11 – MA’RUZA
Yettinchi guruhning p-elementlari
7A guruhning elementlari galogenlardir. Galogen so‘zi yunonchada “galos” tuz va “genodos” tug‘diruvchi degan ma’noni bildiradi.Galogenlarlarning birikmalari barqarordir.
1774 yilda Sheele HCl ga MnO2 ta’sir ettirib olgan, G. Devi uni xloros yunonchada sarg‘ish-yashil deb nomladi va kimyoviy element sifatida kiritdi. Brom 1826 yilda Balar tomonidan dengiz suvi tuzlari tarkibidan ajratib olgan, “bromos” yunonchada qo‘lansa hidli degan ma’noni bildiradi. Yodni 1812 yilda Kurtua dengiz o‘simliklari kulini tekshirish jarayonida kashf etgan, «yodid» yunonchada binafsha degan ma’noni bildiradi. Ftorni 1886 yilda Muassan suvsiz suyuq vodorod ftoridga aralashtirilgan KG‘ ni elektroliz qilish natijasida olishga muvaffaq bo‘lgan.
Galogenlar davriy sistema 7A-guruhining asosiy guruhchasini tashkil qilib, ulardan ftor va xlorni tipik elementlar xiliga, qolgan 3 tasi-brom, yod va astatlar esa brom guruhchasiga bo‘linadi. Buning sababi xlor va ftorlar kichik davrlarga mansub.
Galogenlarning tashqi elektron qobig‘ining tuzilishi bir xil-ns2np5 bo‘lgan holda brom guruhchasi elementlarining tashqi va tashqidan oldingi qavatning elektron konfiguratsiyasi o‘zaro o‘xshash xildadir. Ftor eng kuchli oksidlovchi elementdir. Shuning uchun u faqat -1 ko‘rinishda bo‘la oladi. Ftordan boshqa galogenlar -1 dan (7 gacha bo‘lgan turli xil oksidlanish darajasini namoyon qiladilar.
Shunday vaqtlarda ba’zi oksidlardan mustasno bo‘lgan holda boshqa deyarli hamma hollarda oksidlanish darajasi toq sonli qiymatlarga ega bo‘ladi. Sabab,-ns2 va np5 elektronlardan juftlarining ketma-ket, navbatdagi bo‘sh pog‘onachalarga o‘tib element reaksiyada ishtirok etayotgan paytda atomlarning kutilgandagi (1 oksidlanish darajasi bilan bir qatorda (3, (5 va (7 oksidlanish darajalarining namoyon bo‘la olishidir.
Galogenlar molekulyar birikmalardir. Ғ2 ni hisobga olmaganda Cl2 dan At2 ga borgan sari molekulalarning dissotsilanish energiyasi kamayib, berilgan temperaturada ularning termik dissotsilanish darajasi ortib boradi. Bu ma’lumotlar galogenlarning atom massasi ortgan sari kimyoviy faolligi kamayadi degan xulosaga kelish imkoniyatini beradi.
Galogenning radiusi ortishi bilan uning oksidlangan holda bo‘lishi osonlashadi, kislorodda zaryad zichligi oshib boradi, Н-О bog‘i bo‘yicha dissotsilanish qiyinlashadi, natijada kislota kuchsizlanadi. Ftordan yodga tomon (F2, Cl2, Br2, J2 qatori) galogenlarning atom radiusi ortib boradi. Bu ftorning valent elektronlari yadroga yaqin, yodda esa uzoq, ya'ni yadroga bo'shroq tortilib turadi.
F° → Cl° → Br° → J° qatorda:
-oksidlovchilik xossasi kamayib boradi;
-kimyoviy faolligi kamayib boradi;
-qaytaruvchilik xossasi ortib boradi.
F- → Cl- → Br- → J- qatorda esa kimyoviy faolligi ortib boradi. Bu ionlarda tashqi energetik qavat sakkizta elektron bilan to'lgan, ular elektron qabul qila olmaydi, aksincha elektron berib oksidlanadi.
Tabiatda tarqalishi. O‘zlarining yuqori darajada kimyoviy faolligi tufayli aksariyat galogenlar tabiatda faqat birikmalar holida uchraydi. Faqat yod elementi suv o‘simliklarining tanasida yig‘ilishi mumkin.
Ftor flyuorit (СаҒ2), kriolit (Na3AlF6), ftorapatit (Са5(РО4)3F) minerallari tarkibida uchraydi.
Xlor tabiatda keng tarqalgan, u asosan birikma holida uchraydi, natriy, magniy, kaliy xloridlar dengiz va ko‘l suvlarida erigan holatda hamda qattiq holatda konlarda uchraydi. Masalan, NaCl – galit yoki tosh tuz, KCl·NaCl – silvinit, KCl·MgCl2·6Н2О-karnallit, MgSО4·КCl 3Н2О kainit kabi minerallar tarkibida uchraydi.
Eng og‘ir galogen At tabiatda deyarli uchramaydi. Uni sun’iy yadro reaksiyalari vositasida sintez qilinadi. 210 Astatning eng barqaror izotopining yarim yemirilish davri atigi 8,1 soatni tashkil etadi.
Adabiyotlar:
D.Shriver, P. Atkins. Inorganic Chemistry. Published in Great Britain by OxfordUniversity Press, New York, 2010.
James E.House. Inorganic Chemistry. Elsevier, Illinois Wesleyan University 2013.Р 832
F.A. Cotton, G. Wilkinson. Advanced inorganic chemistry. John Willey & sons. inc.
Qo‘shimcha adabiyotlar
Parpiyev N.A., Raximov H.R., Muftaxov A.G. Anorganik kimyo (nazariy asoslari). - Toshkent, “O‘zbekiston”, 2000.-479 b .
Parpiyev N.A., Muftaxov A.G., Raximov X.R. Anorganik kimyo. - Toshkent: “O‘zbekiston”, 2003. - 504 b.
Н.С.Ахметов. Общая и неорганическая химия.-“Высшая школа”, 2002. - 743 с.
Общая и неорганическая химия. В 3 томах. Под ред. Третьякова Ю.Д. Москва: “Академия”, 2008.
Do'stlaringiz bilan baham: |