II – bo’lim XIX – asrning 70 – yillarigacha bo’lgan davrda Yevropa Amerika Osiya va Afrika mamalakatlari. I I I – bob XIX – asrning 70 – yillarigacha bo’lgan davrda Yevropa davlatlari. 24 – MAVZU: XIX – asrning 70 – yillarigacha bo’lgan davrda Buyuk Britaniya 726.Bu davrda B.Britaniyada saoatning qaysi turlari rivojlandi?
J:To’qimachilik, Metallurgiya mashinasozlik kon sanoati
727.1816 – yilda B.Britaniyaning aholisi qancha edi?
J: 12 000 000
728.1816 – yil B.Britaniyada ishlab chiqarish mashinalar qancha odamning qo’l mehnatiga teng ishni bajardi?
J: 150 000 000
729.Dunyoda ilk temir yo’l qayerda qurilgan?
J: B.Britaniyada
730. B.Britaniyada nechanchi yil temir yo’l quriladi?
J: 1825 – yil
731.XIX asr insoniyat tarixiga qanday asr bo’lib kirgan?
J: Bug’ asri
732.Qachondan boshlab B.Britaniyada qishloq xo’jaligida mashinalar va kimyoviy o’g’itlar ishlatila boshlandi?
J:XIX asrning 40 – yillarida
733.Sanoat to’ntarilishi B.Britaniyada qachon yuz berdi?
J:XIX asrning 50 – yillarida
734. B.Britaniyada nima yoqilg’ining eng muhim turiga aylandi?
J: Toshko’mir
735. B.Britaniyada parlamenti 1825 – yilda qanday qonun qabul qiladi?
J: Ish tashlashda qatnashishni taqiqlovchi qonun
736.1832 – yil parlament islohot o’tkazadi va yirik sanoat markzalariga parlamnetdan necha o’rin ajratib berildi?
J: 144
737.Qachondan boshlab 13 yoshagcha bo’lgan bolalar uchun sakkiz soat ish belgilandi?
J: 1833 –yildan
738.Parlament necha yoshgacha bo’lgan bolalar mehnati taqiqlandi?
J: 9 yoshgacha
739.1836 – yilda London shahrida ishchilarning qanday assotsiyatsiyasi tuzuldi?
J: Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi assotsiyatsiyasi
740.Assotsiyatsiya saylov huquqini kengaytirish masalasida parlamentga necha marta partiya ( chartiya ) – yorliq topshirdi?
J: 3 marta
741.Qachon Ikkinchi parlament islohoti o’tkazildi?
J: 1867 – yil
742.Islohotga ko’ra nima deb ko’rsatilgan?
J: shaharlarda o’z uyugga ega bo’lgan hamda alohida kvartirada turadigan barcha erkaklar saylov huquqiga ega
743.Barcha erkaklarga saylov huquqining berilishi nimaga olib keladi?
J: Saylovchilar soni 1832 – yildagi 600 ming kishidan bir yo’la 2 mln ga yetdi
744.Qachon B. Britaniyada sanoat savdo dengizdagi qudrati ustunligi cho’qqisiga qachon etadi?
J:XIX asr 50 – yillarida
745.Qachon B. Britaniya dengiz va okeanlar orqali o’tadigan punktlarni bosib oladi?
J:XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmi
746. B. Britaniya qaysi punktlarni bosib olgan?
J: Gibraltar ( O’rta yer dengizidan atlantika okeaniga chiqish ustudan nazorat ) Adan ( Qizil dengizdan hind okeaniga chiqish ) Keyptaun ( Ezgu umid burunidan – afrikaning janubiy qismi ) Singapur ( hindiston ) Gankong ( xitoy bo’sag’asi )
747.XIX asr o’rtalarida B. Britaniya mustamlakasi eng yirigi qaysi edi?
J: Hindiston
748.O’sha paytda Hindiston aholisi qancha edi?
J:300 000 000
749. B. Britaniya tashqi siyosatda qanday qoidani qo’lladi?
J: “ Nifoq soliq, Hukmronlik qil ”
750. “ Oq “ koloniyalar mustamlakasiga qaysi hududlar kirgan?
J: Kanada Avstraliya Yangi Zellandiya
751. 1861 – yilda Avstraliyadagi oq tanli aholi necha kishiga yetdi?
J:1 200 000
752. B. Britaniya qachon Kanadaga Dominion maqomini berishga majbur bo’ldi?
J: 1867 – yil
753.Istefo bu….
J: ( Arabcha – vazfadan chekinish ) – mansab vazifasidan ketmoq
754.Konsentratsiya nima?
J: ( Lotincha – birga, markaz ) – biror narsaning muayyan joyda to’planishi
755.Dominoin bu…
J: O’zini – o’zi boshqaradigan qaram yer, o’lka