11-mavzu.Bojxona qiymatini hisoblashda yo‘l qo‘yilayotgan xatolar. Reja:
1. Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha usulida bojxona qiymatini aniqlashda uchrayotgan muammolar.
Aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha usulida bojxona qiymatini aniqlashda uchrayotgan muammolar.
3.O‘xshash tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha usulida bojxona qiymatini aniqlashda uchrayotgan muammolar.
4.Qiymatlarni chegirib tashlash asosida usulida bojxona qiymatini aniqlashda uchrayotgan muammolar.
5.Qiymatlarni qo‘shish asosida usulida bojxona qiymatini aniqlashda uchrayotgan muammolar.
6.Zahira usul asosida bojxona qiymatini aniqlashda uchrayotgan
muammolar.
Tovarlarni bojxona qiymatini mazmun-mohiyatini ko‘radigan bo‘lsak,
masalan, eksport qiladigan mamlakatda tovar 100 AQSH dollari turadi,
uning hisobvaraqda ko‘rsatilgan import narxi esa – 80 AQSH dollari, uning
import qilinayotgan mamlakat bozoridagi narxi esa 150 AQSH dollarini
tashkil etadi. Tabiiyki, bojxona qiymati nazariyasini bilmaydigan shaxsda
bojxona to‘lovlarini undirishda yuqorida keltirilgan narxlardan qay biri
qo‘llanilishi lozim degan savol tug‘iladi. Agar undiriladigan bojxona
to‘lovlari miqdorini eng ko‘p darajada ko‘paytirishga amal qilinadigan
bo‘lsa, 150 dollarlik narhni asos qilib, to‘lovlarni undirish lozim bo‘ladi.
Agar import qiluvchiniig manfaatlaridan kelib chiqiladigan bo‘lsa, boj
hisobvaraqda ko‘rsatilgan tovar narhidan kelib chiqib belgilanadi. Ushbu
holda deklaratsiyada deklaratsiya narhlarni ko‘rsatishda hamda bojxona
ma’murlarining xatti-harakatlarida erkinlik uchun keng imkoniyatlar
ochiladi.
SHu sababli tovarlar tasniflanishi xalqaro birxillashtirish
jarayoni bilan birgalikda tovarning bojxona qiymatini aniqlashning
xalqaro tizimi ham ishlab chiqildi. Bunday tizim 1950 yilda qabul
qilingan va o‘shandan boshlab 120 dan ortiq mamlakatda amal qilinayotgan
bojxona qiymati to‘g‘risidagi Bryusselь konventsiyasi bilan deyarli bir
vaqtda kuchga kirdi.
Biroq 1970 yillar oxirlarida GATT doirasida o‘tkazilgan ko‘p
tomonlama savdo muzokaralari natijasida (bu «Tokio raundi» deb ataladi)
bojni hisoblash uchun tovar narxini belgilashning yanada takomillashgan
xalqaro tizimi ishlab chiqildi. Ushbu tizim besh-olti yil davomida
yaratildi. Bunda tovarning bojxona narxini belgilashga asos qilib
olinadigan printsiplar to‘g‘risidagi masala atrofida keskin munozaralar yuzaga keldi. 1979 yil 12 aprelda boshqa kodekslar bilan birgalikda
bojxona baholash to‘g‘risida nizom qabul qilindi. Uning rasmiy nomi —
«GATTning 7-moddasini qo‘llash to‘g‘risida kelishuv» deb ataladi. Hozirgi
vaqtda ushbu hujjat bilan nazarda tutilgan bojxona qiymatini hisoblab
chiqishning xalqaro tizimi AQSH, Yaponiya, Yevropaning barcha
mamlakatlarida va bir qancha rivojlanayotgan mamlakatlarda qo‘llaniladi.
Bojxona qiymati bo‘yicha maxsus Texnikaviy qo‘mita mazkur
Kelishuvni talqin qilish va har xil mojaroli masalalarni hal etish bilan
shug‘ullanadi. Qo‘mita Bryusselda ishlaydi (u bojxona hamkorligi bo‘yicha
kengash va GATT bilan birgalikda tashkil etilgan). Bundan tashqari maxsus
hukumatlararo organ — Bojxona qiymati bo‘yicha qo‘mita ham faoliyat
ko‘rsatadi.
MDHga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari kengashining
1995 yil 14 sentyabrdagi qarori bilan “Tovarlarning bojxona qiymatini
e’lon qilish va nazorat qilish protsedurasining yagona Qoidalari”qabul
qilingan.