Konsentratsiya stollarida boyitish. Konsentratsion stolning asosiy parametrlari va ishlash tartibi
Konsentratsiya stollarida boyitish - suv harakati yo`nalishiga perpendikulyar gorizontal tekislikda qaytma-ilgarilanma harakatni amalga oshiruvchi suvning yupqa qatlamida gravitatsiyali boyitish jarayoni.
Konsentratsiya stoli (61-rasm) trapetsiyasimon shaklning tekis yuzasidan – tor taram-taram chiziqli dekadan iborat. Dekalar yog’ochdan yoki alyuminiydan tayyorlanadi va linoleum bilan (poliuretan bilan) va b.lar bilan qoplanadi. Deka ko`ndalang yo`nalishda 1-10 º burchak ostida o`rnatiladi va u yuritma ta`siri ostida gorizontal tekislikda assimetrik qaytma-ilgarilanma harakatni amalga oshiradi.
Dekaning barcha maydoni bo`ylab ko`ndalang yo`nalishda suvning yupqa oqimi beriladi.
Bo`tana ko`rinishidagi ta`minlash tushirish lotoki orqali stolning yuqori burchagiga beriladi.
Stol dekasiga tushadigan minerallar zarralari ikkita asosiy kuchlar ta`siriga duch qilinadi: dekaga ko`ndalang yo`naltirilgan suvning yuvish oqimi ta`siri kuchlari va dekaning qaytma-ilgarilanma harakatida yuzaga keladigan va dekaning bo`ylamasiga yo`naltirilgan zarralar inersiyasi kuchlari.
Dekaning ko`ndalang yo`nalishidagi zarralar harakati tezligi υ suv oqimi ta`siri ostida (6.41) nisbat bilan aniqlanadi va zarralar zichligi va o`lchami qancha kichik bo`lsa, u shuncha yuqori bo`ladi.
(6.42)
Shunga ko`ra, mayda va yengil zarralar yirik va og’irlarga qaraganda katta tezlik bilan stol dekasining ko`ndalang yo`nalishida siljiy boshlaydi
Stol dekasining bo`ylama yo`nalishida mineral zarralari harakati tezligi C inersiya kuchlari va ishqalanish kuchi nisbati bilan aniqlanadi. Zarra stol dekasi oqimida harakatlana boshlanadigan inersiya kuchining kritik tezlashishi α0 quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi
(6.43)
bunda, G0 - suvda zarralar og’irligi kuchi (og’irligi), f - ishqalanish koeffitsienti; m – zarralar massasi.
Sharsimon zarralar uchun
va qabul qilib,
(6.44)
olinadi.
Shunday qilib, zarralarning kritik tezlashishi uning zichligiga va ishqalanish koeffitsientiga bog’liqdir.
Shunga ko`ra, og’ir zarralar stol dekasi bo`ylama yo`nalishida yengil zarralarga qaraganda katta tezlik bilan siljiydi.
Bayon etilganlarga muvolfiq, yengil (υ1,C1) va og’ir (υ2 ,C2) minerallar zarralari harakati tezligi nisbati quyidagicha bo`ladi (61-rasmga qarang):
υ1> υ2 ; C1< C2 va υ1 < υ2 ; C1 > C2 .
61-rasm. Bir xil o`lchamli, lekin turli zichlikdagi δ zarralar harakati sxemasi (a) va stol dekasida boyitish mahsulotlari taqsimlanishi (b)
Yengil va og’ir zarralarning natijaviy tezliklari ularning turli traektoriyalar bo`ylab harakatini va turli nuqtalarda stol dekasiga to`g’ri kelishini (bir xilligini) ta`minlaydi.
Barcha ko`rinishlar natijasida stol dekasida “mahsulotlar yelpig’ichi” hosil bo`ladi (61, b-rasmga qarang). Dekaning old qismida eng og’iri minerallar zarralari to`planadi, deka oxirida (yuritmada) eng yengil minerallar zarralari to`planadi, ular o`rtasida esa oraliqdagi zichlik zarralari (hosilalar) to`planadi.
Konsentratsiya stolida zarrali material ajralishi jarayoni yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi, bu zarralarning zichligiga, yirikligiga, shakllariga, suv oqimi gidrodinamikasiga, deka harakati o`lchamlariga, segregatsiya hodisalariga va b.larga bog’liq.
Konsentratsiya stolida ajraladigan zarralar yirikligi ko`lami rudalar uchun 0,04 dan 3,0 mm.ni va ko`mir uchun 0,1 dan 0 mm.gachani tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |