha-lenincha”  bir  taraflama  g’oyalarga  asoslanib,  kadrlar  masa-lasini  hal  qilish 

borasida  partiyaning  huquqi  va  imtiyozlari  ustun  bo’ldi.  Respublika  rahbariyati  sobiq 

SSSRning boshqaruv tizimiga bo’ysundi va O’zbekiston xalq xo’jaligida mahalliy rahbar 

kadrlarning  tub  manfaat-larini  hisobga  olishni  mo’ljallamadi.  Ushbu  tuzumning  kadrlar 

siyosatida  ham  olib  borgan  rejasi  respublika  iqtisodiy  salohiyatini  oshirishga  xizmat 

qilsada, olinayotgan foydadan ko’proq markaz manfaatdor bo’ldi.  




Download 415,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish