Bo‘ydoqman [turmushga chiqqanman, nafar farzandim
bor]
Mening turar joyim:
Sana imzo ismi, familiyasi
Tilxat-
pul, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olganligini
tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat.
Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida
saqlanadi.
Tushuntirish xati
xizmat yoki o‘qishga aloqador masalani, uning biror
jihatini yozma igodalovchi hujjatdir. Shaxsiy tushuntirish xatlari xodim yoki talaba
tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish yoki o‘qish jarayonida
xodim tomonidan sodir etilgan ayrim o‘rinsiz xatti-harakatlar tafsiloti, ularning
sabablari bildiriladi va dalillar bilan izohlanadi.
Tushuntirish xati
Men Aliyev Rustam 2017-yil 31-oktabr kuni sababsiz darsga kechikib kelib
universitetning
ichki
qonun
qoidalariga
rioya
qilmadim.
Bu
holat
takrorlanmasligiga va’da beraman.
Tushuntirish xati namunasi.
Men 2015-yil 15-martdan 30-mart sanasigacha onamning qattiq betobligi
sababli ishga kela olmadim.
Kelmagan kunlarimdan qolib ketgan yuklamalarni bo‘sh vaqtlarimda yoki
ish vaqtidan tashqarigi paytda bajarib yetkazib olaman.
Ilova: Onamning kasalligi haqidagi tibbiy ma’lumotnoma nusxasi.
Imzo _______ _ism va familiya________________
Hisobot
xizmat
faoliyati
yuzasidan
muayyan
ish,
vazifa
yoki
topshiriqlarning bajarilishi haqida ma’lumot beruvchi hujjat sanaladi. Hisobot
shakl va mazmuniga ko‘ra bildirishnomaga o‘xshash bo‘lsa-da, bunda qanday
ishlar rejalashtirilgani, ularning bajarilish darajasi, bu yo‘ldagi kamchiliklar va
ulami bartaraf etishga oid takliflar kengroq beriladi. Ish yuritishda rejalashtirilgan
ishlar, xizmat safari yakuni yuzasidan hisobotlar yozish keng tarqalgan.
Hisobot matni 1- shaxs nomidan yoziladi va hisobot beruvchi tomonidan
imzolanadi.
Tilxatning asosiy zaruriy qismlari :
1 Hujjatning nomi (Tilxat).
2 Matn :
a) tilxat bеruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi, familiyasi.
b) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani bеruvchi shaxsning lavozimi, ismi
va otasining ismi, familiyasi (zaruriyat bo‘lganda muassasa nomi);
v) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va ularning miqdori
(zaruriyat bo‘lganda bahosi) ;
g) olinayotgan buyumning tеxnik holati (agar u mashina, apparatlar va sh.k.
bo‘lsa).
3 Tilxat bеrilgan sana.
4 Tilxat muallifining imzosi.
Tushuntirish xati o’z burchi, xizmat vazifasini o’tashda yo’l qo’yilgan ayrim
noaniqliklarni, xizmat intizomining buzilishi sababini izohlash uchun yoziladigan
ish qog’ozi bo’lib, u arizaga o’xshash shaklda yoziladi. Unda binoan, asosan,
muvofiq ko‘makchilari jo‘nalish kеlishigi qo‘shimchasi bilan kеladi va asosan
rasmiy uslubda ishlatiladi.
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi I-akademik litsey direktori
J.Xasanovga 2-bosqich talabasi Shohista G’aniyevadan
TUSHUNTIRISH XATI
Men 2014-yilning 4-aprelidan 20-apreligacha bo’lgan davrda onamning qattiq
betobligi tufayli 38 soat mashg’ulotga qatnasha olmadim.
Ilova: Onamning kasalligi haqidagi shifokor ma’lumotnomasi.
(imzo)
Nazorat savollari
1.
Tavsiyanoma haqida ma`lumot bering.
2.
Tarjimayi hol qanday yoziladi?
3.
Tilxatning yozilish shakli haqida ma`lumot bering.
4.
Tushuntirish xati qachon va qanday sabalarda yoziladi?
5.
E`lon va hisobot haqida ma`lumot bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |