Dinshunoslik faninig yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti. Dinlarni o`rganish uzoq tarixga ega. Har bir inson yon-atrofidagilarning etiqodi, qaysi diga mansubligagi qiziqadi, ular haqida bilishni istaydi. Bu boradagi ilk malumotlarni Qadimgi Gretsiya va Rim yozuvchilari asarlarida ko`rishimiz mumkin. Ulardan eg mashhuri «tarix otasi» nomini olgan Gerodot (mil. avv. V asr) o`zi tadqiq qilgan xalqlarnig dinlari haqida malumotlar keltirgan. Bu qiziqish O`rta asr Evropasida ham mavjud bo`lgan. Lekin boshqa dinlar haqida fikr bildiruvchilar, xristianlarnig etiborini jalb qilmaslik va ularni o`sha dinlarga kirib ketmasliklari taminlash maqsadida, u dinlarga nisbatan salbiy fikr bildirish, ularni yomonlash orqali ularga yondashishni maqul deb topganlar.
İslom olamida ham dinlarni o`rganish bo`yicha tadqiqotlar uzoq tarixga borib taqaladi. Milodiy VII-VIII asrlardayoq diniy tortishuv (munozara)larni o`z ichiga olgan «maqola»lar (keyinchalik «maqolot»), VIII -IX asrlardan etiboran esa boshqa dinlarga «raddiya»lar yozila boshlagan. Keyigi asrlardan esa «al-Firaq» (Firqalar), «ar-Radd» (Raddiya), «ad-Diyonot» (Dinlar) va «al-Milal» (Xalqlar) yo`nalishidagi adabiyotlar vujudga kelgan.
«Ad-Diyonot» (Dinlar) yo`nalishida yozilgan ilk asar Hasan ibn Muso an-Navbaxtiynig (vaf. 910) «al-Aro vad-diyonot» (Etiqodlar va dinlar) kitobi hisoblanadi. Keyinchalik Masudiy (957) o`zinig «ad-Diyonot» (Dinlar), Masbihiy (1029) «Darkul bug`yati fiy vasfid diyonoti val ibodoti» (Dinlar va etiqodlar vasfida maqsad meyori) kitoblarini yozganlar. SHunigdek Beruniynig (973-1048) «Tahqiqun ma lilhind min maqulatin, maqbulatin fil-aqli av marzulatin» (Aqlga maqbul yoki nomaqul bo`lgan Hindistoga oid izlanishlardan) nomli kitobi ham shular sirasiga kiradi.
«Al-Firaq» (Firqalar) yo`nalishida yozilgan kitoblarga Abu Mansur Abdulqodir al-Bag`dodiynig (vaf. 1038) «al-Farq baynal-firaq» (Firqalar orasidagi farq) asari hamda Abul-Maoliy Muhammad ibn Ubaydullohnig (vaf. 1092) «Baynal-adyon» (Dinlar orasida) asarlarini kiritish mumkin.
«Al-Milal» yo`nalishida Qozi Abu Bakr Baqilloniynig (vaf. 1012) «al-Milal van-nihal» (Dinlar va xalqlar), Abu Muhammad Ali İbn Hazmnig (vaf. 1064) «Kitobul-fasl fil-milal val-ahvoi van-nihal» (Dinlar, havo va xalqlar haqida ajraluvchi kitob), Abul-Fath Muhammad ibn Abdulkarim ash-SHahristoniynig (vaf. 1183) «al-Milal van-nihal» asarlarini sanash mumkin.
«Ar-Radd» (Raddiya) yo`nalishida ham ko`plab asarlar dunyo yuzini ko`rgan. Ularga İmom G`azzoliynig (vaf. 1111) «ar-Raddul jamil» (Go`zal raddiya), İbn Kalbiynig (vaf. 819-821) «Kitobul-asnam» (Butlar kitobi) nomli asarlarini alohida qayd etish lozim.
Darhaqiqat, Musulmon SHarqi o`lkalarida bu sohada ko`plab asarlar yaratilgan bo`lib, keyinchalik ular «Dinshunoslik» faninig taraqqiyoti uchun fundamental manba bo`lib xizmat qilgan. Jumladan, Abu Rayhon Beruniynig «al-Osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya» («O`tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar»), «Hindiston», Muhammad ibn Abdulkarim SHahristoniynig «al-Milal van-nihal» («Dinlar va oqimlar»), İbn Hazm Andalusiynig «al-Fasl fil-milal val-ahvo van-nihal» («Dinlar, adashgan firqalar va mazhabni ajratish») kabi asarlari, shunigdek, İbn Nadim (987-988) va Abul Hasan Omiriy kabilarnig tadqiqot ishlari ko`plab Evropa tillariga tarjima qiligan. Bu esa, islomiy va arab ilmlarini o`rganuvchi G`arb mutaxassislarinig dinlar tarixiga oid islomiy tadqiqot ishlaridan asosiy manba sifatida foydalanishlari uchun qulay imkon yaratdi. Dinlar, oqim va mazhablar haqidagi fan sohasinig yuzaga kelishida ularga ko`p marotaba murojaat qiligan.
Taniqli tarixchi, dinshunos SHahristoniy quyidagicha yozadi: «Bilginki, johiliyat davrida arablarda uch turdagi ilm sohasi mavjud edi:
1. Nasablar, tarixlar va dinlar ilmi;
2. Tush tabirlari ilmi;
3. O`lkashunoslik ilmi».
Shunigdek, «İxvon as-Safo» risolalarida keltirilishicha, ilmlar ikki guruhga bo`linadi: 1. İnson azolari haqidagi ilm (Anatomiya); 2. Dinshunoslik ilmi.
İbn Nadim esa: «Dinshunoslik fani h. IV-V asrlarga kelib mustaqil fan sifatida shakllandi.», deb yozadi. Bu milodiy X-XI asrlarga to`g`ri kelib, aynan shu davrda Beruniy o`zinig «Hindiston» asarini yozgan.
G`arb mamlakatlarida dinshunoslik fani ko`pincha nemis tilidagi «RELIGIONS O`ISSENSCHAFT» yoki igliz tilidagi «HISTORY OF RELIGIONS» kabi atamalar bilan yuritiladi. Bu esa «İxvon as-safo» risolalari, Beruniy va SHahristoniy asarlarida qo`llanilgan «علم الاديان» (Dinlar ilmi) yoki «تاريخ الاديان» (Dinlar tarixi) atamalarinig harfiy tarjimasidir.
Zamonaviy Dinshunoslik esa bir yarim asrga yaqin davrga borib taqaladi. G`arbda, zamonaviy manodagi dinlar tadqiqotlari Maks Myuller (1823-1900) tomonidan boshlab berilgan. Olim 1856 yilda «Qiyosiy mifologiya» va 1870 yilda nashrdan chiqqan «Dinlarnig asosi va shakllanishiga oid dars baholari» nomli asarlari bilan boshqa dinlarni tadqiq qilishga yo`l ochgan va kattagina etibor qozogan. U Agliyadagi mashhur Oksford universitetida dinlar tarixidan maruzalar o`qigan. O`zinig «SHarqnig muqaddas kitoblari tarjima silsilasi» asarida u ilk bora «religious studies» (dinshunoslik) so`zini qo`llagan. Myuller va unig zamondoshlari dinlarni ilmiy tadqiq qilishda filologiyani muhim deb bilishgan va dinnig asl mohiyatiga faqatgina til orqali qiligan izlanishlar bilagina etishish mumkin, degan fikrni olg`a surgan.
Biroz keyigi davrlarda Gollandiyada S.R.Tile va SHantepi de la Sosse bu borada izchil faoliyat olib borganlar. SHunday qilib davrlar o`tishi bilan Parij, Bryussel va Rim kabi markazlarda dinshunoslik universitetlar talim dasturlaridan joy olgan.
XIX asrnig ikkinchi yarmidan boshlab dinshunoslik sohasida olib borilgan izlanishlar shakllagan. Bu davrda turli mintaqalarda zikr qiligan soxada bir qancha mutaxassislar etishib chiqqan. Ulardan R.Pettazoni, M.Eliade, Van der Lyu, R.Otto, G.Menshig, J.Vax, F.Xeiler, G.Dumezil, E.G.Parrinder, S.G.F.Brandon, Erik F.SHarp, Ninian Smart, M.Kitagava, R.S.Zeyxner, Ugo Bienchi, V.Kantvell Smit, Ake V.Strom, Xans J.SHoyps va Mixael Paylar nomini zikr qilishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |