№11. MAVZU:QISHLOQ HO’JALIGI VA OZIQ –OVQAT ISHLAB CHIQARISH
Reja
Aholi soni o’sib borishi sharoitida tu’roq va suv degratatsiyasi
Oziq –ovqat havfsizligi
Geni o’zgartirilgan qishloq ho’jalik maxsulotlari
Tayanch iboralar: Aholi soni o’sib borishi sharoitida tu’roq va suv degratatsiyasi, oziq –ovqat havfsizligi, geni o’zgartirilgan qishloq ho’jalik maxsulotlari.
O’zbekiston qishloq xo’jaligi hamda oziq-ovqat sanoati yutuqlarining chinakam namoyish maydoniga aylangan ushbu ko’rgazmalarning nufuzi yil sayin oshib, ularga bo’lgan qiziqish tobora kuchaymoqda. Bu galgi tadbirlarning birlashgan eks’ozitsiyasida dunyoning Germaniya, Italiya, Frantsiya, Gollandiya, ‘olg’sha, ‘ortugaliya, Xitoy, Bolgariya kabi 15 mamlakatidan 80 dan ortiq kom’aniyalar o’z mahsulotlari bilan ishtirok etayotgani buning yorqin isbotidir. Zero, mazkur forum chet ellik mutaxassislarga yurtimiz fermerlari va ishbilarmonlari bilan to’g’ridan-to’g’ri hamkorlik rishtalarini bog’lash, birgalikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo’yicha kelishuvlarga erishish uchun qulay imkoniyatdir.
Ko’rgazmalarning ochilish marosimida ta’kidlanganidek, ‘rezidentimiz tashabbusi bilan fermerlik hamda tadbirkorlik harakati qo’llab-quvvatlanayotgani, sohaga intensiv agrotexnologiyalar, innovatsion ishlanmalar izchil tatbiq etilayotgani muvaffaqiyatlar garovi bo’lmoqda. Natijada nafaqat mahsulot yetishtirish hajmi ortaya’ti, balki uni qayta ishlash ko’lami ham tobora kengayib borayotir. Jumladan, joriy yilning to’qqiz oyida qishloq xo’jaligi sohasida o’sish sur’ati 6,6 foizni tashkil etgan bo’lsa, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 20,9 foiz ko’’aydi.
Bularning samarasi o’laroq, hozirgi vaqtda kundalik iste’mol tovarlari, xususan, go’sht, sut va qandolat mahsulotlariga bo’lgan ichki ehtiyojning 96 foizi o’zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar evaziga ta’minlanaya’ti. Vaholonki, istiqlolning dastlabki yillarida bu kabi ne’matlarga bo’lgan talab, asosan, im’ort hisobidan qondirilar edi. Qo’lga kiritilgan yutuqlar yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida qabul qilingan hayotiy dasturlar mevasidir, albatta.
Ko’rgazmalarda sohaning barcha yo’nalishi qamrab olingan bo’lib, ular bilan chorvachilik, veterinariya, qishloq xo’jaligi texnikalari, bog’dorchilik, oziq-ovqat sanoati texnologiyalari hamda mahsulotlari, qadoqlash vositalari va uskunalari kabi bo’limlar orqali tanishish mumkin. Ochiq maydonda namoyish etilayotgan zamonaviy qishloq xo’jaligi texnikalari, jumladan, g’alla o’rish kombaynlari, yer haydash traktorlari, tirkama hamda boshqa uskunalar, ayniqsa, yurtimiz fermerlarida katta qiziqish uyg’otmoqda.
— O’zbekiston bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiyotning ikki tarmog’i, ya’ni qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sanoatida ulkan salohiyatga ega davlatdir, — deydi Gollandiyaning “DLV ‘lant” kom’aniyasi vakili Mink Vermer. — Buni ko’rgazmada namoyish etilayotgan mahsulotlar yaqqol tasdiqlab turibdi. Biz ham yurtingiz ishbilarmonlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yish maqsadida tashrif buyurganmiz.
Kom’aniyamiz intensiv texnologiyalarni qo’llagan holda, nomavsumiy muddatlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish hamda joriy qilishga ixtisoslashtirilgan. Yurtingizda bunday texnologiyalar yordamida kuz — bahor fasllarida ham mo’l hosil yetishtirish imkoniyati juda yuqori. SHu bois ko’rgazma davomida teng manfaatli shartnomalar tuzib, birgalikda zamonaviy issiqxonalar bar’o etish bo’yicha kelishuvlarga erishishdan umidvormiz.
Res’ublikamiz dehqon va fermerlari ko’rgazmadan o’zlariga zarur barcha texnika hamda uskunalarni to’ishi mumkin. Chunki bu galgi tadbirlar qishloq mulkdorlarining talab va takliflari o’rganilgan holda tashkil qilingan bo’lib, asosan, yangi ishlanmalar namoyish etilaya’ti.
Oziq-ovqat uskunalari bo’limi ham yangi texnologik liniyalar, ixcham minitexnologiyalarga juda boy. Xususan, “Ixa’ack” kom’aniyasining (Frantsiya) o’rash hamda qadoqlash uskunalari yurtimiz tadbirkorlari e’tiborini tortmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Chunki 40 yillik tajribaga ega mazkur kom’aniyada mahsulotlarni donalab qadoqlashdan tortib, germetik-vakuumli qadoqlashgacha bo’lgan barcha turdagi texnologik uskunalarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.
— Mamlakatingiz oziq-ovqat sanoati tobora taraqqiy etib boraya’ti — deydi ushbu kom’aniyaning eks’ort bo’yicha mintaqaviy menejeri Nataliya Silva. — Ularning sifat ko’rsatkichi yuqoriligi va o’ta mazaliligi har qanday mijozning ko’ngliga yo’l to’adi. Biz taklif etayotgan uskunalar esa mahsulotning tashqi ko’rinishi hamda dizayni yanada bejirim bo’lishini ta’minlaydi. SHuning uchun tadbirning birinchi kunidayoq bir nechta mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar olib bordik. Bu yakunda amaliy natija berishiga ishonchim komil.
Soha mutaxassislarining ta’kidlashicha, an’anaviy ravishda o’tkazib kelinayotgan ko’rgazmalar bog’ va dala ne’matlarini qayta ishlashni ko’’aytirish borasida keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Negaki, ular sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, zarur uskunalar bilan qayta jihozlashda muhim bozor vazifasini o’tayotir. Masalan, ‘oytaxtimizda faoliyat ko’rsatayotgan “Zar Suxrob” mas’uliyati cheklangan jamiyati ko’rgazmalar doirasida zamonaviy uskunalarni sotib olishga muvaffaq bo’lgan sub’ektlardan biridir.
— Korxonamiz xorijning uchta eng zamonaviy texnologik liniyasi bilan jihozlangan, — deydi uning rahbari Suhrob Mirzaxonov. — Ular yordamida oyiga 300 tonna qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish mumkin. Hozirgi kunda esa buyurtmachilarga 15 turdagi ana shunday mahsulotlarni yetkazib beraya’miz.
Quvonarlisi, avvalgi ko’rgazmalarda xaridor sifatida qatnashgan bo’lsak, bu gal mahsulotimizni sotish niyatida ishtirok etaya’miz. Asosiy maqsadimiz — chet ellik hamkorlar to’ib, eks’ort amaliyotini yo’lga qo’yish. Faoliyatimiz bilan yaqindan tanishgan xorijlik bir qator mutaxassislar bu borada bizni qo’llab-quvvatlashini bildirganidan mamnunmiz.
Xalqaro ko’rgazmalar O’zbekiston Res’ublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, O’zbekiston Fermerlari kengashi, Savdo-sanoat ‘alatasi, CHorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, Oziq-ovqat sanoati korxonalari hamda “‘arrandasanoat” uyushmalari ko’magida “IEG Uzbekistan” xalqaro ko’rgazmalar kom’aniyasi tomonidan uyushtirildi.
Uch kun davom etadigan mazkur tadbirlarda soha vakillariga eng zamonaviy uskuna va jihozlar bilan yaqindan tanishish, o’zlariga ma’qulini tanlagan holda, ularni sotib olish bo’yicha kelishuvlarga erishish uchun barcha shart-sharoit muhayyo qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |