Menejment – mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga
erishish uchun shaxs (xodim) yoki guruhga ta‘sir o‘tkazish asosida
ularning faoliyatini tashkil etish tamoyillari, shakllari, metodlari va
usullari.
Metod - yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li» kabi
ma‘nolarni anglatadi.
Metodika (fan sifatida)– xususiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rganadi.
Mehnat tarbiyasi - shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda
mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali
harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga
yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning
tarkibiy qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: