Nostro hisobvarag‘i – A bankning korrespondentlik hisobvarag‘i,
B banki uni A bankining pozitsiyasidan yuritadi.
Loro hisobvarag‘i – A bankning korrespondentlik hisobvarag‘i
bo‘lib, B banki uni o‘z pozitsiyasidan yuritadi
Banklar hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun o‘zlarining xorijiy
bo‘limlari va xorijiy banklar bilan o‘rnatilgan vakillik munosabatlaridan
foydalanadilar. Xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlari
o‘rnatilganda “loro” (xorijiy banklarning mazkur bankda ochgan
hisobvarag‘i) va “nostro” (mazkur bankning xorijiy banklarda ochgan
hisobvarag‘i) hisobvaraqlari ochiladi. Vakillik munosabatlari hisob kitoblar tartibi, vositachilik haqining hajmi, ishlatilib bo‘lingan
mablag‘larni to‘latish usullarini belgilab beradi. Xalqaro hisobkitoblarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish uchun banklar odatda
kutilayotgan to‘lovlarning tarkibiy tuzilishi hamda muddatlariga
muvofiq ravishda zarur bo‘lgan va turli valyutalarda ifodalangan valyuta
pozitsiyalarini ta’minlab turadilar hamda o‘z valyuta zaxiralarini
diversifikatsiyalash siyosatini o‘tkazadilar. Banklar nisbatan yuqori
foyda olish maqsadida o‘z valyuta aktivlarini jahon ssuda kapitallari
bozorida, shu jumladan yevrobozorda joylashtirishni afzal ko‘rgan holda
“nostro” hisobvaraqlaridagi minimal qoldiqlarni ta’minlashga harakat
qiladilar.
Tashqiiqtisodiybitimlarningvalyuta-moliyaviyvatoʻlovsharoitlariqanday?
Xalqaro savdo kontraktlari bo‘yicha hisob-kitoblar o‘ta murakkab
bo‘lib, bank xodimlarining yuqori malakaga ega bo‘lishliligini talab
etadi. To‘lov olinishining tezligi va kafolati hamda banklar orqali
operatsiyalar o‘tkazishning xarajatlar summasi hisob-kitoblar shakllari
va shartlarining tanloviga bog‘liqdir. Shu sababli tashqi savdo bo‘yicha
hamkorlar muzokaralar borasida to‘lov shartlarini o‘zaro kelishib oladi
va so‘ngra ushbu shartlarni bitimga kiritib rasmiylashtiradi. Bitimlarning
valyuta-moliyaviy va to‘lov shartlari tuzilayotgan paytda eksportyor
manfaatlarini importyor manfaatlariga teskari ekanligi odatda ko‘zga
tashlanadi. Bunda eksportyor valyutaning maksimal summasiga
nihoyatda qisqa vaqt ichida ega bo‘lishni xohlaydi, importyor esa
aksincha iloji boricha kam miqdordagi valyutaning hajmini to‘lash,
tovarlar olinishini tezlashtirish hamda mazkur tovarlar to‘la sotilgunga
qadar to‘lov muddatini iloji boricha kechiktirishdan manfaatdordir.
Bitimlarning valyuta-moliyaviy va to‘lov shartlarini tanlanishi
mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlarning
xarakteri, kontragentlar kuchlarining o‘zaro nisbati, ularning ushbu
sohadagi malakasi va mazkur tovar bilan savdoning an’analari hamda
udumlariga bog‘liqdir. Hukumatlararo kelishuvlar hisob-kitoblarning
umumiy tamoyillarini belgilaydi, tashqi savdo bitimlarida esa ushbu
hisob-kitoblar amalga oshirilishining batafsil shartlari ko‘rsatiladi.
Akkreditivvainkassohisob-kitobshakllariningbir-biridanfarqihamdaularningijobiytaraflarivakamchiliklarinimada?
Do'stlaringiz bilan baham: |