11-mavzu: Biologik xilma-xillikni, noyob o‘simliklar va hayvonlarni asrash, populyasiyalarini qayta tiklash Mashg‘ulotning maqsadi



Download 14,07 Kb.
Sana07.04.2022
Hajmi14,07 Kb.
#535326
Bog'liq
11-амалий


11-mavzu: Biologik xilma-xillikni, noyob o‘simliklar va hayvonlarni asrash, populyasiyalarini qayta tiklash
Mashg‘ulotning maqsadi: Biologik xilma-xillikni, noyob oʻsimliklar va hayvonlarni asrash va populyatsiyalarni sonini qayta tiklash uchun biotexnologiyaning zamonaviy usullaridan foydalanish.
Topshiriq: Biologik xilma-xillikni biotexnologik usulda saqlab qolishni oʻrganish.
Harakatlantiruvchi tanlanish populyatsiya irsiy oʻzgaruvchanlik chegarasini kengaytiradi, populyatsiya oʻrtacha koʻrsatkichini biror yoʻnalishda siljitadi. Harakatlantiruvchi tanlanish natijasida yangi reaksiya normasi vujudga keladi. Natijada oldingi avlod fenotipidan keskin farq qilgan fenotipli organizmlar soni oshib boradi. Harakatlantiruvchi tanlanish tufayli belgi-xossalar kuchayishi yoki susayishi tomonga qarab oʻzgaradi, yangi organ va toʻqimalar shakllanishiga olib keladi. Darvin ta’limotida ta’riflangan tabiiy tanlanish harakatlantiruvchi tanlanishidan iborat edi.
Stabillashtiruvchi tanlanish populyatsiyaning oʻzgaruvchanligini toraytiradi va turgʻunligini oshiradi, populyatsiyada oʻrtacha koʻrsatkichga ega boʻlgan individlar soni ortib, chetki formalarning kamayishiga olib keladi.
Populyatsiyalar oʻz navbatida hayvonlarda demlarga, oʻsimliklarda biotiplarga boʻlinadi. Hozirgi zamon sistematikasida terminologik birlik yoʻqligi tufayli tur strukturasini ifodalashda ham qiyinchiliklar tugʻdiradi. Tur populyatsiyalarning oddiy mexanik yigʻindisidan iborat boʻlmay, balki turli darajadagi biologik guruhlarning murakkab sistemasidan iborat. Tabiatda turlar sistema sifatida realdir. Turning sistema sifatidagi strukturasi turni evolyutsiyaning sifat bosishi ekanligini aks ettiradi. Tur evolyutsion jihatdan «yosh» boʻlsa, strukturasi shunchalik soddaroq boʻladi. Agar tur evolyutsion jihatdan qanchalik «yangi turlarga» ajaralib borsa tur, strukturasi shunchalik murakkabroq boʻladi. Turli taksonlardagi turlar evolyutsiyaning turli xil bosqichida turadi. Tabiiyki, bu tur strukturasida farqlarni keltirib chiqaradi, yaʻni turli taksonlardagi turlar struktur tuzilishi boʻyicha noteng boʻladi. Struktur jihatdan notenglik turdan yuqori taksonomik kategoriyalarga ham tegishli. Bir hayvon turkumi bir necha turdan iborat boʻlsa, ikkinchi bir hayvonlar turkumi faqat bir yoki ikki turdan iborat boʻlishi mumkin. Evolyutsiya jarayonida yangi tur dastlabki bitta populyatsiya koʻrinishida paydo boʻladi va keyingi evolyutsion jarayonida bir nesha populyatsiyalarga ajralib, ulardan alohida irqlar va ulardan kenja turlar vujudga kelishi mumkin. Bu qonuniyat evolyutsiyaning divergent yoʻnalishiga xos. Biogeotsenozda har bir populyatsiyaning ekologik taxmon (javon) oʻz oʻrni boʻladi. Agar bir ekologik taxmonga har xil turlarga oid populyatsiyalar toʻgʻri kelganda ular oʻrtasida raqobat koʻrinishidagi yashash uchun kurash avj oladi. Natijada, bu kurashda bu poplyatsiyalardan biri ikkinchisi koʻproq raqobatchan populyatsiya tomonidan siljib chiqariladi. Yashash ushun kurashda hamkorlik munosabatlari ham alohida oʻrin tutadi. Morfogenezda o‘tadigan va kallusli hujayralardan o‘simlik paydo bo‘lishi bilan tugaydigan barcha o‘zgarishlar maxsus genlar orqali boshqarib (nazorat qilib) turiladi. Hozirgi vaqtda bir guruh olimlar morfogenezni belgisi poligenli bo‘lib, bir necha xromosomalar bilan nazorat qilib turiladi, deb hisoblasalar, boshqalari- bu belgi ikkita yadro geni bilan aniqlanadi, degan fikrga kelishgan. Kallusli hujayralarni morfo-genetik faolligi genetik tabiatga ega ekanligini o‘zi, nima uchun ba’zi-bir hollarda kallusli to‘qimalardan u yoki bu genotiplarni regeneratsiyasini olish mumkin emasligini tushuntirib beradi. In vitro sharoitida morfogenetik faol genotiplarni chatishtirish regeneratsion imkoniyatlarni (qobiliyatlarni) oshishiga olib kelishi mumkin.
Shuni ham eslatib o‘tish o‘rinliki, mikroko‘paytirishdan foydalanish doirasi juda keng bo‘lib, kundan kunga yanada oshib bormoqda. Eng avvalo bu in vitro sharoitida o‘simliklarni yog‘ochli turlarini, ayniqsa, ingibitorlar va bu usulni yo‘qolib ketayotgan o‘simliklar hamda dorivor o‘simliklarni ko‘paytirish uchun ishlatilganda katta samara beradi.
Download 14,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish