Munozara (tarbiya metodi sifatida) - tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki
ta‘sir ko‘rsatish asosida ularda ma‘naviy-axloqiy sifatlarni
shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli.
Nazorat (ta‘lim jarayonida)– ta‘lim oluvchining bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayoni.
Nafosat didi - shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan munosabat bildirish
turi, obektiv nafosat o‘lchovi.
Nafosat madaniyati - go‘zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud
go‘zalliklarni asrash va boyitish yo‘lida o‘zlashtirilgan bilim hamda
amalga oshiriladigan nafosat faoliyatini tashkil etish darajasining
sifat ko‘rsatkichi.
Nafosat ongi - go‘zallik, go‘zallikni his etish, uning mohiyatini anglash,
nafosat his-tuyg‘usi, nafosat didi kabi tushunchalarning ongda aks
etishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |