11-mavzu. Ish haqi va mehnat munosabatlari reja


Real ish haqi – bu nominal ish haqi summasining qanchalik tovarlar va xizmatlar miqdorini sotib olishga etadigan quvvatidir



Download 125,31 Kb.
bet3/9
Sana06.04.2022
Hajmi125,31 Kb.
#532594
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. TAYANCH KONSPEKT (6)

Real ish haqi – bu nominal ish haqi summasining qanchalik tovarlar va xizmatlar miqdorini sotib olishga etadigan quvvatidir. Boshqacha aytganda real ish haqi – bu nominal ish haqining «xarid etish» qobiliyatidir. O‘z-o‘zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqi miqdoriga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) narxiga bog‘liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganda, nominal ish haqiga to‘g‘ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:
,
bu erda: Vr – real ish haqi; Vn – nominal ish haqi; R – iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi.
Bizning misolimizda ishchining nominal ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral oyida 95 foizni, mart oyida 110 foizni tashkil etgan edi. Real ish haqi darajasining o‘zgarishini aniqlash uchun esa iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi to‘g‘risida ma’lumot zarur bo‘ladi. Aytaylik, narx darajasi yanvar oyiga nisbatan fevralda 1,08, martda esa 1,2 baravar oshgan bo‘lsin. U holda ishchining real ish haqi fevralda 176 ming so‘mni, mart oyida esa 183 ming so‘mni tashkil etadi. Ya’ni, ishchining real ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral oyida 88 foiz, mart oyida 91,5 foiz darajasida bo‘ladi.
Real ish haqi darajasiga tovarlar va xizmatlar narxidan tashqari belgilangan soliqlar miqdori va boshqa turli sharoitlar ham ta’sir qiladi. Masalan, soliq turlari va miqdori qancha ko‘p bo‘lsa real ish haqi shuncha pasayadi, yoki aksincha.
Nominal ish haqi ishchining ishlab topgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa uning iste’moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi.
Ish haqi aholi daromadlarining asosiy tarkibiy qismlaridan birini tashkil qilib, u istiqbolda ham o‘zining etakchi rolini saqlab qoladi.


3. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari

Ishlab chiqarishning texnik asoslari, ishchilar mehnatining mazmuni, ularga bilim berish va kasb-hunarga o‘rgatish borasidagi o‘zgarishlar munosabati bilan ish haqi shakli va tizimlari ham o‘zgarib boradi. Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli – vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab to‘lanadigan ish haqidir. U odatda mehnatning natijalarini miqdoran aniq hisoblab bo‘lmaydigan, balki ular muayyan vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, injener-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq to‘lashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga bog‘liq bo‘lmagan paytlarda (masalan, konveyerlar va avtomat liniyalarida ishlash) qo‘llaniladi. Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarab to‘lanadigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun to‘lanadigan ish haqi miqdori tarif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish me’yoriga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi.


Ish haqi tizimi o‘z ichiga haq to‘lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari majmuini oladi. Jumladan:
- to‘g‘ri ishbay haq to‘lash tizimi;
- ishbay-mukofotli haq to‘lash tizimi;
- ishbay-progressiv haq to‘lash tizimi.

Download 125,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish