Idrok – aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni.
Ijtimoiy adaptasiya (yunoncha adapto - moslashish) – anomal bolalar
individual yoki guruhli xulqlarining ijtimoiy qadriyatlar va xulq-
atvor qoidalari tizimiga mos kelishi.
Ijtimoiylashuv – ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi
asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi.
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar - o‘quvchilarda ma‘naviy-axloqiy sifatlar,
e‘tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-
tuyg‘usi va irodasiga ta‘sir ko‘rsatish usullari.
Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik
g’oyalarning tutgan o’rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy
faoliyatga yo’naltirish muammolarini o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |