11. Mavzu: Bolalarda nutqning rivojlanishi


MAVZU: Bolalar xarakter xislatlarining o’ziga xosligi



Download 40,51 Kb.
bet5/6
Sana27.06.2022
Hajmi40,51 Kb.
#711489
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-16b mavzula

15. MAVZU: Bolalar xarakter xislatlarining o’ziga xosligi
Reja:
1. Xarakter haqida umumiy tushuncha
2. K.Yungning xarakter tipini aniqlash metodikasini o’tkazish
3. Bolalar xarakter xislatlarining o’ziga xosligi
Xarakter. Xarakter haqida umumiy tushuncha Kishi jamiyatda yashab, biror faoliyat bilan shug‘ullanarekan, o‘zini shaxs sifatida namoyon qiladi, o‘zining atrofmuhitga,odamlarga, o‘z ishiga va o‘z-o‘ziga munosabatiniifodalaydi. Ba’zan ana shu munosabatning ko‘rinishlari odatdantashqari, tasodifiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Masalan,maktab o‘quvchisi o‘z o‘rtoqlari uchun kutilmagandaarzimagannarsadan jahli chiqib ketadi. O‘rtoqlari uningbuxulqidan taajjublanadilar, chunki odatda bu bola yuvosh,xushmuomala edi. Uning uchun qo‘pollik tipik hodisa emasedi. Boshqa bir o‘quvchi ko‘pincha atrofdagilar bilan keskin vaqo‘pol muomalada bo‘ladi. Bu narsa uning uchun tipik barqaror,bir necha marta takrorlangan xususiyat bo‘lib, bu uni shaxssifatida xarakterlab beradi. Shuning uchun ham mazkur xususiyatniuning xarakteriga xos xususiyatlardan biri deb hisoblashmumkin. Jamiyat a’zosi, kishining voqelikka munosabatida vujudga keladigan va uning xulq-atvori hamda harakatlarida ta’sir qoldiradigan muhim, barqaror psixik xususiyatlarning majmuixarakter (yunon. charaktir – belgi, nishon, xislat) deyiladi. Ba’zan «xarakter» degan so‘z bilan iroda kuchini, qat’iylikni yoki boshqa kishilar bilan muomala qilgandagi keskinlikni ifodalaydilar, «xarakterli kishi» deydilar. Aksincha irodasi zaif kishini «xaraktersiz kishi» deb ataydilar. Ilmiy nuqtayi nazardan qaraganda, bu ta’riflar noto‘g‘ridir, chunki «xaraktersiz» kishida ham xarakter bor. Xarakter hamisha shaxsning o‘ziga xos sifatlarini (nisbatan juda oz mustasnolar bilan) belgilab beradi. Shuning uchun ham xarakter kishining biror hayotiy vaziyatda o‘zini qanday tutishini oldindan ko‘rish imkonini beradi. Xarakterdagi ko‘p narsa kishining dunyoqarashiga, uning e’tiqodiga va ideallariga,ijtimoiy ahvoliga, atrofdagi muhitning ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. Turli ijtimoiy guruhlarga mansub kishilarning xarakterlaridagi farqlarning sababi ana shundadir. Xarakter shaxsning individual xususiyatidir. Xarakterlari mutlaqo bir xil ikki kishini topib bo‘lmaydi, lekin ayrim kishilarning xarakteridagi ko‘p narsalar bir guruh kishilar uchun yoki hatto butun jamiyat uchun tipik bo‘lishi mumkin. Ma’lumki xarakter to‘g‘risida faqat yetakchi, asosiy xususiyatlarga qarab fikr yuritish mumkinligi, bu xususiyatlar muayyan shaxsning kim ekanligini hamma narsadan ko‘ra ko‘proq belgilab beradi. Shuning uchun ham yozuvchilar o‘z qahramonlarini ta’riflar ekanlar, ularning asosiy, tipik xususiyatlarini ko‘rsatishga intiladilar. Kishi faoliyatida qanday psixik jarayonlar ustun turishiga qarab xarakter xususiyatlarini intellektual, emotsional va iroda xususiyatlariga ajratish mumkin.
Xarakterning fiziologik asoslari Ma’lumki nerv sistemasining tipi oliy nerv faoliyatiningtug‘ma xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Biroq kishining fiziologik tabiati doimiy bo‘lib qolmaydi. I.P. Pavlov nerv sistemasining tipi (temperament) va xarakterning bir-biriga munosabati haqida gapirib bunday deb yozgan edi: «Tip hayvon nerv faoliyatining, tug‘ma organizmning konstitutsiyaga bog‘liq turi genotikdir, lekin hayvon tug‘ilgan kunidan boshlab atrofdagi sharoitning xilma-xil ta’siriga uchrashi, shu ta’sirlarga faoliyat bilan, ko‘pincha butun umr mustahkam bo‘lib qoladigan faoliyat bilan, muqarrar suratda javob berishi lozimligi sababli hayvonning mavjud nerv faoliyati tipining xususiyatlari va tashqimuhit taqozo qilgan o‘zgarishlar qorishmasidan, fenotipdan, xarakterdan iboratdir».Garchi I.P. Pavlov hayvonlar to‘grisida gapirgan bo‘lsa ham, muhitning bu xil ta’sirlarini odam ham his qiladi. Shuni esda tutish kerak-ki kishi nerv faoliyatining shakllanishiga faqat I signal sistemasigina emas, balki II signal sistemasi ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, garchi nerv sistemasining tug‘ma tipi temperament xarakterning asosi bo‘lsa ham biroq uni muvaqqat nerv aloqalariga va ularning murakkab sistemalariga xos xususiyatlar belgilab beradiki, ularga inson o‘z hayoti va faoliyati jarayonida ega bo‘ladi. Tuyg‘ularning paydo bo‘lishi, psixik jarayonlar hamda harakatlarning o‘tish tezligi asosan temperamentgabog‘liq bo‘lib bu albatta kishining xarakterida aks etadi. Oqibat natijada tug‘ma sifatlar emas, balki ijtimoiy sharoit, ya’ni muhitning ta’siri, kishining u yoki bu xarakteriga egabo‘lishining asosiy sababi hisoblanadi.
Xarakterda munosabatning ifodalanishi Kishining atrofdagi voqelikka munosabati nuqtayi nazaridanxarakter xususiyatlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Shaxsning jamoadagi boshqa kishilarga munosabatini ifodalovchi xususiyatlar: mehribonlik, saxiylik, samimiylik, hurmat-ehtirom, talabchanlik kabilar. Pismiqlik, takabburlik, beparvolik, toshbag‘irlik, ichidan pishganlik, dag‘allik kishilarga nafrat bilan qarash kabi qarama-qarshi xususiyatlar bo‘ladi.
2. Shaxsning mehnatga, o‘z ishiga munosabatini ifodalovchi xususiyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas’uliyatlik va aksi.
3. Kishining narsalarga munosabatini xarakterlovchi xususiyatlar: ozodalik, tejamkorlik, sarishtalik va aksi.
4. Shaxsning o‘z-o‘ziga munosabatini aks ettiruvchi xususiyatlar: o‘z qadr-qimmatini bilish tuyg‘usi, kamtarlik, mag‘rurlik, uyatchanlik, jizzakilik, xudbinlik, egotsentrizm (o‘z-o‘zini hamisha o‘z diqqat markazida tutish) va h.k.
Xarakter xususiyatlari. Shaxsning ijobiy va salbiy xususiyatlari farqlanadi. Xarakter xususiyatlariga baho berganda ulardan har birining axloqiy mazmunini hisobga olish kerak. Masalan, mehnatsevarlik xarakterning ijobiy xususiyatidir, lekin agar u xudbinlik maqsadlarila, chunonchi, shaxsning boshqalar hisobiga boyishiga xizmat qilsa, bu shaxsning salbiy xususiyati bo‘ladi. O‘z vatani uchun faxrlanish yaxshi xususiyatdir, lekin kishi o‘zo‘zidan haddan tashqari mag‘rurlansa, manmanligi bilan ajralibtursa bunday faxrlanish xarakterning salbiy xususiyatidir. Xarakterning ijobiy xususiyatlari orasida axloqiy xususiyatlar muhim o‘rin egallaydi. Axloqiy xususiyatlar axloqiy tuyg‘ularga asoslangan bo‘lib, kishining jamiyat talablariga javob beradigan ma’naviy xulq-atvorini belgilab beradi. Odamdagi xarakter xususiyatlari uning o‘zi uchun ham, atrofdagi kishilar uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Biror kishi haqida: «Uning yaramas xarakteri bor» deganlarida, odatda bunday kishidan o‘zlarini olib qochadilar, uning do‘stlari bo‘lmaydi, oilada ko‘pincha u bilan birgalikda hayot kechirish mumkin bo‘lmay qoladi. Ijobiy xarakter xususiyatlariga ega kishi esa odatda atrofdagi kishilarning,do‘stlarining mehri va izzatiga sazovor bo‘ladi. Ayrim kishilar xarakterni yaxshi tomonga o‘zgartirib bo‘lmaydi deb hisoblaydilar. Salbiy xususiyatlarga ega kishi ba’zan o‘zi haqida;«Xarakterim shunday bo‘lgandan keyin nima qilishim kerak? O‘z xarakterimdan o‘zim ham rozi emasman, lekin hech narsa qilolmayman», – deydi. Bu noto‘g‘ri. Darhaqiqat, o‘z xarakterinio‘zgartirish, salbiy xususiyatlardan xalos bo‘lish va o‘zida ijobiy xususiyatlarni tarbiyalash murakkab vazifa bo‘lsa ham, lekin amalga oshirib bo‘ladigan vazifadir. Buning uchun avvalo o‘z ustida ishlashni, xarakterni tarbiyalash va qayta tarbiyalash ustida ishlashni qat’iy va keskin maqsad qilib qo‘yish kerak, ortiqcha manmanlikdan qutulish, o‘z kamchiliklarini aniq ko‘rish uchun o‘ziga tanqidiy jihatdan qarashga, xulqiga jiddiy munosabatda bo‘lishga harakat qilishi kerak.
Xarakterni tarbiyalash. O‘z xatolarini sezmaydigan yoki sezishni istamaydigan kishi hech mahal o‘z ustida muvaffaqiyatli ish olib bora olmaydi. Ko‘pincha kishining o‘zi o‘z sifatlariga xolis baho berishi qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ham boshqalarning fikriga quloq solish, to‘g‘ri tanqiddan xafa bo‘lmaslik, ko‘p narsaning chetdan yaxshiroq ko‘rinishini esda tutish lozim. Boshqalarda mavjud salbiy sifatlarni sezgach, hamisha o‘zingga ham qarashing, o‘zingda shunday kamchiliklar bor-yo‘qligini bilishing kerak. Ba’zan bu sifatlar o‘zingga yomon bo‘lib tuyilmaydi, bu sifatlarni boshqalarda ko‘rganingda esa, ular kamchiliklar ekanligi, ulardan qutulish lozimligi aniq bo‘ladi.

Download 40,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish