Madaniy hayot. Turkistonda birinchi o’zbek tilidagi gazeta
«Turkestanskiy vedemosti» ning bevosita yordami tufayli vujudga keldi.
Bu gazeta «Turkiston viloyatining gazeti» bulib, u 1870 yilning iyulidan
1917 yilning fevraliga kadar chiqib turdi. «Turkiston viloyatining gazeti»
-1871 yildan 1883 yilgacha Turkiston general-gubernatorining tarjimoni
Shohimardon Ibrohimov va biroz vakttacha Muhammadhasan Chanishev
boshchiligida 1883 yilning oxiridan 1917 yilning fevraligacha
N.P.Ostroumov
muharrirligi
ostida
chikdi.
Gazeta
dastavval
«Turkestanskie vedomosti» ga «Ilova» kilib chikarilar edi. 1871 yildan u
kichik hajmda oyiga to’rt marta: ikki marta o’zbek tilida va ikki marta
qirg’iz tilida chik,a boshladi. 1883 yil 30 yanvarda general-gubernator
Chernyaevning 29-son buyrugi bilan bu «Ilovalar» «Turkiston
viloyatining gazeti» ga aylantirildi.
Turkiston general-gubernatori general-ad’yutant fon Rozenbax
1885 yil yanvarida mahalliy xalk, orasida rus tilini targ’ib qilish uchun
«Turkiston viloyatining gazeti» ni ikki tilda: o’zbek va rus tillarida nashr
etish haqida rasmiy buyruk bergan edi. Bu gazeta sahifalarida tarix,
etnografiya, arxeologiya, numizmatika fanlariga oid yangiliklar, Ovrupa
fan-texnikasi, adabiyoti va san’atiga xdmda yunon olimlari haqidagi
ma’lumotlar berib borilardi. Gazetaning faoliyatiga baho bergan
Cho’lpon uning shiori va anik, plani bo’lmaganligi, tilining raliz
ekanligini tanqid kilsa, Turkiston matbuotining bilimdoni Ziyo Said esa
bu gazeta Turkiston xayotida ruy berayotgan voqealarni teskari
yoritganlikda ayblaydi. Ammo adolat nuqtai nazaridan aytganda, gazeta
ilk matbuot nashri sifatida ulkada davriy matbuotning shakllanishida
zamin hozirladi, oddiy xalkda gazetaga-bosma so’zga qIZIKISh
uyg’otdi.
O’zbek gazeta publitsistikasining ilk namoyandalari: Zokirjon
Furkdt, Sattorxon Abdurafforov, Max,mudxuja Bex,budiy va boshk,a
ilror uzbek ziyolilarining bu gazeta bilan ijodiy x,amkorligi demokratik
royalar bilan surorilgan uzbek publitsistikasining rivojiga yul ochdi.
Xulosa kdlib aytganda, «Turkiston viloyatining gazeti» rasmiy
nashr bulishiga k,aramay, mustamlaka Turkistonning 47 yillik (1870-
1917) tarixi buyicha k^immatli manba sifatida kurilmogi lozim.
Turkistonda kitob nashri ishlarining vujudga kelishi O’rta
Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi davriga turri keladi. Bu
davrgacha o’lkada bosmaxona ham, litografiya (toshbosma) x,am
bo’lmagan. Ulkani chor Rossiyasi bosib olgach xukumatning ehtiyojidan
kelib chiqib, kitob nashri uchun moddiy-texnika baza yaratildi.
Nashr ishlarining avj olishi bosmaxona va litografiya tarmokdari
kengayishiga olib keldi. Xususan, 1872 yili Turkiston general-
gubernatorligi devonxonasida bosmaxona ochildi. U harbiy xalk
boshqarmasi bosmaxonasi deb nomlandi. 1877 yili Toshkentda S.I.
Laxtinning birinchi xususiy bosmaxonasi vujudga keldi. Muhammad
Rahimxon Feruzning tashabbusi bilan Xivada birinchi bosmaxona
tashkil etildi. «Nisobus Sibyon» asari butun O’rta Osiyoda ham birinchi
bosma kitob hisoblanadi. 1883 yil Toshkentda Sufi Olloyorning «Kitobi
sabot ul-ojizin» asari, 1904-1905 yillari O.A.Portsev tomonidan
A.Navoiyning «Xamsa» asari nashr etildi. Tabiiyki, o’zbeklarning ona
tilida dastlabki kitoblar chiqarilishi milliy ziyolilarimizning qiziqishini
uygotdi. XX asr boshlarida ulardan ko’pchiligi kitob chikarishda ishtirok
etibgina qolmay, o’z toshbosmalarini ham ochdilar.
G’ulom Hasan Orifjonov obro’li milliy noshirlardan biri edi. U
Moskvadan 4 ta litografik dastgox olib keldi. Orifjonovning
«G’ulomiya» litografiyasi 1902 yilda ochildi. Shu bilan birga Husayn
Makaev, Hoji Muhammad Azimjon Marg’iloniy va boshqalar ham
xususiy litografiya egalari edilar.
Umuman,
«inqilobgacha
bo’lgan»
Turkistonda
nashr
korxonalarining keng tarmog’i ishlar edi. Turli paytlarda bu yerda 50 ta
bosmaxona, 13 ta litografiya va 8 ta litografiya mavjud edi. Yuqorida
nomlari sanalgan noshirlar orasida Mirzaahmad binni Mirza Karimning
nomi ham mashhur edi.
Ko’rib turganimizdek, milliy kitoblarning Markaziy Osiyoda keng
tarkalishida toshbosmaning o’rni bekiyos bo’ldi. Ammo kitob nashri
o’sha davr talabiga javob bermas edi. Statistik ma’lumotlarga karaganda,
1913 yilda kitob nashri bor yo’g’i 56 nusxani, shunigdek, o’zbek tilida
33 nusxani tashkil etardi, xolos. Ularning umumiy tiraji 100 ming
nusxani, o’zbek tilidagisi atigi 8 ming nusxani tashkil etar edi. Turkiston
sharoitida mahalliy millat vakillarining umumiy aholi soni 98 foizni
tashkil etishini hisobga oladigan bo’lsak, u dengizdan qatra ekanligi
ma’lum bo’lib qoladi.
Shunday qilib, chor hukumati boshqa sohalardagi kabi nashr
ishlaridan ham ulkan ma’naviy jihatdan tobe qilish, umumruslashtirish
siyosatini kuchaytirish kabi strategik vazifalarni hal etishda
foydalanishga intildi. Ammo, chor xukumatining mafkuraviy va
ma’muriy tadbirlariga qaramay, keng xalk, ommasi va milliy
ziyolilarimiz asriy an’analarni asrab qolishga intildilar. Nashr ishlarida
ham milliy tarakdiyot uchun uziga xos kurash kechdi va bu milliy
ozoddik harakatining ajralmas bir qismi bo’lib koldi.
Ma’rifatchilik harakati. XIX asrning ikkinchi yarmida turkistonda
ma’rifatchilik xarakati keng kuloch yoydi. Yangi rus-tuzem maktablari
ochila boshladi. Rossiya texnikalari, kirib keldi. Furkatning «Vistavka
xususida» she’rlari ana shu yangiliklar ta’sirida yozildi. Ishoqxon Ibrat
esa Qo’konda «Ishoqiya» kutubxonasini tashkil qildi. O’zi tug’ilgan
qishlokda usuli savtiya maktabini ochib, o’kuvchilar uchun o’zi
darsliklar yozdi. Bu davr adabiyotining ko’zga ko’ringan vakillari
Furqat, Muqimiy, Zavkiy, Kamiy, Komil Xorazmiy, Avaz O’tarlar
maktab va maorifni targ’ib qiladigan ruhdagi she’rlari va amaliy ishlari
bilan bu harakatchilikning keng qanot yoyishiga zamin tayyorladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |