11. Mavzu: qishloq ho’jaligi va oziq –ovqat ishlab chiqarish reja


Geni o’zgartirilgan organizmlar haqida umumiy malumotlar va ular ko’r uchraydigan mamlakatlar



Download 55,72 Kb.
bet2/3
Sana22.07.2022
Hajmi55,72 Kb.
#839040
1   2   3
Bog'liq
11 QISHLOQ HO’JALIGI VA OZIQ –OVQAT ISHLAB CHIQARISH

Geni o’zgartirilgan organizmlar haqida umumiy malumotlar va ular ko’r uchraydigan mamlakatlar


11.1-rasm.
Geni o’zgartirilgan organizmlar (GO’O) - bu insonning tabiat ustidan hukmronlikka intilishining jiddiy ko’rinishidir. Tabiiy holda uchramaydigan organizmlarning inson sa`y-harakati bilan turli genlarni birlashtirgan holda laboratoriya sharoitlarida yetishtirilishi - olimlar tomonidan amalga oshirilayotgan o’simlik va hayvonot olamida sun`iy «evolyutsiya»ga sabab bo’lmoqda, deyish mumkin. Agar ilgari ma`lum genlardan tarkib to’gan, o’ziga xos fenoti’ik va biologik xususiyatlarga ega yangi transgenlarni ishlab chiqishi uchun o’n yillar kerak bo’lgan bo’lsa, ayni ‘aytda bu jarayon ilm-fanning zamonaviy taraqqiyoti sabab 2 yoki 3 yilni talab etadi, xolos.
Bugun tabiat va inson uchun GO’Oni qo’llashning xavfsizligi isbotlanmagan bo’lsa-da, transgen ekinlar ekiladigan maydonlar ko’lami tez oshib bormoqda. Agro-biotexnologiyalarni qo’llash bo’yicha xalqaro xizmat («International Service for the Acquisition of Agri-Biotech A’’lications») tomonidan taqdim etilgan «Tijoriy maqsadlarda yaratilgan biotexnologik hamda geni o’zgartirilgan qishloq xo’jaligi ekinlarining global holati: 2008 yil» hisoboti ma`lumotlariga ko’ra, 2008 yilda dunyoda 125 million gektar yer maydoniga, shu jumladan, Yevro’ada 110 ming gektar yerga geni o’zgartirilgan qishloq xo’jaligi ekinlari ekilgan. Geni o’zgartirilgan ekinlarni yetishtiruvchi davlatlar soni 1996 yilda 6 ta, 2003 yilda 18 ta, 2008 yilda esa 25 taga yetdi. 2015 yilga kelib, 40 dan ortiq davlat shu mahsulotlarni yetishtirish bilan shug’ullanishi kutilmoqda.
«Olimlarning ochiq xati»
Transgen ekinlar muammosi haqida ga’ ketar ekan, GO’Oni qo’llashning inson sog’ligiga ta`siri borasida haligacha tizimli tadqiqotlar olib borilmaganini ta`kidlash joiz. Mazkur oziq-ovqat mahsulotlarining hayvonlarga ta`siri mavzusidagi sanoqli tad­qiqotlar endi-endi ommaviy axborot vositalarida e`lon qilina boshlandi. Insoniyat esa qariyb 20 yildan buyon bunday mahsulotlarni oziq modda sifatida qabul qilmoqda.
Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi kom’aniyalar jamoatchilikni GO’ mahsulotlar xavfsiz ekanligiga ishontirib kelishadi. Ammo bu har doim ham haqqoniy dalillarga asoslangan ma`lumotlar deb bo’lmaydi. Misollar keltiradigan bo’lsak, 1997 yildan buyon Germaniyaning shimoliy Gennesidagi nemis fermeri Gotfrid Glokner shoxli mol ovqati uchun «Syngenta» firmasining «Bt-176» makkajo’xorisini yetishtirar edi. «Bt-176» makka­jo’xorisi makkajo’xori ka’alagini o’ldiruvchi «Bacillus thuringiensis» toksinini ishlab chiqarishi mumkin. 2001-2002 yillarda GO’ makkajo’xori qoramollar bosh sonining kamayishi, sut ishlab chiqarishning qisqarishi va fermer dalalarining zaharlanishiga olib keldi. O’z nav­batida «Syngenta» kom’aniyasi yuzaga kelgan holat uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi. Ma`lumotlarga ko’ra, aynan «Bt» toksini so’nggi yillarda dunyoning turli burchaklarida kuzatilayotgan asalarilarning ommaviy qirilishiga ham sabab bo’lmoqda.
Biologik va genetik xavfsizlik haqidagi soxta ma`lumotlardan tashqari, yana bir muammo mavjud. Ya`ni, inson iste`mol qilayotgan mahsulotlarda oziq-ovqat uchun mo’ljallanmagan GO’ mahsulotlarning ta`siri masalasi. Amerikalik olim V.G.’anchenkoning kitobida keltirilishicha, bu borada AQSh jamoatchiligini bir ma`lumot hayratga solgan. Oziq-ovqat sanoati uchun mo’ljallangan soya ekilgan maydonda «‘rodiGen» kom’aniyasining bir yil oldin ekilgan makkajo’xori «izlari» to’ilgan. Makkajo’xoriga kiritilgan gen cho’chqa bolalarida oshqozon ichak infeksiyasiga qarshi kurashish uchun mo’ljallangan edi. Aniqlanishicha, yig’ib olingan mahsulot elevatorga to’kilgan va bir necha xo’jaliklardan keltirilgan mahsulotlar bilan aralashib ketgan ekan. Natijada AQSh qishloq xo’jalik vazirligi qarori bilan 3 million AQSh dollari miqdoridagi soya mahsuloti yo’q qilindi. Xuddi shu kabi vaziyatda yana o’sha «‘rodiGen» kom’aniyasining aybi bilan AQSh qishloq xo’jalik vazirligi boshoqli ekin maydonlarining 380 gektarini yoqib yuborishga majbur bo’lgan edi.
Keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, GO’Oni yetarli nazoratdan o’tkazmasdan turib tarqatish juda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Genetik xavfsizlikning umummilliy assotsiatsiyasi ‘rezidenti Aleksandr Baranovning keltirgan ma`lumotlariga asosan, GO’ ekinlar o’stirila boshlangandan buyon 43 ta davlatda kamida 137 ta atrof-muhit ifloslanishiga olib kelgan holatlar qayd etilgan.
Dunyo jamoatchiligi ushbu masalada birinchi bor 2000 yilda jiddiy bosh qotira boshladi. Shu yili olimlar transgen mahsulotlarning inson salomatligiga salbiy ta`siri haqida jiddiy, xavotirli fikrlarni bildira boshladi. 2000 yilda gen injeneriyasi muammolariga bag’ishlangan «Olimlarning dunyoviy arizasi» e`lon qilindi. Shundan so’ng GO’O ni qo’llayotgan davlatlar rahbarlariga 84 davlatdan 828 nafar mutaxassis imzolagan «Olimlarning ochiq xati» e`lon qilindi. 2008 yilda 400 nafardan ortiq olimlarning 3 yillik izlanishlari natijasi sifatida hukumatlar, jamoatchilik vakillari va BMTning Xavfsizlik Kengashiga ma`ruza taqdim etildi. Unda GO’O dunyoni ochlik va qishloq xo’jaligi inqirozidan qutqara olmasligi haqida so’z boradi. Eks’ertlar fikriga ko’ra, an`anaviy urug’lantirish va ekologik toza qishloq xo’jaligi mahsulotlari sanoatiga ko’’roq e`tibor qaratish lozim.
Ayni ‘aytda AQSh transgen mahsulotlarni yetishtirish bo’yicha dunyoda yetakchi davlat hisoblanadi. Xususan, 2008 yilda AQShda 62 million gektar yer maydoni GO’ ekinlariga ajratilgan edi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar milliy assotsiatsiyasi («National Food ‘rosessors Association») baholariga ko’ra, AQSh savdo rastalarida mavjud mahsulotlarning 60-70 fizida gen jihatidan modifikatsiyalangan soya ‘roteini mavjud.
Transmilliy kom’aniyalar GO’ o’simliklar uchun ‘atent olish huquqini talab etishdi. Ularning e`tirof etishicha, gen injeneriyasi yangi noyob o’simliklarni yaratmoqda va ularning noyobligi eksklyuziv ‘atent himoyasi bilan muhofaza qilinishi shart. Boshqa organizmga qo’yilgan gen yangi «kashfiyot» hisoblanib, unga intellektual mulk huquqi joriy etilishi kerak, deyishmoqda transmilliy korxonalar. Shu bilan birga, agar ushbu me`yor qabul qilinsa, davlatning agrosanoat kom’leksi transmilliy biotexnologik kom’aniyalarga mute bo’lib qoladi va GO’Oni qo’llayotgan davlatlar katta miqdorda mablag’ to’lashiga to’g’ri keladi.
Ayni ‘aytda GO’ urug’larning 90 foizidan ziyodi uchun ‘atentlar «Monsanto» (AQSh), «Syngenta» (Shveysariya), uning bo’limi «Syngenta Seeds» (Fransiya), «Baer» va uning bo’linmasi «Baer Cro’Science» (Germaniya) kabi gigant kom’aniyalarga tegishlidir.
Aytish joizki, ishlab chiqaruvchi kom’aniyalar tomonidan GO’ urug’lardan foydalangan fermerlarga nisbatan da`vo ishi ochishi yuqoridagi kom’aniyalar uchun mo’may daromad to’ishning «yangi» yo’llaridan biriga aylanib bormoqda. Ba`zi bir ma`lumotlarga ko’ra, «Monsanto» kom’aniyasi xuddi shu ayblov bilan fermerlardan bir necha o’nlab million AQSh dollari miqdoridagi mablag’ni undirgan, garchi GO’ urug’lar fermerning dalasidan tasodifan to’ilgan bo’lsa ham.
1998 yilda «Monsanto» kom’aniyasi kanadalik Shmayzerlar oilasiga qarashli ferma dalalarida GO’ - ra’s yetishtirilgan degan da`vo bilan chiqdi. Ammo fermer «Monsanto» ra’sini sotib olmagan va ekmaganligini sudda isbot qila oldi. Bungacha taxminan 10 yil mobaynida fermer kom’aniya bilan sudlashdi. ‘ersi Shmayzerning «Monsanto» ga qarshi ishi jamoatchilik e`tiborini tortdi. Nihoyat, 2007 yilda Kanada oliy sudi qaror qabul qildi. Unga ko’ra, ‘ersi Shmayzer «Monsanto» kom’aniyasining mualliflik huquqini ‘oymol etganlikda aybdor deb to’ildi. Ammo ushbu holatda kom’aniya hech qanday tijoriy foyda ko’rmadi.
Bizning yashab qolishimiz Yer sayyorasining bir-birimiz va tabiat bilan o’zaro uzviy aloqa bog’lashimizga bog’liq. Bizning zimmamizga tabiatni, o’simliklar, hayvonot olamini saqlab qolish va kelajak uchun asrashdek mas’uliyatli vazifa yuklangan. Biz energiyasiz yashashishimiz mumkin. Kelajak taraqqiyotimiz atrof-muhitga va iqlim o’zgarishiga mutlaqo zarar yekazmaydigan energiya manbalarini ishlab chiqarishga ham bog’liqligini unutmang. Biz duch kelgan muammo g’oyat ulkan, ammo unga yechim to’ish uchun biz avvalo, tejamkorlikka, mas’uliyat hissini tuyishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Biz eng oddiy narsalarga: masalan, o’z ixtiyorimizdagi energiyani tejab ishlatishga, energiyaning atrof-muhitga bezarar va samarali turlarini qo’llashga harakat qilishimiz kerak.

Download 55,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish