4. Huquqiy tarbiyani amalga oshirishning yo‘l va vositalari. Davlat
ramzidan pedagogik maqsadlarda foydalanish, ta‘lim va tarbiya
jarayonida ularning ahamiyatini o‘quvchilarga tushuntirish, ularning hulq
atvoriga chuqur ta‘sir etadi. Hozirgi vaqtda davlat ramzidan foydalangan holda
o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish alohida muhim masalalardan bo‘lib turibdi.
Hayotga qadam qo‘yuvchi har bir o‘smir o‘z Respublikasining qomusini
bilishi, unga amal qilishi kerak. O‘quvchi va yoshlarda O‘zbekiston
Respublikasi madhiyasi, gerbi va bayrog‘iga nisbatan chuqur hurmatni
tarbiyalash ishlarimizning uzviy qismini tashkil etadi. Huquqiy tarbiyani
muvaffaqiyatli hal etish uchun har bir maktab, kollej, litsey o‘z o‘quvchi va
talabalariga davlat ramzlarining tub moxiyatini ochib ko‘rsatishlari va ular
haqidagi Nizomlarni puxta o‘rganishlarini tashkil etishlari zarur. Davlat
hokimiyatining ramzlari o‘zining mohiyati jihatidan huquq bilan bog‘liq
bo‘lib, muhim tarbiyaviy mazmunga ega. O‘zbekiston Davlat gerbi, bayrog‘i,
madhiyasi mamlakatimizdagi barcha millat va еlatlar birligi, do‘stligi va
qardoshligining ramzlari hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, davlat ramzlari
juda boy, siyosiy-ma‘naviy davlat tushunchalariga egadir.
Ularning mazmunlari bilan o‘quvchi va yoshlarni tanishtirish
pedagogik jamoalarning muhim burchidir. O‘quvchi va yoshlar o‘rtasida olib
boriladigan ta‘lim-tarbiya ishlarida faqat Davlat ramzlaridangina
foydalanib qolmay, balki o‘quvchilar tashkilotlarining ramzlarini ham
o‘rganishga e‘tibor berish kerak. Bunday mashg‘ulotlar ko‘pincha sinfdan
va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda amalga oshiriladi.
Davlat ramzlarini o‘rganishni pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilsa, u
o‘quvchilarning huquqiy va ahloqiy xis-tuyg‘ulariga, vatanparvarlik
qarashlariga yaxshi ta‘sir ko‘rsatadi. Bu borada o‘quvchilar bilan olib
boriladigan jamoa tarbiyaviy ishlarining imkoniyatlari beqiyosdir. Davlat
Gerbi, bayrog‘i, madhiyasi hamda o‘quvchilar tashkilotlari ramzlarining
ahloqiy, siyosiy, huquqiy mazmuni haqida uyushtirilgan xilma-xil
munozara va suhbatlar, shubxasiz, samarali natija beradi. Bunday tadbirlar
o‘rtasida o‘quvchilarda fuqarolik sifatlarini tarkib topishiga yordam beradi.
Davlat ramzlari faqat ta‘sirchan tarbiyaviy vosita bo‘lmay, balki ta‘limiy
jihatdan ham muhim omillardandir.
O‘quvchilar Davlat gerbi va bayrog‘ining tasviri, Davlat madhiyasining
matni bilan tanishadilar. Ularda davlat hokimiyati ramzlariga hurmat xis-tuyg‘usi
qaror topadi. Umuman, davlat ramzlarini o‘rganishda o‘quvchilarning yosh
hususiyatlari,
albatta,
hisobga
olinishi,
mavjud
darslik,
usuliy
qo‘llanmalariga, qoida va nizomlarga to‘la amal qilinishi kerak. Davlat
gerbi va madhiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qomusi hamda o‘quvchilar
tashkilotlarining ramzlari bilan olib boriladigan pedagogik ishlari samaradorligi
huquqiy tarbiyaga bevosita bog‘liq ekanligini unutmaslik kerak.
Hukumat qarorlarida maktablar, Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari yosh
avlodni har tomonlama еtuk va barkamol qilib tarbiyalashga da‘vat etilganlar.
O‘zbekiston fuqarosi o‘z vatanini sevishi, xalqiga cheksiz sadoqatli bo‘lishi,
O‘zbekiston Respublikasisning qonun va qoidalarini, ramzlarini yaxshi bilishi
va ularga chuqur xurmat bilan munosabatda bo‘lishi shart. O‘quv chi va
talabalarda ana shu xis-tuyg‘ularni tarbiyalash muqaddas vazifadir.
Ahloq, odob qoidalarining buzilishi, tarbiyasi "qiyin" deb ataluvchi
o‘smirlarga еtarlicha pedagogik ta‘sir ko‘rsatmasligimiz natijasida kelib chiqadi.
O‘miriing bunday noahloqiy harakati oila, maktabda huquqiy tarbiya sohasida
yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bilan harakterlanadi. Ko‘cha-ko‘ydagi muhit ham
o‘smirning shakllanishida katta ahamiyatga ega. Ko‘pincha odob
me‘yoridan chetga chiqqan o‘smirlarning xulq-atvorini izohlashda, uning
o‘tish davrida bir muncha tez jismoniy rivojlanishi va nerv tizimining kuchli
kamoloti kabi omillarga kam e‘tibor beriladi.
Organizmdagi fiziologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq ravishda
o‘smirning harakterida faollik, tashabbuskorlik kuchayadi. U o‘zidagi kuch-
qudratni jismoniy imkoniyatlari darajasida ishlatishda ba‘zan me‘yorni
unitib qo‘yadi. Xaddan tashqari beboshlik, tarbiyaviy ta‘sirning еtarli
emasligi intizom va jamoat tartibini buzishga sabab bo‘ladi, bezorilik,
shumlik va shunga o‘xshash ko‘ngilsiz hodisalarni keltirib chiqaradi.
O‘smirlar, odatda, turli tuman ijobiy va salbiy ta‘sirlarga tez beriluvchan
bo‘lishadi, sezgirlik va ta‘sirchanlik ular harakterining shakllanishiga
yordam beradi. Bu yoshda paydo bo‘lgan taassurot uzoq vaqt uning hayot
yo‘lini belgilashi mumkin. O‘smirlar ko‘pincha o‘z shaxsiy idealini izlashda
va unga o‘xshashga harakat qilishadi. Bu ideal o‘zlari bilgan tanigan odam
yoki adabiy qaxramon qiyofasida namoyon bo‘ladi.
O‘smirlarda o‘ziga ortiqcha baho berish kuchli bo‘ladi, Ular o‘zlarini
tutish, muomala, xatti-harakatlarida kattalardek bo‘lishga intilishadi. Kattalarni
ularning "mustaqilligini" cheklab qo‘yishga qaratilgan har qanday urinishlariga
nisbatan juda sezgir bo‘ladilar. Odatda 14-15 yoshlarda iroda shakllana
boshlaydi. Bunday yoshda o‘smirlar o‘zlarini ma‘lum darajada shakllangan
shaxs sifatida anglab, kuchli irodali shaxslarni namuna qilib olib,
o‘zlarida ularni fazilatlarini rivojlantirishga intilishadi.
Shaxsning mavjud bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zini ko‘rsata bilishining
asosiy belgisi muomala hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlar oqsab qolgan maktablarda
o‘smirga ko‘cha-ko‘ydagi guruhlarning tasiri sezilarli iz qoldira boshlaydi.
Ko‘chadagi muomalani boshqarish ancha mushkuldir. U ko‘pincha soxta
o‘rtoqchilik va yuzaki "qahramonlik" shakllarini olishi mumkin.
O‘smirlarda o‘yinqaroqlik mayli kuchli bo‘ladi. Hayotning o‘zi ular uchun
o‘yindek tuyuladi. Ular uchun o‘yin qoidalari xulq-atvor andozasi bo‘lib qoladi va
ularning xatti-harakatlarida o‘z aksini topadi. O‘smirlar o‘z xatti -
harakatlarini to‘g‘ri baholay olish me‘yorini unutib qo‘yadilar. Buning
oqibatida bezorilik, beboshlik, hayvonlarga azob berish singari qiliqlar uning
uchun oddiy holat bo‘lib qoladi va ularda berahmlik, birovning boshiga
tushgan kulfatga befarq qarash, loqaydlik hususiyatlari paydo bo‘ladi.
Shaxsning voyaga etishi g‘oyat murakkab davr hisoblanadi. Bu jarayon
qiyinchilik bilan kechadi. Ko‘nikib qolgan ayrim odatlardan voz kechishga
to‘g‘ri keladi.
Oiladagi va maktabdagi nazoratning bo‘shligi natijasida huquqiy
tarbiya ham susayadi. Shu davrda o‘smirning yangicha xayot sharoitlarga
ko‘nikishiga ko‘z-quloq bo‘lib turilmasa, huquqiy tarbiyadan chetga chiqish
xavfi kelib chiqadi. Huquqiy tarbiyaning еtarli darajada shakllanmaganligi,
bolada ma‘suliyat tuyg‘usining еtarlicha rivojlanmaganligida, oilaga va
jamiyatga nisbatan o‘z burchini bilmaslik yoki tan olmaslik kabi urinishlarida
ko‘rinadi.
Ba‘zi oilalarda o‘smirni arzanda qilib o‘stirish, qo‘lini sovuq
suvga urdirmaslik kabi odatlar vaziyatga tanqidiy baho bera olmaslikka olib
keladi.
Odatda o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Bu yoshda o‘smirlar sodir etilgan jinoyatning xavflilik darajasini anglab
еtgan bo‘ladilar va sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlikka tortilishi
mumkin ekanligini biladilar.Biroq ta‘qiqlangan va jamiyat uchun xavfli
jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik o‘n to‘rt yoshdan boshlab
belgilangan qasddan yoki ehtiyotsizlikdan odam o‘ldirish, badanga qasddan
tan jaroxat еtkazib, kishi sog‘lig‘iga zarar еtkazish, nomusiga tegish,
bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘rilik ashaddiy bezorilik, davlat mulkini yoki
fuqarolarning shaxsiy mulklarini qasddan nobud qilish yoki zarar еtkazish
natijasida og‘ir oqibatlar kelib chiqishi, ashaddiy bezorilik, o‘q otar qurollar,
o‘q-dorilar yoki portlovchi moddalarni, poyezdni halokatga olib kelishi kabi
jinoyatlari uchun o‘n to‘rt yoshdan jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Axloqi buzilgan o‘quvchilar bilan dastlabki ishlar, avvalo- xalq ta‘limi
bo‘limlari, jamoalari tomonidan olib boriladi. Bunda o‘zlari otaliqqa olgan
notinch oilalarga imkoniyatlari darajasida yordam berish ko‘zda tutiladi.
Umumiy majburiy ta‘limga jalb qilish, kuni uzaytirilgan guruppalarga
joylashtirish, otaliqa olishga tayinlash, ota-onalarning huquq va burchlari
to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazish, notinch oilalarni yig‘ilishlarda muhokama qilish,
ota-onalar burchining qanday bajarilayotganligi haqidagi ma‘lumotlarni sudlariga
jo‘natish kabi choralar jinoyatni oldini olish tadbirlariga kiradi.
Tajriba voyaga еtmaganlar o‘rtasida huquq tarbiyasini olib borishda
oilaviy axborotni barcha vositalaridan (matbuot, radio televideniye) yagona reja
bo‘yicha foydlanishi zarurligini ko‘rsatmoqda. O‘quvchilarning huquqiy
tarbiyasi maktabda ham yagona reja asosida olib borilmog‘i uchun
pedagoglar ota-onalar uchun huquqiy mavzuli targ‘ibotlar, savol-javob
kechalarini tashkil etish, tarbiya usullari va bolalarni kuzatib borish haqida
ota-onalar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazishni hozirgi kun talablari
darajasiga ko‘tarishlari kerak. Ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni
targ‘ibot qilish o‘quvchilarning o‘zlashtirishini ko‘taribgina qolmasdan, balki
ularni maktabdan tashqaridagi xulqning yaxshilanishiga yordam beradi.
Xalqimiz o‘z-o‘zini anglab borayotgan hozirgi davrda maktab
o‘quvchilarining maktabdan tashqaridagi xulqiga ta‘sir etish imkoniyatlari
sezilarli darajada kengaydi, bolalar tashkilotlari faoliyatida qat‘iy bir
maqsadga qaratilganlik oshdi, dam olishni tashkil etish yaxshilandi.
Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning yangi
shakllari qo‘llana boshlandi. Yoshlar o‘rtasida huquqiy tarbiya ishlarini
tashkil etish va sodir etiladigan huquqbuzarlikni oldini olish borasidagi
pedagogik faoliyatini yanada kuchaytirish uchun fikrimizcha quyidagilarni
amalga oshirish kerak:
1.Umumiy ta‘lim maktablarida huquqiy bilimlarni targ‘ib qiladigan xonalar
tashkil qilishga alohida ahamiyat berish;
2.Barcha maktablarning sud, prokratura, advokatura, birinchi navbatda esa
voyaga еtmaganlar inspeksiyasi va voyaga еtmaganlar ishlari bilan
shug‘ullanuvchi komissiyalar bilan aloqasi mustahkamlanishi kerak;
3. Doimiy ravishda yaxshi tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va ularni
hayotga keng tatbiq qilish.
To‘plangan bilimlardan, pedagogik tajribalardan oqilona foydalanish,
d a v l a t i m i z q o n u n l a r i v a q o i d a l a r i g a m u n t a z a m r i o ya q i l i s h
ko ‘nik mala rini singdirish huquqiy tarbiyaning samarali amalga oshirish
garovidir
Do'stlaringiz bilan baham: |