11-mavzu: shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lish (4soat) Reja



Download 488,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana31.12.2021
Hajmi488,3 Kb.
#218142
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-Semenar

Shaxs 

kamolotining 

bosqichlari  Hayot  davri  yoki  uning  davomiyligi  tug‘ilish  va  o‘lim  orasidagi 

vaqtinchalik  intervalni  anglatadi.  Hayot  davomiyligi  muhim  sotsial  va  psixologik 

natijalarga  ega:  unga  ko‘p  holatlarda  avlodlar  yashash  davomiyligi  hamda 

bolalarning  dastlabki  ijtimoiylashu  jarayonlari  bog‘liqdir.  SHunga  qaramasdan, 

“hayot  davri”  formal  tushuncha  bo‘lib,  shaxsning  hayot  mazmuniga  bog‘liq 

bo‘lmay,  individual  mavjudligining  xronologik  doirasini  anglatadi.  Hayot  sikli 

shuni  taqazo  qiladi-ki,  hayot  yo‘li  ma’lum  qonuniyatga  bo‘ysunadi,  uning 

bosqichlari  (“hayot  yoshi”,  “hayot  davrlari”)  esa  doimo  o‘zgarib  turadi.  A.Adler 

hayot  yo‘li  tushunchasining  o‘rniga  hayot  uslubi  tushunchasini  ishlatgan.  Uning 

qarashicha, hayot uslubi insonning olamga va o‘z-o‘ziga  beradigan e’tibori bo‘lib, 

maqsadlari  intilishlari  tomon  yo‘nalgan  bo‘ladi.  A.Adlerning  fikricha,  hayotdagi 

mohiyat  shaxsning  4-5  yoshlarida  anglab  bo‘lmas  hissiyotlar  orqali  erishiladi.  5 

yoshlarning  oxiriga  borganda,  bola  turli  muammo  va  vazifalarga  nisbatan  amalga 

oshiriladigan  xaddi-harakat  va  shaxsiy  uslubining  namunasiga  ega  bo‘ladi101. 

Individual rivojlanishni tavsiflash uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan zamonaviy ilmiy 

termin – bu “hayot yo‘li”dir. Bu termin shaxs rivojlanish jarayonini bildirib, unda 

hayotiy  jarayonlarni  va  shaxs  shakllanishini  boshqarish  amalga  oshadi.  Oxirgi 

paytlarda  hayot  yo‘lini  tizimli  o‘rganish  va  biografik  metod  rivojlanish 

psixologiyasida  muhim  o‘rin  egallagan.  Zamonaviy  fan  rivojlanishdagi  sifatiy 

siljishlar,  sakrashlar  hamda  krizislar  muammosiga  katta  e’tibor  qaratmoqda. 

Modomiki, turli krizis davrlari va sotsial o‘zgarishlar – ba’zida kasallik holatlari – 

psixologik  qayta  tiklanish  shaklida  kechadi.  SHunga  ko‘ra,  rivojlanish 

psixologiyasi  “yosh  krizislari  yoki  “rivojlanishning  normativ  krizislari”  singari 

o‘ziga xos tushunchalar kiritgan. “Krizis” tushunchasi – muvozanat buzilish holati, 

yangi  ehtiyojlarning  paydo  bo‘lishi,  shaxs  motivatsion  sohasining  qayta  qurilishi 

kabilarda  namoyon  bo‘ladi.  Unga  mos  biologik  hamda  sotsial  qonunlarni  bilish, 

qaysi  yosh  davrida  mazkur  jamiyatdagi  individ  u  yoki  bu  muammolar  bilan 

to‘qnashishi,  bu  muammolar  qanday  qilib  o‘zaro  aloqador  bo‘lishi,  qaysi 

faktorlarga  ko‘ra  muammo  davom  etishi  va  u  qanday  echimlarga  ega  ekanligi 

bilish mumkin bo‘ladi. SHaxs hayotidagi hech bir psixofiziologik (masalan, jinsiy 

etilish)  yoki  sotsial-psixologik  (masalan,  maktabga  chiqish  yoki  turmush  qurish) 

hodisalar  quyidagi  omillarsiz  kechmaydi:  a)  individning  xronologik  yoshi;  b) 

individning tug‘ilish  sanasi;  s)  tarixiy  davr  va  kalendar  sanasi.  Ameriklik  olimlar 

L.R.SHerrod  va  O.G.Brim  insonning  hayot yo‘li  haqidagi  tasavvurlarini  quyidagi 

shaklda  taqdim  etishadi:  1.  Rivojlanish  jarayoni  ham,  uning  natijasi  ham 

plyuralistik hisoblanadi: u ikkalasi bir tomonlama bo‘lmay, yakuniy natija ham bir 

xil  bo‘lmaydi.  2.  Rivojlanish  homila  davridan  to  o‘limgacha  davom  etib,  uning 

plastiklik va o‘zgarishga bo‘lgan qobiliyati butun hayoti davomida saqlanib qoladi. 

Rivojlanishning  turli  jarayonlari  hayotning  turli  vaqtida  boshlanishi,  davom  etishi 

va  tugashi  mumkin.  Turli  jabhalardagi  rivojlanish  albatta,  o‘xshash  traektoriya 

yoki qonuniyatga ega bo‘lishi shartemas. 3. Turli insonlardagi rivojlanish bir xilda 

kechmaydi.  Individlararo  farqlar  o‘z  ichiga  jinsiy,  sotsial-sinfiy  va  boshqa 




xususiyatlar  kabi  biosotsial  jarayonlar  differensiatsiyasini  olishi  mumkin.  4. 

Rivojlanish  turli  hayot  faoliyati  sohalari  omillari  tomonidan  boshqarilishi  va  bu 

sohalar o‘zaro bog‘liq bo‘lishi mumkin: ular bitta-yagona ta’sit tizimiga kirmaydi. 

Masalan,  biologiya  (rivojlanish  etilishning  sodda  jarayoni  emas)  yoki  muhit 

(rivojlanish  tarbiya  va  ta’limning  sodda  jarayoni  emas).  Hayotiy  jarayonlar  va 

perspektivalarning  tizimli  talqini  –  bu  hayotiy  reja  bo‘lib,  u  o‘zida  hayot 

strategiyasini  namoyon  etadi.  Hayotiy  taktikalar  jamlanmasi  hayot  ssenariysini 

yaratadi.  Hayot  yo‘lini  yaratish  jarayonini  tushuntirishning  ikki  yondashuvi 

mavjud  bo‘lib,  ulardan  biri  rejalashtirish,  ikkinchisi  ssenariy  talqinidir.  Birinchi 

yondashuvni  S.L.Rubinshteyn,  B.G.Ananev  va  boshqa  olimlar  o‘z  ishlarida 

ko‘rsatishgan bo‘lib, unga ko‘ra, shaxs ongli ravishda hayot jarayonini tanlaydi va 

boshqaradi.  Bunda  boladagi  hayot  yo‘li  maqsadlari  va  tizimlari  haqidagi 

qarashlarning  shakllanishida  ota-onaning  roli  muhim  ahamiyatga  ega  hisoblanadi. 

S.L.Rubinshteynning  fikricha,  “shaxs  hayotga  bo‘lgan  munosabatini  o‘zi 

belgilaydi”. Ikkinchi yondashuv tarafdorlari (A. Adler, K. Rodjers,  E. Bern va b.) 

shaxs  hayot  rejasini  va  hayot  ssenariysini  ongsiz  ravishda  tanlaydi  va  bu  jarayon 

bola  umrining  dastlabki  yillarida  sodir  bo‘ladi  deb  hisoblashadi103.  Ularning 

konsepsiyasiga ko‘ra, hayotiy reja shaxsiy hayot prognoz qilish va uni tasavvurlar 

va  hissiyotlar orqali amalga oshirish sifatida ko‘riladi.  Hayot ssenariysi esa shaxs 

hayot  bo‘shlig‘ini  cheklovchi  hamda  tizimlashtiruvchi,  sekin-astalik  bilan 

kengayuvchi  hayotiy reja  hisoblanadi.  Hayot ssenariysini tanlashga ta’sir qiluvchi 

omillar sifatida bolaning oilada tug‘ilish tartibi, ota-ona, buva va buvisining ta’siri 

(ularning  xaddi-harakatlari,  beradigan  bahosi,  emotsional  qo‘lab-quvvatlashi  yoki 

deprivatsiyasi  va  b.),  bola  tomonidan  o‘z  ismi  va  familiyasining  qabul  qilinishi, 

tasodifiy ekstremal holatlar va boshqalarni misol keltirish mumkin. 

                                                  

 


Download 488,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish