11-mavzu: aktivlar auditi


Nomoddiy aktivlarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari



Download 467 Kb.
bet14/17
Sana28.01.2023
Hajmi467 Kb.
#904413
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Aktivlar auditi 11-mavzu aktivlar auditi reja

11.7.Nomoddiy aktivlarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari
Tekshiruv jarayonida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq muomalalar buxgalteriya hisobiga doir me’yoriy hujjatlar va soliqqa tortishga doir qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinganligi aniqlanadi.
Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubi ularning olinish manbalariga bog’liq.
Agar nomoddiy aktivlar pul o’tkazish yo’li bilan sotib olinsa yoki korxonaning o’zida yaratilsa, «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» №21-Buxgalteriya hisobining milliy standartiga muvofiq 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti qo’llaniladi. Nomoddiy aktivlar inventar qiymatiga qo’shiladigan xarajatlar tarkibi, ularning mazkur ob’ektni yaratishga aloqadorligi tekshiriladi.
Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirishning me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshiradigan jadval-test quyidagi jadval ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishi bilan bog’liq muomalalarni hisobda aks ettirish uslubini tekshirish yoppasiga amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
№21 - BHMS talablariga muvofiq nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish bilan bog’liq barcha muomalalar hisobdan chiqarilish sabablaridan qat’iy nazar (sotilishi, tekinga berilishi, yaroqsizligi va h. k). 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotida aks ettiriladi. Aniqlangan moliyaviy natija, agar zarar ko’rilsa - 9220 - schyot kreditidan 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining debetiga, agar foyda olinsa - 9220 - schyot debeti va 9320 - «Boshqa aktivlarning chiqimidan olingan foyda» schyotining kreditida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarning chiqimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish bo’yicha schyotlar bog’lanishining to’g’riligi quyidagi ko’rinishdagi jadval - test yordamida tekshiriladi.
Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimini soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq nomoddiy aktivlarning ayrim turlari qo’shimcha qiymat solig’i (QQS)dan ozod etilgan. Auditor bunga alohida e’tibor berishi zarur.
№ 21 BHMS ga muvofiq nomoddiy aktivlar oldindan pul o’tkazish yo’li bilan sotib olinganida QQS 4410-«Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyotida aks ettiriladi (hisob-kitob hujjatlarida alohida ajratib ko’rsatilganida).
Sotib olingan nomoddiy aktivlar bo’yicha QQS summasi quyidagi hollarda byudjetga o’tkaziladi.

  1. sotib olingan nomoddiy aktivlar qiymati mol etkazib beruvchilarga to’langanida;

  2. nomoddiy aktivlar hisobga qabul qilinganida;

  3. nomoddiy aktivlar ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilganida.

Agar dastlabki hujjatlarda QQS summasi ajratib ko’rsatilgan bo’lmasa, u holda hisob-kitob hujjatlarida QQS ajratib ko’rsatilmaydi.
Nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarilganda dastlabki qiymatiga 0410-0490 schyotlar kredit va 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti debetlanadi. Hisoblangan eskirish summasiga esa 0510-0590 schyotlar debet va 9220 schyot kreditlanadi. Hisobdan chiqarish natijasi (foyda yoki zarar 9220 schyotdan 9900 - «Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlarni jamlash)» schyotiga o’tkaziladi. Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxi, foyda byudjet bilan hisob-kitoblar ko’rsatkichlari, shuningdek xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari mulklarini baholashning asoslanganligi ko’p jihatdan nomoddiy aktivlarning mavjudligi va baholanishi, ular eskirishlari to’g’risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga bog’liq.
Shunga ko’ra, nomoddiy aktivlarni hisobda ro’yxatga olishning texnik jihatlarini tekshirish juda muhim hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar o’z nomiga ko’ra moddiy negizga ega bo’lmaganliklari uchun korxonada u yoki bu ob’ektning haqiqiy kirimi va ishlatilishi ustidan buxgalterlik nazoratini tashkil etish muammosi tez-tez vujudga keladi.
Buxgalterlik hisobining umumiy printsiplariga ko’ra har qanday nomoddiy aktiv kirimi tegishli dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi. Bunday dastlabki hujjatlashtirish o’zining mazmuni va tavsifiga ko’ra, asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-1) kabi hujjatlarga o’xshash bo’lishi lozim. Hujjatlarda ob’ektlarning batafsil xususiyatlari, dastlabki qiymati, foydalanishga topshirilgan vaqti, eskirish normasi va xarajatga olib borish kodi, nomoddiy aktiv foydalanadigan bo’linma va boshqa ma’lumotlar ko’rsatilishi lozim.
Nomoddiy aktivlarni kirim qilishda dastlabki hujjatlar bilan birga ularni indentifikatsiyalovchi (aynan o’xshatuvchi) hujjatlar ham bo’lishi zarur. Bunday hujjatlarga nomoddiy aktivlarning o’zlarini yoki ulardan foydalanishni tavsiflovchi hujjatlar, shuningdek, korxonaning u yoki bu mulkiy huquqini tasdiqlovchi hujjatlar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, buxgalterlik hisobda aks ettiriladigan nomoddiy aktivlarning istalgan ob’ekti ob’ektiv shaklda mavjud bo’lishi lozim.
Sanoat namunalari va kashfiyot huquqlarini sotib olish patentlar, guvohnomalar bilan tasdiqlanadi. Korxona tomonidan har qanday mualliflik huquqlarini sotib olish faqat ushbu mualliflik huquqlarini sotuvchilar jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan tuzilib, yuridik jihatdan kuchga kirgan to’laqonli shartnomaga asosan amalga oshirilishi mumkin.
Korxona «nou–xou» sotib olishni rasmiylashtirishi uchun uning og’zaki (matnli) yoki tasviriy tavsifiga ega bo’lishi lozim. Korxona raqobat sharoitida sanoat va intellektual mulklarni muhofaza qilish uchun chora-tadbirlarni ko’rishi lozim. Bu nomoddiy aktivlar ob’ektlarning har biri uchun konkret xodimlarni javobgarlikka tortish va ko’rilgan zararni to’liq qoplash uchun imkon yaratadi.
Korxonalar nomoddiy aktivlarni har xil yo’llar bilan sotib oladilar va shunga ko’ra ularning kirimi ham hisobda turlicha aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlar korxona ustav kapitaliga ishtirokchilarining hissasi sifatida qo’shilishi mumkin. Bunda ular imkon qadar haqiqiy bozor bahosiga yaqinlashgan va korxona aktsiyadorlar kengashi (boshqaruvi) va aktsiyadorlar tomonidan belgilangan shartnoma bahosida kirimga olinadi.
«Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga kiritiladigan mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat) va realizatsiya xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqida Nizom»ga muvofiq texnologiyalarni takomillashtirish va yangilarini yaratish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba - konstruktorlik ishlarini o’tkazish bilan bog’liq mahsulotlar sifatini yaxshilash, xom ashyo va materialllarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash xarajatlari 9420-«Ma’muriy xarajatlar» schyotida aks ettiriladi. Agar korxona qandaydir ishlab chiqarish va intellektual mulk (patentlar, guvohnomalar) yaratsa, ushbu «Nizom» dan kelib chiqqan holda, ularni mulk sifatida hisobga olib bo’lmaydi, chunki ularni yaratish bilan bog’liq xarajatlar kapitallashmaydi.
Ushbu savol masalasida turli mamlakatlarda qarama - qarshi fikrlar mavjud. Masalan, ayrim mamlakatlarda nomoddiy aktivlar mablag’ sifatida inobatga olinmaydi, ularni darhol ishlab chiqarish sarflari yoki foyda hisobiga hisobdan chiqarish ko’zda tutilgan. Ammo, bunday yondoshuvga qarama-qarshi gumon patentlar olish va kashfiyotlar, tovar markalari, savdo belgilari, «Nou-xou» ishlanmalari va dastur ta’minotlarini yaratish bilan bog’liq ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) kabi aktivlarni darhol hisobdan o’chirish, davr oralig’ida oladigan daromadlarni buzib ko’rsatishga olib keladi va korxonalar tomonidan ushbu faoliyat sohasiga mablag’lar sarflashni to’xtatib turadigan omil bo’lib hisoblanishidan iborat. Agar nomoddiy aktivlarni yaratish bilan bog’liq xarajatlarni darhol hisobdan o’chirish fikriga qo’shiladigan bo’lsak, unda bizning korxonalarimizda bunday xarajatlarga eng oz miqdorda mablag’ ajratilib, respublikamiz xududida ishlab chiqarish va intellektual mulkni (korxonaning o’z ishlab chiqarishini) umuman pasayishiga olib keladi, korxonalar esa o’zlarining mulkiy huquqlari (nomoddiy aktivlari)ni yaratmasdan, xorijdan sotib olishga xarajat qiladilar.
Nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya hisoblash va amortizatsiya ajratmalarining mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga to’g’ri olib borilishini tekshirish chog’ida auditor nomoddiy aktivlarning ishlab chiqarish faoliyatida foydalanilayotganligi va daromad keltirayotganligi to’g’risida isbotga ega bo’lishi lozim.
Nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya ajratmalari baholash miqdori bo’lib, taxmin qilinayotgan foydali xizmat qilish davriga asoslanib hisob-kitob qilinadi. Shuning uchun auditor o’rnatilgan foydali xizmat qilish muddatlari va amortizatsiya ajratmalari normalarining mosligini №7 BHMS 46 bandiga muvofiq tekshirib ko’rishi lozim. Bunday tekshiruvni amalga oshirish uchun №1 - NMA shakldagi kartochka va nomoddiy aktivlar ob’ektlarini hisobga qabul qilishda asos bo’lgan dastlabki hujjatlardan foydalaniladi.
№7 BHMS 39 bandiga muvofiq nomoddiy aktivning amortizatsiya qilinadigan qiymati muntazam asosda taqsimlab borilishi uchun amortizatsiya muddatlari quyidagicha belgilangan:

  1. nomoddiy aktiv ob’ektining foydali xizmat ko’rsatish muddati davomida (lekin bu muddat xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat qilish muddatidan oshmasligi lozim);

  2. foydali xizmat ko’rsatish muddatlarini aniqlash imkoni bo’lmagan nomoddiy aktivlar bo’yicha 5 yil hisobida (lekin bu muddat xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat ko’rsatish muddatidan oshmasligi lozim).

Amortizatsiya hisoblanadigan nomoddiy aktivlar bo’yicha auditor quyidagilarni tekshiradi:

  1. qo’llanilayotgan amortizatsiya hisoblash usullari korxona hisob siyosatiga mos kelishi;

  2. tanlangan amortizatsiya hisoblash usuli nomoddiy aktivlar ob’ektlari qiymatini qolgan foydali xizmat qilish muddati davomida ishlab chiqarish sarflarini hisobga oladigan schyotlarga to’g’ri o’tkazilishini.

№7 BHMS 42 bandiga muvofiq nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning uch usuli ko’zda tutilgan. Ular:

  1. to’g’ri chiziqli (yoki bir tekis);

  2. kamayib boruvchi qoldiq;

  3. ishlab chiqarish birliklari summasi bo’yicha amortizatsiya hisoblash (ishlab chiqarish usuli).

Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usullarining mohiyati, korxona moliyaviy holatiga ta’sirini bilish va shu asosda malakali auditorlik xulosasi shakllantirish maqsadga muvofiq. To’g’ri chiziqli usulning mohiyati muayyan nomoddiy aktivning jami foydali xizmat qilish muddati davomida eskirish summalari bir me’yorda hisoblab yozib borilishidan iborat.
Kamayib boruvchi qoldiq usulidan foydalanish chog’ida muntazam hisoblab boriladigan amortizatsiya summalari foydali xizmat qilish davri davomida kamaytirib boriladi.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirish hisoblash usuli (ishlab chiqarish usuli) ga muvofiq amortizatsiya hajmi nomoddiy aktivdan necha marotaba foydalanilishi yoki nechta mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kutilayotganligiga bevosita bog’liqdir.
Amaliyotda amortizatsiya hisoblashning to’g’ri chiziqli usulidan foydalanish afzalroq. Qolgan usullardan muayyan holatlarda foydalanilishi maqsadga muvofiqdir.
Auditor hisoblangan amortizatsiya ajratmalarining schyotlarda to’g’ri aks ettirilganligini ham aniqlashi lozim. Bunda №21 BHMS ga muvofiq quyidagi test-jadvaldan foydalanish mumkin:
Auditor amortizatsiya ajratmalarining har oyda hisoblanayotganligini ham tekshirishi lozim. Chunki amaliyotda nomoddiy aktivlarga har chorakda bir marta amortizatsiya hisoblash hollari uchraydi. Shuningdek, korxona zarar ko’rgan davrlarda ham amortizatsiya hisoblanganligini tekshirish zarur. Qoidaga ko’ra korxona faoliyatining hisobot davridagi natijalari qanday bo’lishidan qat’iy nazar (foyda oladimi yoki zarar ko’radimi) nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashi shart.
Nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya ajratmalari hisoblashni tekshirish chog’ida:

  1. nomoddiy aktivlar ob’ektlarining o’rtacha qiymati va o’rtacha amortizatsiya normasidan foydalangan holda hisoblash yo’li bilan amortizatsiya ajratmalari summalarini prognozlash;

  2. bir necha hisobot davrlaridagi hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summalarini taqqoslash va aniqlangan farqlarni nomoddiy aktivlar ob’ektlarining mavjudligi hamda ular kirimi va chiqimining ta’sirini inobatga olgan holda tahlil qilish kabi analitik amallardan ham foydalanish mumkin.

Amortizatsiya ajratmalarini batafsil tekshirish chog’ida auditor amortizatsiya ajratmalari hisoblash usullaridagi o’zgarishlarning korxona hisob siyosatida aks ettirilganligini aniqlashi lozim. Chunki bunday o’zgarishlar bir qancha davrlar oralig’idagi ma’lumotlarning taqqoslanuvchanligiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Bunda joriy sharoitga yangi baho berish kerak. Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddatlari o’zgargan hollarda o’zgarish sabablari o’rganilib, ularning №1 - «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» va №7 - «Nomoddiy aktivlar» nomli BHMS talablariga muvofiqligi o’rganiladi.
Nomoddiy aktivlardan qancha muddatda foydalanish va ularga eskirish hisoblash zarurati haqidagi masalaga ko’pchilik davlatlarning ancha ehtiyotkorlik bilan yondoshishi bu sohadagi mavjud xalqaro standartlarga muvofiq keladi. Chunki, hisobning xalqaro standartalari komiteti yoxud ishbilarmonlik aloqalari qiymati kapitallashtirishni, yoxud birdaniga korxonaning xususiy kapitali hisobiga hisobdan chiqarishga ruxsat beradi.



Download 467 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish