11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Ekologik tarbiya – tarbiya nazariyasining yangi shakli



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/352
Sana07.07.2021
Hajmi2,82 Mb.
#111185
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   352
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

Ekologik tarbiya – tarbiya nazariyasining yangi shakli 


 
Ekologik  muammolarning  ilmiy,  iqtisodiy,  texnik,  gigiyenik,  yuridik, 
estetik, pedagogik kabi yo'nalishlari mavjud. Bu yo'nalishlar ichidan pedagogik 
yo'nalish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki  ekologik  muammolar  inson 
faoliyati natijasida kelib chiqadi. 
 
Pedagogik yo'nalishda ekologik ta'lim va tarbiya berish ko'zda tutiladi.  
 
Ekologik  ta'lim  deganda  o'quvchilarga  berilishi  lozim  bo'lgan  tabiat  bilan 
inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.  
 
Ekologik  tarbiya  esa  insonning  atrof-muhitga  nisbatan  munosabatini 
tarbiyalashdir. 
 
Ekologik  ta'lim-tarbiya  umumiy  ta'lim-tarbiyaning  yangi  shakli  va  tarkibiy 
qismi  bo'lib,  maktabda  barcha  fanlarni  o'qitishda  amalga  oshirilishi  ko'zda 
tutiladi. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit 
va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. 
 
Ekologik  tarbiyalash  jarayonida  yoshlarni  yashab  turgan  tabiatimiz 
boyliklarini  tejab-tergashga,  uni  muhofaza  qilishga  o'rgata  boriladi.  Atoqli 
pedagog  V.A.Suxomlinskiy  «Bolalarga  jonim  fido»  asarida  «Men  bolalar 
«Alifbe»  ni  ochib,  birinchi  so'zini  xijjalab  o'qishlariga  qadar  avval  dunyodagi 
eng  ajoyib  kitob-tabiat  kitobini  mutolaa  etishlarini  istardim»  deb 
ta'kidlaganidek, bu boradagi barcha ishlarni bolaning kichiklagidanoq boshlash 
maqsadga muvofiqdir.  
 
Ekologik  tarbiyada  o'quvchilarni  o'z  maktabini;  yashaydigan  muhiti-shahar 
va  qishloq  ko'chalarini  ko'kalamzorlashtirish,  mevalli  va  manzarali  daraxt 
ko'chatlari ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga 
qarash  kabi  ishlarda  kuchi  еtgancha  qatnashishga  jalb  etish  katta  ahamiyatga 
ega.  
 
Ekologik  savodxonlik  va  madaniyat,  avvalo,  oiladan  boshlanadi.  ekologik 
duyonqarashni  shakllantirishning  negizi  oiladagi  tarbiyaga  bevosita  bog'liqdir. 
Agar  bu  masala  oilada  to'g'ri  yo'lga  qo'yilmagan  bo'lsa,  uni  maktablarda, 
keyingi  ta'lim  bosqichlarida  hamda  mehnat  jarayonlarida  qaror  toptirish  qiyin 
bo'ladi.  
 
Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga alohida e'tibor bilan qaraganlar va bu 
borada ibratli an'analarni vujudga keltirganlar. Bolalar go'daklik chog'laridanoq 
ahloqiy va mehnat tarbiyasini oilada boshlaganlar. Ularda mehnatga muhabbat, 
atrof-muhitga  hurmat,  obodonchilik  va  ko'kalamzorlashtirish  xissi  sabot  bilan 
singdirilgan.  Masalan,  atrofni  ifloslantirmaslik  uchun  axlatlarni  alohida 
chuqurchalarga  tashlash;  xojatxonalarni  ariiq,  soy,  buloq  suvlaridan  uzoqroq 
joyda  kovlash;  yong'in  chiqmasligi  chorasini  ko'rish;  turli  ehtiyojlar  uchun 
yashnab  turgan  daraxtda  emas,  balki  ko'rib  qolganlaridan  foydalanish; 
nihollarni  sindirib,  payxon  qilmaslik;  qushlarni  uyasini  buzmaslik  kabi  xatti-
harakatlar  shakllantirilgan.  Oila  davrasida  farzandlarga  «Suvga  tuflama,  uini 
iflos qilma, Chunki barcha jonivorlar uni ichib baxra oladi", "Gullab turgan 
mevali  daraxtning  shoxini  sindirma,  u  meva  beradi,  uni  o'zing  iste'mol 
qilasan",  "Pishib  еtilmagan  uzumni  uzma,  agar  uzsang  katta  gunoh  ish 
bo'ladi,  Chunki  unda  ahli  mo'minning  nasibasi      bor"      deb      pandu-
nasixatlar qilganlar. 


Islomdan  avval  zardushtiylik  dinida  tabiatni,  xususan,  suvni  iflos  yoki  isrof 
qilgan  kishi  400  darraga  maxkum  etilgan.  Suvga  hurmat  islom 
dinimizda ham saqlanib qolgan. Mana shu hurmat ta'sirida xalqda ko'plab 
maqollar, rivoyatlar, ibratli hikoyatlar, ertaklar vujudga kelgan. 
            Ekologik  ta'lim  va  tarbiyalash  tizimi  bolalar  bog'chalarida,  umumiy 
ta'lim  maktablarida,  keyingi  ta'lim  bosqichlarlda  hamda  mehnat 
jamoalarida  davom  ettiriladi.  Bu  o'rinda  hayotiy  misollar  orqali  hozirgi 
paytda oilalarda ekologik savodxonlikning     pastliligi     uqtiriladi.   Masalan, 
hozir  ko'plab  odamlar  mollarini  ekinzorlarda,  bog'larda  xatto  mevali  va 
manzarali  daraxtlarga  bog'lab  boqadigan  bo'lib  qolishmoqda.  Axir 
o'tmishda  xalqimiz  qaramog'idagi  hayvonlariga  maxsus  podachi  saqlagan-
ku. Buning ustiga hozirgidek hayvonlarni duch kelgan еrda emas,  alohida 
ajratib  qo'yilgan  yaylovlarda  o'tlatgan  yoki  oilaviy  dam  olishga 
chiqilganda  o't-o'lanlar  payxon  qilinmagan,  qir-adirlarda  shisha  siniqlari, 
ovqat  qoldiqlari  tashlab  ketilmagan.  Daraxtlarga,  o'simliklar  olamiga, 
hayvonlarga  zarar  keltirilmagan.  Ma'lumki,  inson  aqli  uning  umumiy 
rivojlanishning dastlabki 3-4 yilida 50 foizni, 4-8  yilida 30 foizini, 8-17  yilda 
esa  20  foizni  tashqil  qiladi.  Shuni  hisobga  olib,  ekologik  ta'lim-tarbiyani; 
asosan, bog'cha va maktablarda amalga oshirish zarur. 
Bog'cha  bolalarida  avval  ekologik  ta'lim  tushunchalari  shakllantiriladi.  1-5 
sinflarda  esa,  asosan,  tabiatshunoslik  darslarida  o'qituvchilarga  ekologik 
ta'lim-tarbiya beriladi. 
O'lkamizming  tabiiy  o'simliklar  dunyosi,  ularning  foydasi,  bu  boyliklarni 
muhofaza  qilish  kerakligi  haqidagi  masalalar  bilan  yoshlarni  maktab 
Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish