11-Mavzu: Tovar va pul munosabatlari



Download 170,16 Kb.
bet2/8
Sana08.02.2022
Hajmi170,16 Kb.
#436471
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-Mavzu.Tоvаr pul munоsаbаtlаri

5.1-jadval


Natural va tovar xo‘jaligining asosiy farqlari


Asosiy jihatlar

Natural xo‘jalik

Tovar xo‘jaligi

1. Ne’matlar ishlab chiqarishning asosiy maqsadi

Shaxsiy ehtiyojlarni qondirishda foydalanish

Boshqa tovarlarga ayirboshlash, bozorda oldi-sotdi qilish

2. Ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibining aniqlanishi

Ehtiyojlar va
imkoniyatlardan kelib chiqqan holda oldindan aniqlanadi

Bozordagi muayyan talab va ishlab chiqaruvchining xususiy manfaati asosida aniqlanadi

3. Iste’molchini o‘ziga jalb etish uchun kurash

Bunday kurash mavjud emas

Bunday kurash mavjud va tovar xo‘jaligining rivojlanishi bilan kuchayib boradi

4. Ishlab chiqarilgan mahsulotning iste’mol qilinish darajasi

Barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar to‘liq iste’mol qilinadi

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ayrim turlari va qismlari sotilmay qolishi, ya’ni iste’mol kilinmasligi mumkin

5. Ishlab chiqarish jarayonida ishchi kuchining ishtirok etish tamoyillari

Ishlab chiqarish jarayonida faqat
o‘zining va oila a’zolarining ishchi kuchidan foydalaniladi

Ishlab chiqarish jarayonida ustun ravishda yollanma
ishchi kuchidan foydalanish mumkin

Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlarning, mehnatni o‘lchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga kiritishning o‘ziga xos usulidir. Natural xo‘jalikni siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual xo‘jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o‘tish yo‘li bilan boradi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo‘yadi. Ayni paytda ixtisoslashuv mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, demak, tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali bo‘lib ham boradi. Vaqtni va moddiy resurslarni tejash tovar xo‘jaligini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib chiqadi. Ayirboshlash jarayoniga tortiladigan ishlab chiqaruvchilar tobora bir-birlariga ko‘proq bog‘lanib boradilar. Dastlabki davrlarda tovar xo‘jaliklari jamoalar, quldorlik latifundiyalari, feodal va dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida aloqalar o‘rnatilishiga yordam berib, ishlab chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochgan.


Ma’lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi.
Tovar xo‘jaligining vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:

  1. ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi. Bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o‘z navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo‘yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi;

  2. shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi, ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Bunda ular o‘z mulklari hamda mehnat natijalarini o‘zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik xo‘jalik faoliyatiga oid barcha qarorlarni ishlab chiqaruvchining o‘zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni zarur qilib qo‘yadi va bozor iqtisodiyoti vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi. Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun uning asosiy unsuri bo‘lgan tovarning xususiyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.



      1. Download 170,16 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish