11-MAVZU XII-XV asrlarda Mo‘g‘ullar imperiyasi
Reja:
1.
Mo’g’ullarning istilolari.
2.
Xitoy va Erondagi mo’g’ul sulolalari.
Tayanch so‘z va iboralar: Chingizxon
, Xulagu, Xubilay, Botuxon, Ugeday, Munke.
Asosiy matn:
CHingizxon davlatining idora qilinishi va ijtimoiy xarakteri.
CHingizxon vafot etgan
fursatga kelib, 1227 yilda mo‘g‘ul davlati juda ulkan territoriyani, ya’ni sharqda hozirgi Oxota
dengizi sohillaridan tortib g‘arbda Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarigacha cho‘zilib ketgan
territoriyani egallar edi. Mo‘g‘ulistonning o‘zidan tashqari, unga SHimoliy Xitoy, O‘rta
Osiyoning katta bir qismi, Janubiy Sibir, Kavkazning bir qismi kirar edi. 1235 yildan boshlab
mo‘g‘ullarning rasmiy poytaxti Orxon daryosi bo‘yidagi Qoraqurum shahari bo‘lib,
u tom
ma’nodagi shahardan ko‘ra, tezroq harbiy manzilni eslatardi. Yangi davlat ochiqdan-ochiq
harbiy xarakterdagi davlat edy. Ko‘plab qo‘shin tashkil etilishi, tobe etilgan aholidan xiroj
yig‘ish, bo‘ysundirilgan xalqlarni bostirish – CHingizxon va uning eng yaqin yordamchilari
ko‘proq ana shu narsalar bilan band bo‘ldilar. Qo‘shinlar tanlab olish tajribasiga asoslanib,
mo‘g‘ul hukumati istilo qilingan mamlakatlarni harbiy belgiga ko‘ra ma’muriy jihatdan bo‘lish
usulini joriy qildi, Mamlakatlar tumanlarga bo‘lindi, butegishli territoriyadan xiroj yig‘adigan
qo‘shinning aynan «10 ming kishilik otryadi», «ming kishilik otryadi» va «yuz ming kishilik
otryadi» degan ma’noni bildirardi. Ma’muriy okruglar va rayonlarning boshliqlari ham tumanlar,
mingboshilar, yuzboshilar va boshqalar deb atalardi. Istilo qilingan mamlakatlarni idora qilishda
boshqa varvarlik xususiyati ham ko‘rindi, CHingizxon o‘zining oila a’zolariga udel(ulus)lar
ajratib berdi. Mo‘g‘ul davlatining barcha bepoyon mulklari CHingizxon oilasining «votchinasi»,
meros mulki deb jo‘ngina qaraladigan bo‘ldi.
Tez fursatda, CHingizxon hali hayotlik paytida,
xususan, uning vafotidan keyin esa tumanlar, mingboshilar va boshqa harbiy grajdan boshliqlar
tobe etilgan dehqon aholisini ekspluatatsiya qilgan yirik zamindorlarga aylana boshladilar.
Istilolardan burungi davrda mo‘g‘ullarda tarkib topgan va zodagonlar tomonidan
yaylovlar ham eng ko‘psonli podalar bosib olishni o‘ziga tayanch qilib olgan «ko‘chmanchi
feodalizm»
eskidehqonchilikmadaniyatimavjudbo‘lganmamlakatlarda
odatdagidehqonchiliktipidagifeodalizmgaaylandi.Mo‘g‘ullaristiloqilganturkxalqlaridagifeodaliz
mningbundanburungirivojig‘oliblarningmahalliy,ancharivojlanganfeodalmunosabatlarningyangif
ormalarigao‘tishiniengillashtirdi. Xorazm feodallari va boshqa feodallarning anchagina qismi
mo‘g‘ullarga ixtiyoriy ravishda bo‘ysunib, tezda mo‘g‘ul zodagonlari bilan qo‘shilishib ketishdi.
Mo‘g‘ullarning CHingizxon vafotidan keying iistilolari; 1227 yilda CHingizxon Mo‘g‘ul
davlatini o‘zining to‘rtta o‘g‘li o‘rtasida taqsimladi. Ulug‘ xon unvonini, asl Mo‘g‘ulistonni va
SHimoliy Xitoyni CHingizxonning uchinchi o‘g‘li O‘gaday oldi. CHig‘atoy nomli ikkinchi
o‘g‘li Amudaryoning sharqidagi O‘rta Osiyo erlarini oldi. O‘rta Osiyoning g‘arbiy qismi,
shujumladan, SHarqiy Eron va SHimoliy Hindiston CHingizxonning to‘rtinchi o‘g‘li To‘luyga
tegdi. CHingizxonning katta o‘g‘li Jo‘ji mamlakatlar taqsimoti vaqtida qazo qilgan edi. Jo‘jining
o‘g‘li Botuxonga Irtish daryosidan tortib Ural tog‘larigacha cho‘zilib ketgan G‘arbiy Sibir va
so‘ngra SHimoldan Kaspiy va Orol dengizlariga tutashgan territoriya, shujumladan, Janubiy Ural
tog‘i etaklari berildi.
CHingizxonning vorislari uning istilolarini davom ettirdilar. 1235—1242 yillarda
Botuxon SHarqiy Evropada juda kattaistilolarqildi. U Rusni,
Volga bilan Don daryolari
etaklaridagi Kama bolgarlarini, qipchoqlar vaboshqa xalqlarni o‘ziga bo‘ysundirdi. Mo‘g‘ullar
Vengriya, CHexiya(Moraviya) va Polshaga o‘tib kirdilar. Ularning qo‘shinlari qisman Serbiya
va Bolgariya territoriyasi orqali o‘tdilar. O‘rta Osiyoni istilo qilgan vaqtdagi singari, tatar-
mo‘g‘ullar Evropada ham o‘zlaridan keyin hamma joyni dahshatli vayronga va xarobazorga
aylantirdilar. YUzminglab kishilar halok bo‘ldi, gullab-yashnab turgan shaharlar vayronaga
aylandi. Aholi o‘rmonlarga qochib jon saqladi. Aholining qolgan qismiga og‘ir xiroj solindi.
Ruslarning qahramonona qarshilik ko‘rsatishi mo‘g‘ullarni holdan toydirdi va G‘arbiy
Evropani vayronlikdan qutqarib qoldi. SHarqiy Evroladagi boshqa xalqlardan chexlar bilan
polyaklar tatar-mo‘g‘ullarga qarshi kurashda juda aktivlik ko‘rsatdilar. 1241
yil aprelida
Sileziyaga bostirib kirgan mo‘g‘ullar Lignits shahariga yaqin joyda birlashgan polyak va nemis
ritsar otryadlarini yanchib tashladi. Mo‘g‘ullar Moraviya territoriyasiga kirdilar. Biroq chex-
moraviya ritsarlari Olomoun shahari yaqinida (1241y.iyui) Botuxon qo‘shinlarining’ bir qismini
engdi. Ana shunday taxlika ostida qolgan paytda german imperatori Fridrix II SHtaufen juda
passivlik ko‘rsatdi. Agar german imneratori mo‘g‘ullar hujumiga qarshi kurashda Vengriya
koroliga yordam berguday bo‘lsa, u(vengrkoroli) Germaniya imperiyasiga hatto(lennik) vassal
bo‘lishga ham roziman deyishiga qaramay, FridrixII SHtaufen ventrlarga ham, polyaklarga ham
hech qanaqa yordam ko‘rsatmadi. Imperator Evropaga ko‘rquv solgan mo‘g‘ul xavf-xatariga
qarshi yordam ko‘rsatishning biror-bir amaliy tadbirlarini ko‘rish o‘rniga Evropaning xristian
korollariga va german kinyazlariga birgina «sirkulyarlar yozish» bilangina cheklandi.
30 va 40-yillarda mo‘g‘ullar butun Zakavkazeni—Gruziya, Armeniya va Ozarbayjonni
istilo qildilar. O‘rta Osiyoda mo‘g‘ullarning istilolarini CHingizxonning boshqa nevarasi’—
To‘luyning o‘g‘li Xulagu davom qildi. Xulagu 50 va 60-yillarda Eronni,
Mesopotamiyani va
Suriyani bosib oldi. 1258 yil boshlarida Xulagu Bagdodni oldi. Bu vaqtga kelib Bag‘dodning
siyosiy ahamiyati ko‘pdan tushib ketgan edi. Ammo bu shahar eng katta savdo sanoat va
madaniyat markazi bo‘lib qolaverdi. Bag‘dodda ko‘pdan-ko‘p muhtasham binolar bor edi. Arab
va boshqa sharq adabiyotining qimmatbaho to‘plamlari saqlanadigan katta-katta kutubxonalar,
shuningdek, badiiy hunarmandchilik asarlarining eng boy kolleksiyalari Vag‘dod shahriga
haqiqiy shuhrat bag‘ishlagan edi. Xalifalar poytaxti bir hamla bilan olindi. Mo‘g‘ullar uchha
fatdan ko‘proq shaharni vahshiyona tarzda taladilar. Bag‘dod shahriga o‘t qo‘yilib, shahar va
undagi barcha qimmatbaho badiiy boyliklar batamom yo‘q qilib tashlandi. Abbosiylar avlodidan
bo‘lib, buvaqtda musulmonlar olamiga diniy jihatdangina hokimiyat yurgizib kelayotgan xalifa
Mustasim asirga olindi va Xulaguning buyrug‘iga binoan, bo‘g‘ib o‘ldirildi. SHu vaqtda
mo‘g‘ullar Xitoyning janubiy viloyatlarini egallash uchun Xitoyga qarshi kurashmoqda edilar.
Ugaday vorislarining o‘rnini olgan Xubilayxon (Xulaguning ukasi) 1279
yilda butun Xitoyga
imperator bo‘ldi(Pekin shahrini o‘ziga poytaxt qildi). Xubilayxon asos solgan mo‘g‘ul-xitoy
dinastiyasi YUan dinastiyasi deb ataldi.
Mo‘g‘ul istilolarining Evropa va Osiyo uchun ahamiyati. Mo‘g‘ullarning XIII asrdagi
istilolari Evropa va Osiyo tarixida juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu istilolar Evropa tarixida
avvalo Rossiyaning ahvoliga ta’sir qildi. Tatar-mo‘g‘ullar hujumi natijasida Rossiyaning
taraqqiyoti to‘xtalib qoldi, ammo uning sop-sanoqsiz qurbonlari evaziga G‘arbiy Evropa
mamlakatlarining osoyishta rivojlanishi ta’minlandi. Biroq mo‘g‘ullar istilosi natijasida Rus
elining iqtisodiy va madaniy hayotida yuzbergan tushkunlik oqibatda yo‘qotiladi, ruslar
mo‘g‘ullar istibdodini ag‘dardilar. Tatar-mo‘g‘ullarga qarshi kurashda rus milliy hayotining
mustahkam markazi—Moskva vujudga keldi. Ammo kurash xalq ommasidan juda ko‘p
qurbonlar talab qildi. Mo‘g‘ullar hukmronlik qilgan davrda Rusning qadimgi madaniy
markazlardan—Vizantiyadan va janubiy slavyanlardan aloqasi uzilib qoldi. Holbuki, Rus ko‘p
asrlar davomida Vizantiya va janubiy slavyanlar bilan aloqa qilib kelar edi. SHu bilan bir vaqtda,
mo‘g‘ullar hukmronlik qilgan davrda Rus G‘arbiy Evropa mamlakatlari
bilan ham normal
iqtisodiy va boshqa xil munosabatlarni rivojlantira olmadi, o‘rta asrlarning so‘nggi asrlarida
G‘arbiy Evropa mamlakatlari o‘z ishlab chiqaruvchi kuchlarini bir muncha tez rivojlantirmoqda
edi.
Tatar-mo‘g‘ullar hujumi Vengriya va Polshaning rivojlanishiga ham yomon ta’sir qildi.
Bu mamlakatlar mo‘g‘ullarning hujumidan Rusga qaraganda beqiyos darajada kam zarar ko‘rgan
bo‘lsalarda, lekin ular ham zaiflashgan edi. Buning natijasida Vengriya bilan Polsha german
feodallariga qaram bo‘lib qoldi, german feodallari Vengriya bilan Polshaning milliy davlat bo‘lib
yashashiga jiddiy xavf soldilar, Mo‘g‘ullar istilosi Osiyo mamlakatlari boshiga og‘ir musibat
larsoldi. Qadimgi iqtisodiy va madaniy markazlar vayron qilindi, irrigatsiya sistemasi-buzilib,
yaroqsiz
holga keltirildi, juda katta mo‘g‘ullar davlati vujudga keltirilgan bo‘lsa ham qadimiy
savdo yo‘llari huvillab qoldi, holbuki, bunday, davlatning paydo bo‘lishi Osiyodagi «birlashgan»
mamlakatlar orasida savdo-sotiq ishlarining yanada qizib ketishini ta’minlashi lozim edi. Bunday
bo‘lishi mumkin emas edi, chunki, bir tomondan, mo‘g‘ul istilolari mahalliy aholi hayotining
tubnegizi—irrigatsiyaga batamom putur etkazgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, mo‘g‘ullar
«imperiyasi» ning o‘zi ham tez vaqt ichida parchalanib ketdi. CHingizxon vorislari bir
dinastiyaga mansub bo‘lsa ham, ular bir-birlariga qarshi shiddatli urushlar olib bordi.
CHingizxonning o‘g‘li Ugaday avlodlarini Xulagular batamom qirib bitirdi. Feodal
munosabatlar tobora avj olishi munosabati bilan Urta Osiyoning o‘zida
tamomila feodal
tarqoqlik vujudga keldi. Boshda CHingizxonning o‘g‘illari va nevaralari boshchilik qilgan ulus-
davlatlar XIII asrning ikkinchi yarmida birnecha o‘nlab uluslarga (bekliklarga) bo‘linib ketdi: bu
uluslarning tepasida qisman CHig‘atoy va Xulagu dinastiyalaridan bo‘lgan, qisman boshqa
joylardan ko‘chib kelgan mo‘g‘ul feodallari hamda mahalliy turk zodagonlarining urug‘ va
avlodlaridan bo‘lgan bek va amirlar turar edi.