5. Qiymatlarni qo‘shish asosida usulida bojxona qiymatini aniqlashda
uchrayotgan muammolar Qiymatlarni qo‘shish asosida bojxona qiymatini aniqlashusuli o‘ziga
xos elementlar asosida bojxona qiymatini belgilashni taqozo etib, bir oz
qiyinchilik tug‘diradi.
Bu usulga ko‘ra bojxona qiymati faqat O‘zbekiston Respublikasidan
tashqarida olish mumkin bo‘lgan axborot asosida belgilanadi. Odatda,
tovarlarni ishlab chiqaruvchi O‘zbekiston Respublikasi yurisdiktsiyasidan
tashqarida bo‘ladi. SHu sababli 5-usulning qo‘llanilishi odatda shunday
shartlar bilan cheklangan bo‘ladiki, ularga ko‘ra xaridor bilan sotuvchi o‘zaro
bog‘langan bo‘ladi va ishlab chiqaruvchi O‘zbekiston Respublikasining
bojxona organlariga ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi zarur
ma’lumotlarni takdim etish va keyinchalik o‘tkazilishi lozim bo‘lgan
ularning tekshirilishini yengillashtirishga tayyor bo‘ladi.
Tovarlarni ishlab chiqaruvchi bojxona qiymatini belgilash maqsadida
taqdim etgan axborot uning mamlakatida O‘zbekiston Respublikasi
vakillari tomonidan ishlab chiqaruvchining roziligi bilan va manfaatdor
mamlakat hukumati yetarli darajada vaqtlirok xabardor qilinadi va u bunday tekshirishga nisbatan qarshilik qilmaydi degan shartga ko‘ra
tasdiqlanishi mumkin.
Zaxira usul asosida bojxona qiymatini aniqlashda uchrayotgan
muammolar
Agar bojxona qiymati deklarant tomonidan ko‘rsatilgan beshta
usulni izchillik bilan qo‘llash natijasida belgilanishi mumkin bo‘lmasa yoki mavjud ma’lumotlar asosida bojxona qiymatini belgilashning ushbu beshta usulini qo‘llash mumkin emas deb bojxona organlari hisoblasa, unda baholanayotgan tovarlarning bojxona qiymati 1-5-baholash usullarini birmuncha qayishqoqlik bilan qo‘llash yo‘li orqali bojxona organida mavjud bo‘lgan narxlarga doir axborot asosida belgilanadi.
Zaxira usulni qo‘llashda bojxona organi deklarant yoki bojxona
brokeriga o‘z ixtiyorida mavjud bo‘lgan narxlar to‘g‘risidagi axborotni
taqdim etadi. Bojxona organi zaxira usulni to‘g‘ri qo‘llash maqsadida
shunday axborotni yig‘ib boradi.
Zaxira usuldan foydalanishda hujjatlar bilan tasdiqlashga doir
talablar quyidagilarni boshqa usullarga nisbatan bir muncha
qayishqoqlikka yo‘l qo‘yadi:
- jahon narxlariga doir, ichki bozor narxlariga doir axborot
ma’lumotnomalaridan foydalanishni;
- vositachilik haqlari, chegirmalar, foydalar, transport tariflari
umum qabul qilingan darajalarining statistik ma’lumotlaridan
foydalanishni.
Yuqorida ko‘rsatilgan hollarda, baholanayotgan tovarni yetkazib berish shartlarini hisobga olgan holda ma’lumotlarga tegishli tuzatishlar kiritilishi shart.