11-ma’ruza.
Virtual laboratoriya ishlariga qo’yiladigan metodik va didaktik talablar.
REJA:
- Metodika nima?
- Didaktika nima?
- Virtual laboratoriya ishlariga qo’yiladigan metodik talablar.
- Virtual laboratoriya ishlariga qo’yiladigan didaktik talablar.
Metodika nima?
Metod (yun. "metodos" — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — voqelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻlyoʻriklar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli.
Metodikaning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib taqaladi.
Biror ishni bajarish Metodikani egallagan kishi shu ishni boshqalarga nisbatan oson, tez va soz bajara oladi. Metodikani egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun koʻp vaqt va kuch sarflaydi.
Metodika oʻz mazmuni jihatidan amaliy yoki nazariy shaklda boʻlishi mumkin. Insonning amaliy faoliyatiga oid Metodlar ham voqelikka xos boʻlgan qonuniyatlarni anglab yetish, bilib olishga borib taqaladi.
Metodlar haqidagi taʼlimot fanda metodologiya deb ataladi. Inson dastlab atrofdagi narsa va hodisalarni kuzatish, ularni bir-biriga taqqoslash, oʻxshatish, farq qilish asosida voqelik haqida bilimlarini toʻplab borgan. Voqelik haqidagi fanlar rivojlanishi bilan fanlarda qoʻllaniladigan yoʻl-yoʻriqlar, Metodlar ham takomillashib borgan. Fanning amaliy (empirik) va nazariy Metodlari vujudga keldi.
Metodika keng doirada mana shu dars jarayonlarida qo’llaniladigan sanoqsiz metodlar jamlanmasi sifatida tushuniladi. Tor doirada esa chet tili darsiga oid barcha metodlar majmuini ilmiy nazardan örganadigan, rivojlantiradigan fan sifatida tushunish lozim. Chet tillarni öqitish va örganishda metodika ilmiy fan sifatida ham öquv darsturlariga kiritilgan.
Yuqoridagilardan xulosa qilishimiz mumkinki, metodika bu dars jarayonidagi turli maqsadlarga eltuvchi yöllar, uslublar majmuasi bölib, uning öqituvchi oldiga qöyadigan savoli öquvchi örganayotgan materialni QANDAY usulda muvaffaqiyatli özlashtira oladi va rivojlantiradi demakdir.
Didaktika nima?
Didaktika (yun. didaktikos — oʻrgatuvchi, taʼlim beruvchi) — pedagogikaning tarmogʻi. Didaktika - taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadi.
"Didaktika" atamasi ilk bor Yevropada 17-asrda oʻqitish va taʼlim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qoʻllanila boshlagan. Chex pedagogi Ya. A. Komenskiy oʻzining "Buyuk didaktika" asari (1657)da bolalar va oʻsmirlarni maʼlumotli qilish va ularga taʼlim berishning didaktik jihatlarini ishlab chikdi.
Nemis pedagogi A. Disterveg oʻzining "Nemis oʻqituvchilarini maʼlumotli qilishga rahbarlik" (1834—35) asarida Didaktikaning ped.da taʼlim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini taʼkidlagan. Shundan keyin Didaktikaga taʼlim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. 19-asrning oxiri va 20-asrning boshlarida Didaktikaga oid maxsus monografiyalar paydo boʻla boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |