Dorixona sharoitida tayyorlanadigan dori turlari, ularning umumiy texnologiyasi
Suyuq dorilar har tomonlama dispers sistemalar bo’lib, dispers muxitni suyuqlik va dispers fazani dori moddalar tashqil etadi. Dori moddalar har uchchala agregat holda, ya’ni suyuqlik, gaz va qattiq modda holida bo’lishi mumkin. Dispers muxit bilan boglanish holiga hamda dori moddaning (dispers faza) maydalik darajasiga qarab suyuq dorilar:
1. Haqiqiy eritma, yoki chin eritma.
2. Yuqori molekulali moddalar eritmasi.
3. Kolloid eritma.
4. Osilmalar.
5. Emulsiyalar.
6. Yuqorida keltirilgan eritmalar birikmasidan tashqil topgan, aralash turdagi eritmalar bo’lishi mumkin.
5-Jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |