11-mavzu. Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/24
Sana11.02.2023
Hajmi1,71 Mb.
#910182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
11-mavzu. Nomukammal bozorlarda firmalar faoliyati

Sof monopoliya
- bu bitta sotuvchi va ko’p haridorlar qatnashgan bozor, yoki 
o’rnini bosadigan tovar bo’lmagan tovarni sotadigan yagona sotuvchi bo’lgan bozor 
vaziyati, yoki tarmoqda yagona hukmron firma bo’lib, firmaning ishlab chiqarish va sotish 
chegarasi tarmoq chegarasiga teng bo’lgan bozor. Sof monopoliya va raqobatlashgan 
bozor bir-biriga teskari bozorlar hisoblanadi.
Monopsoniya -
haridor bitta bo’lib, sotuvchilar ko’p bo’lgan bozor. Agar bozorda 
monopolist- sotuvchi bilan monopolist haridor uchrashsa, bunday holda ikki tomonlama 
monopoliya bo’ladi.
Tabiiy monopoliya -
bozorda muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga bo’lgan 
talabni raqobatsiz sharoitlarini yaratish jarayonida texnologik xususiyatlarga ko’ra 
mumkin bo’lmaydigan yoki iqtisodiy jihatdan maqbul bo’lmaydigan holat. Iqtisodiy 
faoliyatning texnikaviy va texnologik xususiyatlarini taqozo qilib, ular raqobatni qo’llash 
mumkin bo’lmagan yoki qiyin bo’lgan sohalarni o’z ichiga oladi. Bularga yorqin misol 
qilib, suv, energiya, gaz ta’minoti korxonalari, temir yo’l transporti majmuasi 
korxonalarini keltirishimiz mumkin.Tabiiy monopoliyalar faoliyati ularning mamlakat 
iqtisodiyotida egallagan ahamiyatini hisobga olgan holda davlat tomonidan tartibga 
solinadi. Tabiiy monopoliya tarkibi turli mamlakatlarda turlicha. Keyingi yillarda 
ko’pchilik mamlakatlarda tabiiy monopoliyalar doirasini kamayib borishi kuzatilmoqda. 
Monopol hokimiyati bor firmalar foydani maksimumlashtirish maqsadida, narx va 
ishlab chiqarish hajmini qanday qilib belgilaydi. Shuningdek, Monopol hokimiyat sohibi 
bo’lish uchun firmalar sof Monopolistlar bo’lishi shart emasligini ham ko’rib chiqdik. 
Ko’pchilik sanoat tarmoqlarida bir necha firmalar raqo batlashadilar, ulardan har biri hech 
bo’lmaganda bir oz Monopol hokimiyatga ega bo’ladi, ya’ni narx darajasini nazorat qiladi 
va chegarali harajatlardan yuqori bo’lgan narxni o’rnatadi.


Bir qarashda, kitob bozori mukammal raqobatlashgan ko’rinadi. Kitob do’konidagi 
javonlarga qarasangiz, ko’plab mualliflar va ko’plab nashriyotlarning sizning 
e’tiboringizni 
tortish 
uchun 
raqobatlashayotganini 
korasiz. 
Xaridor 
minglab 
raqobatlashayotgan adabiyotlardan tanlab olisi mumkin. Bu tarmoqga har kim kirib kela 
olishi mumkinligi tufayli, kitobni yozgan va chop ettira olgan individ kitob biznesi bilan 
shug’ullanishi mumkin, ammo bu uncha foydali emas. Har bir yuqori daromad oladigan 
yozuvchi uchun yuzlab raqobatchilar to’gri keladi. 
Boshqa bir tomondan, kitob bozori aniq Monopollashgan. Har bir kitob ajoyib 
bo’lib, chop etuvchilar narx qo’yishga erkinlikka egadirlar. Sotuvchilar bu bozorda uni 
qabul qilmasdan turib tezroq narx belgilaydilar. Haqiqatdan ham kitoblar narxi chekli 
harajatlardan sezilarli darajada baland. Qalin Bahromdli oddiy asar narxi, masalan, 30000 
so’m atrofiga, shu vaqtning o’zida qo’shimcha kitobni nushasini chop etish qiymati 10000 
so’m atrofida.
Asarlar uchun bozor na raqobatbardosh, na Monopoliya modeliga to’g’ri keladi. 
Aksincha u Monopolistik raqobat modeli orqali tasvirlanib, bu bo’limning mavzusidir. 
Biroq keyinchalik biz ko’ramizki, u Monopolistik raqobatdoshdir. Korxonalar ba’zi 
hollarda Monopolistik, boshqa horllarda esa raqobatdosh bo’ladi. Model nafaqat nashriyot 
korhonalari munosabatini, balki boshqa tovar va xismatlar bozorini ham tasvirlaydi.
Bu bobda biz sof Monopoliyadan farqlanuvchi, lekin Monopol hokimiyatga zamin 
yaratuvchi bozor tuzilmalarini o’rganib chiqamiz. Biz o’rganishni Monopol hokimiyatdan 
boshlaymiz. Monopol raqobatli bozor mukammal raqobatli bozorga shu ma’noda 
o’xshaydiki, bu erda ham firmalar ko’p, yangi firmalarni bozorga kirib kelishi 
chegaralanmagan. Ammo u mukammal raqo batli bozordan mahsulotning tabaqalashgani 
bilan ajralib turadi: har bir firma alohida toifadagi yoki boshqa xildagi tovarni sotadi, u 
o’eining sifati, ko’rinishi, nufuzi bilan ajralib turadi, har bir firma o’z markasidagi tovarni 
mono Ahmad ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Firma qo’lidagi Monopol hokimiyatning 
miqyosi uning mahsuloti boshqalarnikidan naqa dar yaxshi farqlanishiga bog’liq bo’ladi
2
.
Monopolistik raqobat uchun misollar ko’p. Tish pastasi, kir yuvish poroshogi, 
alkogolsiz ichimliklar va boshqalarni ishlab chiqarishni misol qilib ko’rsatsa bo’ladi. 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish