11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


  Jismoniy  tarbiyaning  asosiy  maqsadi



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/352
Sana07.07.2021
Hajmi2,82 Mb.
#111185
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   352
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

2.  Jismoniy  tarbiyaning  asosiy  maqsadi  –  o'quvchilar  tanasidagi  barcha 
a'zolarni  tabiiy  sog'lom  o'sishini  ta'minlash,  ularni  aqliy  va  jismoniy  mehnatga 
shuningdek, vatan mudofaasiga tayyorlashdir. 
Bizning  ota-bobolarimiz  kishilar  bilan  uchrashganda  yoki  xayrlashganda  avvalo, 
chin  yurakdan  mustahkam  sog'lik-salomatlik  tilashgan.  Sihat-salomat  bo'lishning 
qadrini oila qadri bilan sharafli bir o'ringa qo'yib kelishgan. Respublikamizda bahodirlar, 
polvonlar va botirlarga boy vatanimiz   ular bilan g'ururlangan. Bugun ham Respublikamizning 
barcha  shahar  va  qishloqlarida  jismoniy  madaniyat  va  sport  turlarini  milliy  asosda  qayta  tiklash 
jarayoni sodir bo'lmoqda. 
Sharq  Aristoteli  nomini  olgan  Abu  Ali  ibn  Sino  ham  inson  fazilatlaridan  quyidagilarni 
sanab ko'rsatgan, chunonchi, jasurlik-biror ishni bajarishda kishining jasurligi, chidamliligi, 
inson  boshiga  tushgan  yomonlikni  to'xtatib  turuvchi  quvvat.  Aqllilik-biror  ishni  bajarishda 
shoshma-shosharlik qilishdan saqlovchi quvvat. 
Ziyraklik-  sezgi  bergan  narsalarning  haqiqiy  ma'nosini  tezlik  bilan  tushunishga  yordam 
beruvchi quvvat. 
She'riyat  mulkining  sultoni  Alisher  Navoiy  o'zining  «Farhod  va  Shirin»  dostonida 
Farhodning  ijobiy  xislatlari  ichida,  uning  jismoniy  chiniqanligiga  alohida  e'tibor  beradi  va 
iftixor bilan uning jismoniy qobiliyatlarini maqtaydi. 
Dostonda  yozilishicha  Farhod  aqliy  tarbiya  bilangina  cheklanib  qolmasdan  jismoniy  va 
harbiy  mashqlar  bilan  ham  shug'ullanib,  chiniqa  boshlaydi.  Suvda  suzish,  chavondozlik, 
qilichbozlik  va  boshqalar  uning  kundalik  mashg'uloti  bo'lib  qoladi.  10  yoshida  20  yashar 
yigitning kuch-quvvati bo'ladi, u o'zining aql va jismoniy kuch-quvvati, mahorati bilan kishilarni 
hayratda qoldiradi. 
Abdulla Avloniyning fikricha, sog'lom fikr yaxshi ahloq, ilm-ma'rifatga ega bo'lish uchun badanni 
tarbiya qilish zarur. «Badanning  salomat va quvvatli bo'lmog'i insonga eng kerakli narsadur. 
Chunki o'qimoq, o'qitmoq, o'rganmoq va o'rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdir. 
Sog' badanga ega bo'lmagan insonlar  amallarida, ishlarida  kamchilikka  yo'l  qo'yurlar....Bunday 
tarbiyaning  fikr  tarbiyasiga  ham  yordami  bordir.  Jism  ila  rux  ikkisi  bir  choponning  o'ng  ili 


terisi  kabidur.  Agar  jism  tozalik  ila  ziynatlanmasa,  yomon  xulqlardan  saqlanmasa,  choponni 
ustini qo'yib, astarini yuvib ovora bo'lmak  kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr 
tarbiyasi uchun mehnat va sog'lom vujud kerakdur». 
Sport tufayli o'z kuchi va mahoratini quvonch bilan his etish,  tabiat bilan muloqotda bo'lish 
azaldan  kishilar  dilini  xushnud  etgan.  Demak,      yuqoridagi    misollardan    ko'rinib  turibdiki,  
insonning aqliy, ahloqiy va jismoniy kamoloti kishilik tarixi taraqqiyotining barcha jabhalarida 
ulug'langan, qadrlangan. 
Jismoniy  tarbiya  kishilarga  qulay  ta'sir  ko'rsatib,  ularning  salomatligini 
mustahkamlaydi,  ishlash  qobiliyatini  oshiradi,  uzoq  umr  ko'rishga  yordam  beradi. 
Sport-  har  qanday  yoshda  ham  qaddi-qomatni  tarbiya  qilish,  kuch-quvvatni 
saqlab  turishning  ajoyib  vositasidir.  U  dam  olish  bilan  mehnatni  almashtirib 
turishga yordam beradi, ijodiy his-tuyg'u manbai bo'lib xizmat qiladi. 
Qisqasi,  jismoniy  madaniyat  va  sport  sog'lom,  kuchli,  chaqqon,  topqir,  to'siqlarni 
enga  oladigan,  ona  Vatanni  ko'z  qorachig'iday  e'zozlovchi  vatanparvar,  kelajakka 
ishonch  bilan  qaraydigan  yoshlarni  vujudga  keltiruvchi  ijtimoiy  omillardan  biri 
hisoblanadi. 
Shu sababli kishilik jamiyatining eng ibtidoiy holatidan hozirgi kunimizga qadar  har  
qanday    jismoniy    kamolot    va    to'qlikni avlodlarning  kamolotini  ta'minlovchi   
zanjir  deb  hisoblab kelishgan. 
Demak,  o'sib  kelayotgan  yosh  avlodning  jismoniy  barkamolligini  ta'minlash  faqat 
ota-ona,  maktabning  ishigina  bo'lib  qolmasdan,  balki  u  davlat  ahamiyatiga  molik 
ish hamdir. 
Jismoniy  tarbiyaga  bo'lgan  e'tibor,  g'amxo'rlikning  kun  sayin  oshib  borishi  bu 
fikrimizning   yorqin dalilidir. 
O'zbekiston  Respublikasi  mustaqil  davlat  bo'lgan  kundan  boshlab,  yoshlar 
tarbiyasini,  ularni  yaroqli  Vatan  himoyachisi  bo'lishiga  va  sportning  barcha 
turlarini jadallashtirish maqsadida bir qator maqtovga sazovor ishlarni amalga oshirdi. 
Bularga  «Jismoniy  tarbiya  va  sportni  yanada  rivojlantirish  bo'yicha  qonun» 
(1992y),  »Sog'lom  avlod  dasturi»,  «Futbolni      yanada      rivojlantirish      bo'yicha   
qaror»      (1996y),      «Kurash  asotsiasiyasini  tuzish»  (1998y)  va  boshqa  yo'l-
yo'riqlarni  ko'rsatish  o'rinlidir.  Shuningdek,  davlatimiz  va  hukumatimiz  rahbarligida 
tennis  bo'yicha  O'zbekiston  prezidenti  kubogi,  milliy  kurash,  u-shu,  tayekvando, 
boks  va  boshqa  turlari  bo'yicha  xalqaro  musobaqalar  o'tkazilmoqda.  Shuningdek, 
o'zbek  kurashini  Olimpiya  turiga  aylantirish  maqsadida  jahon  birinchiliklari 
o'tkazilmoqda va hokazo. 
Jismoniy tarbiya mazmuni besh xil tushunchalarda o'z ifodasini topadi. Ya'ni 
jismoniy  kamolot,  jismoniy  holat  diagnostikasi,  jismoniy  madaniyat,  jismoniy-
sport  ishlari,  jismoniy  ma'lumot.  Jismoniy  kamolot-  o'sib  kelayotgan  yosh 
avlodning ichki organlarining o'zgarishi, o'sishidir. Birinchi navbatda yurak va o'pka, 
shuningdek, nerv va harakat tizimi, tana shaklining o'zgarishi, teri-muskul tizimi, 
og'irligi, tananing mukammal rivojlanishidir. Pedagogik tushunchada jismoniy 
kamolot  insondagi  jismoniy  ma'lumotning  o'sishi  borasidagi  o'zgarishlar, 
ya'ni oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga, nomukammallikdan mukammallikka 
tomon bo'lgan o'zgarishlar tushuniladi. 


O'quvchilarning  jismoniy  kamolotlari  uchun  sharoit  yaratish  va  pedagogik 
boshqarish  jismoniy  tarbiyaning  vazifasidir.  Jismoniy  tarbiya  tizimida  kamolot 
diagnostikasi muhim o'rin tutadi. U jismoniy  tarbiya  saviyasi,  fan  tili  bilan  aytilganda, 
jismoniy tarbiya samaradorligi ko'rsatkichidir. Maxsus usul   va   jismoniy   texnika    
asosida        o'quvchilarning  sog'liqlarini,  har  bir  alohida  shaxs  kamoloti  saviyasini 
tadqiq  etish,  belgilangan  me'yor  va  undan  uzoqlanish  ko'rsatkichlarini  oldindan 
belgilash  asosida    tarbiya      uchun      doimiy      ko'rsatkich  aniqlanadi.  Jismoniy 
еtuklik  bu  badanning  tashqi  ko'rinishidagi  garmoniya,  go'zallik  shakli:  jismoniy 
sifatlarning yuqori darajadagi kamoloti-kuchi, tezligi, chidamliligi va abjirligi barcha 
tizimlarning  mutanosibligi  va  ularning  salomatligidir.  Agar  diagnostika 
o'quvchilarning  yoki  biron-bir  o'quvchining  jismoniy  va  medisina  ko'rsatkichlari 
pasayib ketayotganligini ko'rsatsa, demak, zudlik bilan jismoniy tarbiyadagi mavjud 
tizimni o'zgartirish lozim.  

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish