Spirtlar haqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi. Spirtlar deb,
molekulasida bitta yoki bir necha gidroksil gruppa saqlaydigan birikmalarga
aytiladi. Spirtlar uglevodorod qismiga qarab, to‘yingan, to‘yinmagan va aromatik
spirtlarga bo‘linadi.
CH3-CH2-OH
CH2=CH-CH2-OH
C6H5-CH2-OH
Spirtlar molekulasidagi gidroksil gruppa soniga qarab bir, ikki va ko‘p atomli
spirtlarga bo‘linadi:
CH3OH CH2OH-CH2OH CH2OH-(CHOH)4-CH2OH
metanol etilen glikol sorbit
Spirtlar gidroksil gruppaning molekulada qanday uglerod atomida joylashganligiga
qarab birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlarga bo‘linadi. Agarda gidroksil
gruppa birlamchi uglerod atomi bilan bog'lansa birlamchi spirt, ikkilamchi uglerod
atomi bilan bog'langan bo‘lsa ikkilamchi, uchlamchi uglerod atomi bilan
bog'langan bo‘lsa uchlamchi spirt deyiladi. Masalan, C4H9OH tarkibli bir atomli
spirtga 2ta birlamchi, bitta ikkilamchi va bitta uchlamchi spirt muvofiq keladi:
CH3-CH2-CH2-CH2OH
CH3-CH2-CHOH-CH3
CH3-CH-CH2OH
|
CH3
CH3-COH-CH3
|
CH3
To‘yingan
uglevodorod molekulasidagi istalgan bir vodorod atomini
gidroksil gruppasiga almashtirib hosil qilingan birikmalarga to‘yingan bir atomli
spirtlar deyiladi. Ularning umumiy formulasi CnH2n+1OH.
Spirtlar ham o‘z gomologik qatoriga ega bo‘lib, ular bir-biridan -CH2- gruppaga
farq qiladi.
Oddiy spirtlar gidroksil gruppaga birikkan radikallar nomi bilan aytiladi.
Ratsional nomenklatura bo‘yicha spirt nomi ularning birinchi vakili karbinol (metil
spirti) nomi oldiga radikal nomi qo‘shib o‘qiladi:
Sistematik nomenklatura bo‘yicha spirtlar nomi to‘yingan uglevodorodlar nomiga -ol qo‘shimchasini qo‘shib o‘qiladi va gidroksil qaysi uglerod atomida turganligini raqam bilan ko‘rsatiladi: CH3-CH2-CH2OH CH3-CHOH-CH3
propanol-1 propanol-2
Bir atomli spirtlarda izomerlar soni tegishli uglevodorodlarga nisbatan gidroksil gruppaning joylashishi hisobiga bo‘ladi. Butanda ikkita izomer bor. Butanolning esa, to‘rtta izomerlari mavjud (yuqoriga qaralsin).
Spirtlardan metanol va etanol sof xolatda o‘simliklardan olinadigan efir moylarida va o‘simlik a'zolarida uchraydi. Spirtlar oddiy va murakkab efirlar xolatida o‘simliklar olamida keng tarqalgan. Ular asosan quyidagi sintetik usullarda olinadi.
CO -b 2H2 * CH.,OH
Murakkab efirlarni gidrolizlab olinadi:
CH3COOC2H5 + HOH <>CH3COOH + C2H5OH
'll1 RC( iR' * RCHii iH 4- R'OH
Etilen uglevodorodlariga yuqori temperatura va katalizator ishtirokida suv ta'sir ettirib olinadi.
(C6H10O5)n + nH2O > nC6H12O6
C6H12O6 > 2C2H5OH + 2CO2 о о
II II Н.. КС im'i
HCCH2CH HOCHiCH3CHCHiCH3OH
CHj CH3 > Me thy I ре n bn? di -i I _V Me Шу I-1 -5-pe nldiwdiol 131 - 6 J4b)
Spirtlarning birmchi to‘rt vakillari suyuqlik bo‘lib, o‘ziga xos xidga ega. Spirtlarning molekulyar massasi ortishi bilan qaynash temperaturasi ham ortadi. Spirtlarda gidroksil gruppa soni ko‘payishi natijasida ularning agregat xolatlari o‘zgaradi. Masalan, etanol suyuqlik, glitserin moysimon suyuqlik, mannit esa qattiq modda. Birlamchi spirtlarga nisbatan ikkilamchi spirtlarning, ikkilamchilarga nisbatan uchlamchi spirtlarning eruvchanligi ortib boradi. Spirtlarning qaynash temperaturasi, shu spirt molekulasidagi radikal asosida hosil bo‘lgan galoidli birikma va oddiy efirlarning qaynash temperaturasidan ancha yuqori bo‘ladi. Bunga sabab spirtlarda molekulalar aro vodorod bog'lanishning mavjudligidir.
Spirtlarning suvli eritmalari neytral reaksiyaga ega. Spirtlar turli xil kimyoviy reaksiyalarga kirishadi. Ularning reaksiyalari quyidagi gruppalarga bo‘linadi.
Gidroksil gruppadagi vodorod atomiga xos reaksiyalar. a) Spirtlarga ishqoriy metallar ta'sir ettirilganda, ularning gidroksil gruppasidagi vodorod atomini siqib chiqarib, alkogolyatlar hosil qiladi:
2C2H5OH + 2Na l,O\a + H2 Alkogolyatlar beqaror moddalar bo‘lib, suv ta'sirida oson parchalanadi va qaytadan spirt hosil bo‘ladi.
b) Spirtlarga organik kislotalar ta'sir ettirilganda ular gidroksil gruppasidagi vodorod atomini kislota qoldijiga almashtirib murakkab efirlar hosil qiladi. Bu reaksiya eterefikatsiya reaksiyasi deyiladi.
R-COOH + Rj-OH < CQQ-Ri + H2O
2CH:.L H2CH2L H2iIH * CH3CH=CHiCHiDCH=CH; ■+ Hii 1