- bosqich. XIX asirning oxiri, unda «mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
– bosqich. XX asirning boshlariga mansub bo’lib, «elektromexanik» texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositasi sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o’zgardi. Unda asosiy urg’u axborotni tasvirlash shaklidan uning mazmunini shakllantirishga ko’chiliriladi.
– bosqich. XX asir o’rtalariga to’g’ri kelib, «elektron» texnologiyalar qo’llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyaning asosiy vositasi EHM lar va ularning asosida tashkil yetiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
– bosqich. XX asirning oxiriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda kompyuter texnologiyalari taraqqiy yetdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo’ljallangan turli dasturiy vositalarga yega bo’lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo’ljallangan texnik vositalarning o’zgarishi ro’y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.
Jamiyatni axborotlashtirish – bu butun insoniyat taraqqiyotining jadal o‘zgarishlarini oldindan ko‘ra bilish va rivojlanishni boshqarish imkoniyatidir. Bunday jamiyatda ta’lim tizimi yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanib, zamonaviy ta’lim axborot muhitini shakllantirishga asoslanishi va tayanishi shart.
Ta’limning barcha sohalarida hayotimizga kirib kelayotgan yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sifati va samarasini oshirish hamda takomillashtirilish zarur. Ta’lim jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanilishi o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati uchun ta’lim jarayonini jadallashtirishga yordam beruvchi psixologogik-pedagogik ishlanmalar, ta’lim g‘oyalarini rivojlantiruvchi butkul yangi imkoniyatlarni beradi, bu esa ta’limda yangi uslub va tashkiliy shakllar yuzaga kelishiga hamda ularni tezkor ta’lim jarayoniga joriy etish imkonini beradi.
Ta’lim jarayonida kompyuter o‘rganish obyekti ham, ta’lim-tarbiya, rivojlanish va ta’lim mazmunini o‘zlashtirishini tashxis qilish vositasi ham bo‘lishi mumkin, ya’ni ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan ikki yo‘nalishda foydalanish mumkin.
Birinchi yo‘nalishda — kompyuter texnologiyalari imkoniyatlari, turli masalalarni hal etishda undan foydalanish malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar o‘zlashtiriladi.
Ikkinchi yo‘nalishda — kompyuter texnologiyalari ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish samaradorligini oshirishning kuchli vositasi hisoblanadi.
Zamonaviy ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishi davr ruhiga mos holatdir. Biroq «o‘qituvchi — o‘quvchi» o‘zaro murakkab aloqadorligi tizimida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning o‘rni haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish zarur. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ta’limning maqsad va vazifalarini o‘zgartiradi: ta’limning yangi metodlari va tashkiliy shakllari yuzaga keladi. Ta’lim mazmunining yangilanishi, eng avvalo, o‘quvchilarda atrof-olam haqida tabiiy-ilmiy tasavvurlarning shakllanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Kompyuter texnologiyalarini joriy etish ta’lim jarayonini mujassamlashtirish imkonini beradi. Yangi bilimlarni mexanik o‘zlashtirishdan mustaqil o‘zlashtirishga intilishni ta’minlovchi psixologik-pedagogik ishlanmalarni amaliy keng qo‘llash imkonini beradi. Kompyuter texnologiyalari o‘quvchilar shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Zamonaviy jamiyatda moddiy ishlab chiqarishning ajralmas qismi ijtimoiy, shuningdek, ta’lim jarayonlariga ilmiy yutuqlarni joriy etish rivojlantirishga texnologik yondashuv hisoblanadi. Taniqli pedagog-olim G. K. Selevko ishlab chiqarishda texnologik yondashuv ishlab chiqarish jarayonlari — texnologiyalarini tasavvur etilishi sifatida tusuniladi, — deya ta’kidlaydi. «Texnologiya» tushunchasini ta’lim sohasida qo‘llanishi va doim umumlashtirish va tizimlashtirishni talab etadigan pedagogik jarayonlarga texnologik yondashuv, pedagogik innovatsiyalar tajribalariga, tashabbuskor-o‘qituvchilar faoliyati, psixologogik-pedagogik tadqiqotlar natijalariga, ta’lim jarayonlari rivojiga samarali ta’sir etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |