11-mavzu: Ratsional ovqatlanish tamoillari (2 soat) Reja


Ratsional ovqatlanish konsepsiyasi qoidasi



Download 35,21 Kb.
bet2/4
Sana28.05.2023
Hajmi35,21 Kb.
#945286
1   2   3   4
Bog'liq
11-mavzu. Ratsional ovqatlanish tamoyillari

Ratsional ovqatlanish konsepsiyasi qoidasi

Hozirgi vaqtda ratsional ovqatlanish nazariyasi negizida taom iste’mol qilishni muvozanatlashtirilgan konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Unga asosan iste’mol qilinayotgan oziq – ovqatlar tarkibida inson uchun zarur darajadagi oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral moddalar va suv bo‘lishi kerak. Bunday yondoshishning asosiy mohiyati har bir kishi sarflaydigan energiya organizmga tushayotgan quvvatga mos kelishidan, ovqat tarkibidagi moddalarni o‘zaro mutanosibligidan, ovqatlanishni ma’lum son va oraliqda bo‘lishidan iborat.
Ratsional ovqatlanish konsepsiyani quyidagi uchta qoidasi tafovut etiladi:

  1. Organizm tomonidan qabul qilinayotgan va sarflanayotgan energiyani hisoblash va u yoki bu taomning tarkibiy qismi qancha quvvatga ega ekanligini bilish.

  2. Muvozanatlashtirilgan ovqatlanish.

  3. Ovqatlanish tartibini muvofiqlashtirish.

Organizm tomonidan qabul qilinayotgan va sarflanayotgan energiyani hisoblash va u yoki bu taomning tarkibiy qismi qancha quvvatga ega ekanligini bilish bunda har bir kishining bir kunda sarflayotgan energiyasi;



  1. asosiy almashinuv;

  2. ovqatning spesifik - dinamik ta’siri;

  3. faoliyat turi majmuasidan iborat.

Asosiy almashinuv quvvati – bu insonning jismoniy tinch holatda (masalan, uyquda) hayotiy muhim jarayonlari (hujayralarda modda almashinuvi, nafas olish, qon aylanishi, ovqat hazm bo‘lishi, asab tizimi) va mushaklar tonusini qo‘llab – quvvatlash uchun zarur bo‘lgan energiya.
U inson jinsi, bo‘yi. tana vazni va tuzilishi, yoshi, ichki a’zolardagi gormonlar muvozanati hamda boshqa qator omillarga bog‘liq. Shuningdek, asosiy almashinuv uchun zarur bo‘lgan energiyaga yil fasli, iqlim, ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tinch holatda organizm ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan quvvat tana mushaklari og‘irligi va yog‘ to‘qimalari miqdori bilan ham uzviy bog‘liq.
Erkaklarda asosiy almashinuv ko‘rsatkichi ayollarga nisbatan 10 % ko‘proq. Shuningdek, ularda tana vaznining bir kg ga 1 soatda bir kkal energiya sarf etilsa, ayollarda bu ko‘rsatkich 0,9 kkal ga teng. Ma’lumki, yosh ulg‘ayib borgan sari insonda mushaklar kichrayishi kuzatiladi. Binobarin, unga mos ravishda asosiy almashinuv ko‘rsatkichi ham kamayib boradi.
Sovuq iqlim sharoitlarida va yuqori harorat bilan kechadigan ayrim kasalliklarda asosiy almashinuv ko‘rsatkichlari bir muncha yuqori bo‘lishini (tana haroratini oshishi energiyaga bo‘lgan talabni 10 – 15 % ga ko‘taradi) esda tutish lozim.

Download 35,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish