Innovatsiyaviy strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirishga bo’lgan yondashuvlarni takomillashtirish jarayonida, tashkiliy tuzilmalari, hamda tashkilotning kadr, axborot va resurs salohiyatidan foydalanish sifatini oshirish bazasida innovatsiyalarni boshqarish usul va uslublari tahliliga alohida e’tibor qaratiladi. Ammo, innovatsiyaviy jarayonlar samaradorligini oshirish imkonini beruvchi har qanday tadbirlar, albatta, raqobatdosh ilmiy mahsulot ishlab chiqarish va undan daromad olishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Innovatsion sohada kadrlarni shakllantirish va boshqarish zamonaviy tafakkurni tizimlashtirish, inson ongi ijodining natijaviyligiga erishish, oldindan ko’ra bilish zaruratini keltirib chiqaradi.
Bunday yondashuv innovatsion tizimni demokratlashuvini va yanada insonparvarlashuvini ta’minlab, sifat darajasini oshishiga xizmat qiladi. innovatsion sohada kadrlarni shakllantirish va boshqarish:
tafakkurning nazariy, mantiqiy, analiz, sintez, tizimli yondashuv kabi usullarini rivojlantirishni;
ijodiy qobiliyatni rivojlantirish – egallangan bilim- ilmlardan har qanday vaziyatda va belgilangan vazifalarni har qanday sharoitlarda foydalanishni;
muammoni hal etishning yangi usullarini izlashni;
faoliyatni standart va nostandart sharoitlarda ham erkin amalga oshirishni talab etadi.
Qishloq xo’jaligida innovatsion faoliyatni boshqarishda kadrlarni shakllantirish va boshqarishda e’tiborga olinadigan elementlar:
axborot resurslari (ir).
texnologik resurslar (tr).
personal resurlari (pr).
Keltirilgan 3ta element quyidagilarni taqozo qiladi:
innovatsion muhitning hal qiluvchi omillari;
mustahkam va yaxshi tashkil etilgan axborot muhitining mavjudligi;
innovatsiyalarning yaratilishini tashkil etish;
personalni rag’batlantirish tizimi.
Innovatsion sahasida kadrlarni boshqarish asosini nimalar tashkil etadi? innovatsion sohada kadrlar katta va ko’p qirrali masalalarni hisobga olishi va buning uchun katta xajmdagi axborotni yig’ish talab etiladi.
innovatsion sohada kadrlarni yaratish murakkab jarayon bo’lganligidan ko’zlangan maqsad o’zgaruvchan xususiyat kasb etadi, chunki inson unikal ob’ekt sifatida gavdalanib boradi.
innovatsion sohada kadrlarni yaratishda professional kishilar, ya’ni ishbilarmon, ma’lum tajribaga ega bo’lgan va maxsus tayyorgarlik ko’rgan mutaxassislarga tayanishi shart.
innovatsion sohada kadrlarni shakllantirish texnologiyasi insonlarni o’z-o’zini ko’rsata olishiga, intelektli va professional ekanligini amalga oshirishiga layoqatini takomillashtirishga karatilgan bo’lishi lozim.
innovatsion sohada kadrlarni shakllantirishda kasbiy malaka va kunikmalarni muttasil rivojlantirib borishga karatilgan keng kulamli ishlarni, shu ishga mas’ul bo’lgan shaxslar (korxona raxbariyati, kadrlar bo’limi boshliqlari va mas’ul xodimlar) tomonidan tizim sifatida ishlab chiqilgan bo’lishi kerak.
Innovatsion sohada kadrlarni shakllantirish texnologiyasi deganda nima tushuniladi.
Innovatsion sohada kadrlarni shakllantirish texnologiyasi – bu korxonaning (tashkilotning) samarali faoliyati uchun talab etiladigan xodimlarni turli parametrlar orqali pog’onaviy darajada shakllantirish usul va vositalar majmuasi bulib, bu borada maqsadli harakatlar mexanizmining uzluksiz ishlab turishidir. Innovatsion soha kadrlar tizimi – bu tashkilot darajasida ishlovchilar salohiyatidan samarali foydalanishda normal-funktsional va rivojlanish uchun tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy choralarning o’zaro bog’liqlik tizimidir.
Karera – bu xodimning kelajakda o’z mehnati, o’z-o’zini ko’rsata olishi yo’llari va mehnatdan qoniqishi bo’yicha sub’ektiv shaxsiy idrokidir. bu xodimning xizmat pila-poyasida siljib borish, ko’nikmalar, qobiliyatlar, malakaviy imkoniyatlar va mukofotlash xajmining o’zgarib borishidagi intilishini anglatadi.
Innovatsion sohada kadrlarni shakllantirishda kuyidagilarga e’tibor berish zarur:
ehtiyojni (layoqatini) bilimini aniqlash;
kadrlarni jalb etish;
kadrlardan samarali foydalanish;
kadrlarni rivojlantirib borish (malakasini oshirish va qayta tayyorlash);
kadrlar to’g’risida axborotlarni tashkil etish;
kadrlarni almao’tirish(ishdan bo’shatish);
kadrlar zahirasini shakllantirish va ularni rag’batlantirish;
innovatsion sohada kadrlarni shakllantirishda kuyidagilarga e’tibor berish zarur.
Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi:
kadrlarni rivojlantirishga ehtiyoj (talab va amaldagi kompetentsiyaning mos kelmasligi)
kadrlarni rivojlantirish istiqbollari (kompetentsiyasi)
kadrlarni boshqarish strategiyasi
kadrlar zahirasini boshqarish.
Innovatsiyada kadrlarni shakllantirish strategiyasi:
kadrlar strategiyasi
ochiq (korxona innovatsion tarkibni tashqi manbalardan to’ldiriladi)
yopiq (korxona innovatsion tarkibini ichki manbalardan to’ldirishga qaratiladi)
rejalashtirish
korxona tuzilmasi
shtat jadvali
zahira
Innovatsion sohada kadrlarni shakllantirishga segmentlarning ta’siri.
Dastlabki tavsifi:
YOshi
Jinsi
Millati
Jismoniy imkoniyati
Hulqi yoki o’zini tutishi Muhimlik tavsifi:
Ma’lumoti
Etiqodi
Aqliy qobiliyati
YAshash joyi
Daromadi
Ish tajribasi
Xarakteri
Oilaviyligi
Kadrlar guruhi (segmentlari)ni aniqlash
Kadrlar siyosati orkali innovatsion maqsadlarga erishish mumkin:
Innovatsion sohada kadrlar zahirasiga qo’yiladigan talablarni aniqlashtirish darajasi bo’yicha boshqaruvni ijtimoiy, salohiyatli, dastlabki va yakuniy turkumlarga bo’lish mukin. Kadrlarni ijtimoiy zahirasi – bu keng ma’nodagi tushunchani anglatadi. Bunda barcha mexnat resurslari kamrab olinadi (tagki va ichki imkoniyatlar) va tashkilotning istikboldagi kadrlar ta’minotining asosi yaratiladi.
Salohiyatli zahira rahbarlar, mutaxassislar, ishchilar ta’lim darajasiga va mutaxassisligiga qo’yiladigan asosiy talablarga javob berishi yoki boshka parametrlar hisobga olingan xolda yaqin kelajakda javob berishi tushuniladi. Tashkilotning har bir bo’linmasida shaxsiy zahirasi shakllanishi lozim.
Dastlabki zahira – bu salohiyatli zahiradagi xodimlar soni bo’lib, rahbarlik lavozimiga ko’yilish ehtimoli katta bo’ladi.
YAkuniy zahiraga faqat barcha mezonlarga deyarli tulik javob berayotgan ishlayotgan xodimlar kiritiladi (14.3.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |