shaxsiy kompyuterlar va lokal hisoblash tarmoqlarining paydo bo`lishi, yangi
foydalanuvchilarning ishchi stantsiyalariga uzatiladi va u yerda ma`lumotlarni
Bunda markaziy server ma`lumotlarni qayta ishlashda qatnashmasdan faqat
Bu texnologiyani ishlash tartibi quyidagicha: o MB fayllar to`plami shaklida
maxsus ajratilgan kompyuterning (fayl server)
qattiq diskida joylashtirilgan bo`ladi; o lokal tarmoq mavjud bo`lib, undagi har bir
mijoz kompyuterida MBBT va
MB bilan ishlash uchun dastur o`rnatiladi; o har bir mijoz kompyuterda
foydalanuvchilar dasturini ishga tushirish imkoniga ega bo`ladi. Ular dasturdagi
foydalanuvchi interfeysi yordamida MB dagi ma`lumotlarni o`qish/yangilash
uchun so`rovlarni amalga oshiradi; o MBga berilgan barcha so`rovlar MBBT
orqali amalga oshadi va MBBT
o`zida fayl serverda joylashgan MBni jismoniy tuzilmasi haqidagi ma`lumotlarni
saqlaydi; o MBBT fayl serverda joylashgan ma`lumotlarga murojaatni amalga
oshiradi. Buning natijasida MB fayllarining bir qismi mijoz kompyuterga
nusxalanadi va qayta ishlanadi. Natijada foydalanuvchi so`rovini bajarish
ta`minlanadi
(ma`lumotlar ustidagi zarur amallar bajariladi); o zarur bo`lganda (ma`lumotlar
o`zgartirilganda) MBni yangilash uchun
ma`lumotlar orqaga, ya`ni fayl-serverga uzatiladi; o MBBT natijalarni
dasturga qaytaradi; o dastur foydalanuvchi interfeysi yordamida so`rov
natijalarini tasvirlaydi.
“Fayl-server” arxitekturasi asosida dBase va Microsoft Access kabi mashhur stol
MBBTlari ishlaydi.
‘Fayl-server’ arxitekturasi
Adabiyotlarda bu arxitekturaning quyidagi asosiy kamchiliklari ko`rsatiladi: o
Foydalanuvchilar bir vaqtda bitta ma`lumotga murojaat etsa unumdorlik keskin
pasayadi, chunki joriy ma`lumot bilan ishlayotgan foydalanuvchi o`z ishini
tugatishini kutish zarur. Aks holda, bir foydalanuvchi tomonidan kiritilgan
o`zgartish ikkinchi foydalanuvchining amallari natijasida yo`qotilishi mumkin.
o
MBga murojaat etganda barcha hisoblash yuklamasi mijoz
dasturi
zimmasiga tushadi. Chunki, jadvaldan ma`lumot tanlash so`rovi berilganda
MBning to`la jadvali mijoz mashinasiga nusxalanadi va tanlash mijoz tomondan
bajariladi. Shu tarzda mijoz kompyuteri va tarmoqning resurslari nooptimal tarzda
sarflanadi. Natijada, tarmoq trafigi ko`payadi va foydalanuvchi kompyuterining
apparat quvvatiga bo`lgan talablari ham oshadi. o Qoidaga ko`ra, alohida yozuvlar
bilan ishlash uchun mo`ljallangan
navigatsion yondoshuv qo`llaniladi.
o
Fayl-serverdagi
MBning
alohida
jadvallariga
dasturdan
foydalanmasdan instrumentlar vositasi yordamida o`zgartishlar kiritish juda oson
(masalan, Paradox va dBase fayllariga Borland firmasining Database Desktop
utiliti yordamida); bu imkoniyat yana shunisi bilan osonlashadi, bunday
MBBTlarda MB tushunchasi jismoniy emas ko`proq mantiqiy tushuncha
hisoblanadi. Chunki, MB deganda diskning alohida kataloglarida joylashgan
alohida jadvallar to`plami tushuniladi. Ma`lumotlarni o`g`irlash, ma`lumotlarni
qasddan o`zgartirish yoki bilmasdan xato qiymatlarni kiritish nuqtai nazaridan
bularning barchasi xavfsizlikni past darajasini bildiradi. Tranzaktsiya
apparatining yaxshi rivojlantirmaganligi, bir yozuvning o`ziga bir vaqtning
o`zida bir necha foydalanuvchining murojaat qilishi natijasida ma`lumotlarning
ma`no va murojaat butunligigiga putur etkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: