35-MAVZU. XIX ASRNING 70 – YILLARIGACHA BO’LGAN DAVRDA AFG’ONISTON 994.Nechanchi asrdan boshlab afg’onlar uzoq yillar davomida Eron Safaviylariga qarshi kurash olib borganlar?
J: XVI asrda
995.Afg’onlarning asosiy savdo yo’llarini 1649- yilda kimlar egallab oldi va bu holat nechanchi yilgacha davom etdi?
J:Eron safaviylari 1709- yilgacha
996.Qandahor viloyatida nechanchi yilda Eron bosqinchiligiga qarshi qo’zg’alon ko’tarildi?
J:1709- yilda
997.1722- yilda Afg’onlar Eronni bosib olgach kimning o’g’li o’zini Eron shoxi deb e’lon qildi?
J:Mir Vaysxonning o’g’li Mir Mahmud
998.Nechanchi yilda Eron af’g’on bosqinchilaridan to’la ozod etildi?
J:1730- yilda
999.Nechanchi yilda Eron shohi Nodir Quli Afg’onistonni bo’ysundirdi?
J: 1738 – yilda
1000.Afg’onistonni itoatda tutish uchun Eron shohi erondan necha jangchini oilalari bilan Kobul va boshqa shaharlarga ko’chirib keltirdi?
J: 12 000 jangchini
1001.Nechanchi yilda afg’onlarning abdali qabila boshlig’i Ahmadxonni qabila xonlarining kengashi Afg’oniston shohi deb e’lon qildi?
J:1747 – yilda
1002. 1809 –yildan boshlab butun davlat ishlarini amalda o’z qo’lida to’plashga erishgan Afg’onistonning keyingi yillarda bo’lgan bosh vaziri kim edi?
J: Fathxon
1003.Ichki kurashlardan so’ng nechanchi yilda Do’st Muhammadxon o’zini Afg’oniston amiri deb e’lon qildi?
J: 1826 – yilda
1004.Buyuk Britaniya nechanchi yilda Afg’onistinga hujum qildi?
J: 1838 – yilda
1005.1841 – yilda qayerning aholisi qo’zg’olon ko’tardi?
J: Kobulning
1006.Bu qo’zg’olonda kimning o’g’li asosiy ro’l o’ynagan edi?
J:Muhammadxonning o’g’li Akbarshoh
1007.Bu qo’zg’olondan keyin Britaniya Afg’oniston bilan qanday shartnomani imzolashga majbur bo’ldi?
J: Qo’shini qo’mondonligi barcha harbiy qismlarni afg’onistondan olib chiqib ketish to’g’risida
1008.Buyuk Britaniya qo’shini Afg’onistondan nechanchi yilda chiqib ketdi?
J: 1842 – yilda
1009.1855 – yilda Buyuk Britaniya bilan Do’st Muhammadxon qanday shartnomani imzoladi?
J: Ingliz – Afg’on do’stlik shartnomasini
1010. 1857 – yilda Buyuk Britaniya bilan Afg’oniston o’rtasida qanday shartnoma imzolandi?
J: Harbiy shartnoma
1011. 1863 – yilda Do’st Muhammadxon vafot etgach , uning o’g’illari nima uchun bir – birlari bilan kurasha boshladi?
J: Toju taxt uchun
1012.Nechanchi yilga kelib Afg’oniston mustamlaka ham, qaram davlat ham emas edi?
J: 1870 – yilda