Madaniyat («cultura» so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov
berish ma‘nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida
insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma‘naviy
boyliklar tizimi.
Mazmun (ta‘lim (bilim olish) mazmuni) – ta‘lim jarayonida shaxs
tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy
ko‘nikma, malaka, fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi.
Maktabgacha ta‘lim - bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib
shakllanishini ta‘minlovchi, unda o‘qishga intilish hissini
uyg‘otuvchi, uni muntazam ta‘lim olishga tayyorlovchi hamda bola
olti-etti yoshga etguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta‘lim
muassasalari va oilalarda amalga oshiriluvchi ta‘lim bosqichi.
Do'stlaringiz bilan baham: |