11-mavzu. Qishloq xo’jaligida innovatsion faoliyatni boshqarishni takomillashtirilish



Download 36,32 Kb.
bet2/4
Sana26.04.2022
Hajmi36,32 Kb.
#584169
1   2   3   4
Bog'liq
11-mavzu

Axborot almashinuv tizimi bu inson faoliyatining ma’lum bir sohasida axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish xamda undan foydalanish imkonini berishni tashkillashtirishni o’z ichiga oladi.
Axborot tizimlari masshtabi bo’yicha quyidagi axborot tizimlariga bo’linadi:

  • yagona

  • guruhli

  • korporativ

  • global

Milliy axborot tizimini shakllantirishda axborot tizimlari majmuasini yaratish va integratsiyalash usullari lozim bo’ladi.
Milliy axborot tizimi (MAT)- Davlat organlari axborot tizimlari, xududiy axborot tizimlari xamda yuridik va jismoniy shaxslar axborot tizimlarini o’z ichiga olgan tizimdir (№ 560-II 11 dekabr 2003 yildagi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga tayanib).


11.2.Qishloq xo’jaligida innovatsion strategiyalarni boshqarish


Qishloq xo’jaligida strategiyaga qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun lozim bo’lgan hatti-harakatlarning umumlashtirilgan modelidir. Qishloq xo’jaligida strategik innovatsiyalar oldini oluvchi xarakterga ega bo’lib, istiqbolda katta raqobat ustunliklariga ega bo’lishga yo’naltirilgan. Qishloq xo’jaligi korxonasida raqobat kurashida jon saqlash imkoniyatini beruvchi strategiyani ishlab chiqishning mohiyati, uzoq muddatli istiqbolda juda ham katta. Keskin raqobat va bozordagi tez o’zgaruvchan sharoitlarda, nafaqat butun e’tiborni qishloq xo’jaligi korxonasi ichki ishlarida mujassamlashtirish, balki uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish ham muhimdir. Oldingi yillarda ko’pgina qishloq xo’jaligi korxonalari joriy faoliyatda resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish bilan bog’liq ichki muammolarni kundalik tarzda hal etgan holda, muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari mumkin edi. Hozirgi kunda, tez o’zgaruvchan sharoitga moslashuvni ta’minlovchi strategiya o’ta muhim hisoblanadi.


Misol uchun, YAponiya korxonalarining strategiyasi quyidagilar bilan tavsiflanadi :

  • tashqi muhit va korxona ichidagi doimiy o’zgarishlarga yo’naltirilganlik;

  • ushbu muhitdagi joyga yo’naltirilganlik;

  • determinallashgan yo’nalishning yo’qligi;

  • jon saqlash uchun barcha imkoniyatlarni hisobga olish va ulardan foydalanish, hamda o’zgaruvchan sharoitlarda, nafaqat joriy davr balki uzoq muddatli istiqbolda ham o’z rolini kuchaytirish;

  • asosiy omil sifatida – korxona ishchilarining intellektual salohiyati va doimiy rivojlanayotgan texnologiyalarni ajratish.

O’zining egiluvchanligi, moslashuv qobiliyati, o’zgarishlar boshida bo’lish istagi bilan farq qiluvchi ushbu strategiyada, bozorda o’z o’rnini yengib olish qobiliyatiga bo’lgan ehtiyoj ob’ektiv ko’rinib turibdi. YAgona strategiya mavjud emas. Har bir qishloq xo’jaligi korxonasi o’ziga xos, shuning uchun strategiya ishlab chiqish jarayoni ham o’zaro farqlanadi. CHunki ushbu jarayon korxonaning bozordagi o’rni, uni rivojlanish dinamikasi, salohiyati, raqobatdoshlarining hatti-harakati, ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki ko’rsatilayotgan xizmatlarning tavsifi, iqtisodiyotning ahvoli va boshqalarga bog’liq bo’ladi. Bir vaqtning o’zida biznes strategiyasini ishlab chiqishning ayrim umumlashtirilgan tamoyillarini ajratish imkoniyatini beruvchi jihatlar ham mavjud. Biznes strategiyasini tanlashni, korxona va uning mahsulotlari portfeli ahvolini tavsiflovchi asosiy omillar tahlili asosida, korxonaning yuqori rahbariyati amalga oshiradi. Asosiy omillardan: tarmoq va korxonaning kuchli tomonlari strategiya tanlashda hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Mavjud imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishga intilish lozim. Bunda, o’sish salohiyati mavjud bo’lgan yangi tarmoqlarda ham o’z faoliyatini olib borish yo’llarini izlash muhimdir.
Qishloq xo’jaligida strategiya tanlashga korxonaning moliyaviy imkoniyatlari ham muhim ta’sir ko’rsatadi. Korxonaning o’rganilmagan bozorlarga chiqishi, yangi mahsulot ishlab chiqishi yoki yangi tarmoqqa o’tishi katta moliyaviy xarajatlarni talab qiladi. SHuning uchun ham katta moliyaviy resurslarga yoki ularni tezda topish imkoniyatiga ega korxoanalar, strategiya tanlashda ancha qulay vaziyatda bo’ladilar.
Qishloq xo’jaligi korxona strategiyasini tanlashda moliyaviy resurslar singari, ishchilar malakasi ham muhim rol o’ynaydi. Ishchilar malakaviy salohiyatini chuqurlashtirish va kengaytirish

  • yangi ishlab chiqarishlarga o’tish yoki mavjud ishlab chiqarishni tubdan sifatli yangilash imkoniyatini ta’minlovchi muhim shartdir. SHuningdek, korxona strategiyasini tanlashga uning tashqi muhitga bog’liqlik darajasi ham katta ta’sir ko’rsatadi. SHunday vaziyatlar bo’ladiki, unda korxonaning yetkazib beruvchilar yoki xaridorlarga bog’liqligi, strategiya tanlashda o’z salohiyatidan to’liq foydalanish imkoniyatini bermaydi. Bunday vaziyatda tashqi bog’liqlik korxona strategiyasini tanlashda, boshqa omillarga nisbatan muhimroq rolni o’ynaydi. Kuchli tashqi bog’liqlik, shuningdek, korxona faoliyatini huquqiy tartibga solish bilan ham belgilanishi mumkin, misol uchun, antimonopoliya qonunchiligi, ijtimoiy cheklashlar, tabiiy muhitning ta’siri, siyosiy omillar va h. YAna bir muhim omil – korxona rahbariyatining manfaatlari. Misol uchun, rahbariyatning tavakkalchilikka moyilligi yoki undan umuman chetlashishi. Bu strategiya tanlashda hal qiluvchi omil bo’lishi mumkin.

Qishloq xo’jaligida vaqt omili ham albatta e’tiborga olinishi lozim. Hamma gap shundaki, korxona imkoniyatlari va xavflari, rejalashtirilayotgan o’zgarishlar ularning barchasi har doim vaqt chegarasiga ega. Bunda strategiyani amalga oshirishning kalendar vaqtini ham, intervallar davomiyligini ham hisobga olish lozim. Ko’pgina hollarda vaqt davomida jarayonlarni muvaffaqiyatli boshqaruvchi korxona samaraga erishadi.
Qishloq xo’jaligi korxonasining innovatsiyaviy faoliyati birinchi navbatda ishlab chiqarilayotgan mahsulot (xizmat) raqobatbardoshligini oshirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Qishloq xo’jaligida raqobatdoshlik – bu qishloq xo’jaligi tovar (xizmat)ni muayyan iste’molni qondirish darajasi va unga bo’lgan xarajatlar darajasi bo’yicha raqobatdosh tovardan farqini aks ettiruvchi tavsifidir. Iste’mol xususiyatlar va narx – tovar (xizmat) raqobatdoshligining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Ammo tovarlarning bozordagi istiqboli ishlab chiqarish sifati va xarajatlari bilangina bog’liq emas. Muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik sabablari bo’lib reklama faoliyati, korxona obro’si, xizmat ko’rsatishning taklif etilayotgan darajasi kabi notovar omillar xizmat qilishi mumkin.
Qishloq xo’jaligida raqobatbardoshlikni ta’minlash bo’yicha qishloq xo’jaligi korxonasi faoliyatining noishlab chiqarish jihatlari qanchalik muhim bo’lmasin, asosiysi bu sifat va narxdir. SHu bilan birga yuqori darajada xizmat ko’rsatish yuqori jozibadorlikni hosil qiladi. Bundan kelib chiqqan holda raqobatdoshlik formulasini quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin:
Qishloq xo’jaligida raqobatbardoshlik = Sifat + Narx + Xizmat ko’rsatish
Qishloq xo’jaligida raqobatbardoshlikni boshqarish deganda – yuqorida tilga olingan tarkibiy elementlarning optimal nisbatini ta’minlash, asosiy kuchni quyidagi masalalarni yechishga yo’naltirish: mahsulot sifatini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, tejamkorlik va xizmat ko’rsatish darajasini oshirish tushuniladi. Ko’rsatilgan tarkibiy elementlar ko’p omilli bo’lib, ularning har biri boshqaruvning murakkab mustaqil ob’ekti sifatida ko’rilishi mumkin. Xususan, ishlab chiqarish xarajatlari miqdoriga xom-ashyo, yoqilg’i, elektr energiyasi, sotib olinadigan yarim fabrikatlar va tarkibiy qismlar sifati va qiymati, ishlab chiqarish xodimlarining malakasi va ish haqi darajasi, mehnat unumdorligi, boshqaruv xarajatlari va boshqalar ta’sir ko’rsatadi. Oxir oqibatda raqobatbardoshlikning tashkiliy elementlarining zaruriy darajasini ta’minlash imkoniyati, ishlab chiqarishning texnik darajasi, ishlab chiqarish va boshqaruvning tashkil etish darajasi kabi bazis ishlab chiqarish omillari bilan aniqlanadi.
Mohiyatan, zamonaviy «muvaffaqiyat falsafasining» asosi korxona manfaatlarini raqobatdosh mahsulot ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotish maqsadlariga bo’ysundirishdan iborat bo’ladi. Uzoq muddatli muvaffaqiyat va iste’molchiga yo’naltirilganlik birinchi darajali reja hisoblanadi. Albatta, iste’molchiga nisbatan bo’lgan yo’naltirilganlik korxonaning yuqori daromadlarga erishish va ularni uzoq vaqt mobaynida ta’minlash istagini ham bildiradi. Masalan, ayrim yapon kompaniyalarining falsafasi bunga yorqin misol bo’la oladi. SHuning uchun ham, korxona rahbarlari, daromadlilik masalasini sifat, mahsulotning iste’mol xususiyatlari, raqobatbardoshligi nuqtai nazaridan ko’rib chiqishadi.
Qishloq xo’jaligi korxonalari esa ixtisoslashuv yo’lidan borishi va quyidagi yo’nalishlardan birini tanlashlari lozim:

    • novator-korxona, birinchi navbatda yangiliklarni joriy etish masalalari bilan shug’ullanuvchi;

    • injiniring korxonasi, tovarning o’ziga xos modifikatsiyalari va dizaynini ishlab chiquvchi;

    • tor ixtisoslashgan ishlab chiqaruvchi – odatda, nisbatan oddiy mahsulotlarni ommaviy tarzdagi sub-etkazuvchi;

    • yuqori sifatli an’anaviy mahsulot (xizmat) ishlab chiqaruvchi.

Tajribalarning ko’rsatishicha, qishloq xo’jaligi korxonalari bozori endigina shakllanayotgan yoki aksincha bozordan chiqib ketayotgan tovarlarni ishlab chiqarishda ayniqsa faol harakat qiladilar. Hamma gap shundaki, yirik korxona printsipial yangi mahsulotni birinchi bo’lib ishlab chiqarishga qo’l urmaydi, chunki mumkin bo’lgan muvaffaqiyatsizlik oqibatlari u uchun, kichik korxonalarga nisbatan, juda og’ir kechishi mumkin. Agarda gap texnologiyalar sohasidagi fundamental ishlanmalar haqida emas, balki faqatgina original g’oyani moddiylashtirish haqida ketayotgan bo’lsa, kichik novator-korxonalar buni muvaffaqiyatli uddalashlari mumkin. Aynan kichik novator-korxonalar rivojlangan mamlakatlarda, bugungi kunda, innovatsiyaviy jarayonni samarasini belgilab beradilar.
SHunday qilib, kichik korxonalar, hayotiy tsiklning muayyan bosqichlarida turgan tovarlar bilan ish olib borishi, korxona o’z salohiyatini to’liq va samarali qo’llash istagi bilan belgilanadi.
Raqobat to’g’risidagi qonunga muvofiq, dunyoda qishloq xo’jaligi mahsulot va xizmatlar sifatining oshishi, hamda ular narxini pasayishining ob’ektiv jarayoni yuz bermoqda.
Raqobat sharoitida faqatgina bankrotlik xavfi qishloq xo’jaligi mahsulot sifatini oshirishga majburlashi mumkin. Natijada, doimiy tarzda sifatsiz mahsulotni bozordan «yuvib chiqarish» jarayoni yuz beradi. Raqobatning harakatlantiruvchi kuchi esa innnovatsiyalarni rag’batlantirishdir. Aynan innovatsiyalar asosida mahsulot yoki xizmatlar sifatini oshirish, tovarning foydali samarasini yaxshilash va bu bilan mazkur tovarning raqobat ustunligiga erishish mumkin. SHunday qilib, tovar raqobatbardoshligini ta’minlash novatorlik, tadbirkorlik yondashuvni talab qiladi, uning mohiyati esa innovatsiyalarni topish va amalga oshirishdan iborat.

  1. Innovatsiya, undan foydalanadigan insonlarning ehtiyojlari, istaklari, odatlariga mos tushishi lozim. SHunday savol qo’yish kerak: «Mazkur innovatsiya nimani aks ettirishi lozimki, kelajakdagi iste’molchilarda undan foydalanish istagi paydo bo’lsin?»

  2. Innovatsiya oddiy va aniq maqsadga ega bo’lishi lozim.

  3. Kichik pul mablag’i va kam miqdordagi odamlarga ega bo’la turib innovatsiyani joriy etish – cheklangan tavakkalchilik. Aks holda, innovatsiya uchun lozim bo’lgan ko’p sonli ishlanmalarda vaqt va mablag’ yetishmovchiligi sodir bo’ladi.

  4. Samarali innovatsiya cheklangan bozorda yetakchi bo’lishga qaratilgan bo’lishi lozim. Aks holda u shunday vaziyatni yuzaga keltiradiki, raqobatdoshlar sizdan ilgarilab ketadi.

P.Drukerning fikricha nimalarni qilmaslik kerak: [35]

  1. Aqllilik qilmang. Innovatsiyalardan oddiy odamlar, uning miqyosi yiriklashgan sari – tegishli bilimlarga ega bo’lmagan odamlar ham foydalanadi. Ekspluatatsiya qilishdagi murakkablilik aksariyat hollarda muvaffaqiyatsizlikka olib keladi.

  2. Birdaniga bir nechta ishni qilishga urinmang. Innovatsiya energiyani bitta joyga jamlashni talab qiladi. Innovatsiya ustida ish olib boruvchi insonlar bir-birini yaxshi tushunishlari lozim.

  3. Innovatsiyalar joriy davr ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishi kerak. Innovatsiya tezda o’z iste’molchisini topa olmasa u faqatgina g’oya bo’lib qolaveradi.

Qishloq xo’jaligida innovatsiyalarni ishlab chiqishga qo’yilgan mablag’lar, yangi mahsulot yoki xizmatlar bozorida o’z o’rnini topmagunga qadar, kapital qo’yilmalarning samaradorligini muntazam olib boriladigan tahliliga kiritilmasligi lozim. Aks holda ish yaxshi tugamaydi. Innovatsiyaviy loyihani amalga oshirishdan olinadigan foyda, ommaviy ishlab chiqarilayotgan mahsulotdan olinadigan foydadan farq qiladi. Novatorlik ishlari uzoq vaqt mobaynida hech qanday foyda bermasdan, faqat resurslarini iste’mol qilishi mumkin. Keyinchalik esa, uzoq vaqt davomida innovatsiya o’sishi va unga qo’yilgan mablag’larni besh-o’n marotabalik o’lchamda qaytarishi lozim, aks holda uni muvaffaqiyatsiz deb hisoblash mumkin. Innovatsiya kichikdan boshlanadi, ammo uning natijalari katta miqyosga ega bo’lishi lozim.
Qishloq xo’jaligi korxonasini shunday boshqarish lozimki, unda yangilik xavf emas, balki qulay imkoniyat sifatida qabul qilinsin. Innovatsiyalar – o’z korxonasini saqlab qolish va mustahkamlashning eng yaxshi vositasi ekanligini, har bir ishlovchi anglab olishi lozim. Bundan tashqari, shuni ham tushunish kerakki, innovatsiyalar – har bir xodimning bandligi va moddiy ta’minlanishi kafolatidir. Innovatsiyaviy faoliyatni yuqorida ko’rsatilgan tamoyillar asosida olib borish, korxonaga oldinga qarab harakatlanish va muvaffaqiyatga erishish imkonini beradi.



    1. Download 36,32 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish