Ijtimoiy reabilitasiya (yunoncha rehabilitas – layoqati, qobiliyatini tiklash)
- anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlariga tayangan holda
uning ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etishi uchun zarur
sharoit yaratish, ijtimoiy faoliyat va mehnatga jalb etish.
Izohlash (tarbiya metodi sifatida) – tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki ta‘sir
etish usuli.
Ilmiy dunyoqarash - uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini
puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol
ishtirok etish natijasida barqarorlashgan dunyoqarash shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |