11-Ma'ruza. Mulohaza. Xulosa chiqarish Reja: Mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida



Download 62,11 Kb.
bet19/23
Sana13.02.2022
Hajmi62,11 Kb.
#446736
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Falsafa 11-ma\'ruza

Sillogizmning umumiy qoidalari.
Xulosa asoslarining chin bo‘lishi xulosaning chin bo‘lishi uchun etarli emas. Xulosa chin bo‘lishi uchun yana ma’lum qoidalarga amal qilish ham zarur. Bu sillogizmning umumiy qoidalari deb ataladi. Ular sillogizmning terminlari va asoslariga taalluqli bo‘lgan qoidalar bo‘lib, quyidagilardan iborat:
Sillogizmda uchta termin: katta, kichik va o‘rta terminlar bo‘lishi kerak. Ma’lumki, sillogizmning xulosasi katta va kichik terminlarning o‘rta terminga bo‘lgan munosabatiga asoslanadi; shu sababdan ham terminlar soni uchtadan kam yoki ortiq bo‘lmasligi talab qilinadi. Agar terminlar soni uchtadan kam bo‘lsa, xulosasi yangi bilim bermaydi.
Masalan: Hamma notiqlar so‘z san’atini chuqur egallagandir.
So‘z san’atini chuqur egallaganlar orasida notiqlar ham bor.
Bu ikki mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi, chunki terminlar soni ikkita. Terminlar sonining uchtadan ortib ketishi ayniyat qonuni talablarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, terminlarning to‘rtlanishi (quarternio termunorum), deb ataluvchi xatoga olib keladi:
Davlat-iqtisodiy munosabatlarining siyosiy ifodasidir.
Har bir inson uchun sihat-salomatlik eng katta davlatdir.
Bu mulohazalarda «davlat» tushunchasining ikki xil ma’noda qo‘llanilishi chetki terminlarning o‘zaro mantiqiy bog‘lanishiga imkon bermaydi. Terminlarning uchtadan ortiq bo‘lishi asoslar o‘rtasidagi mantiqiy aloqadorlikning uzilishiga ham sabab bo‘ladi:
Hamma notiqlar-shuhratparast.
Sitseron-davlat arbobi bo‘lgan.
Bu ikki mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi, chunki bu mulohazalar o‘zaro mantiqiy bog‘lanmagan.
O‘rta termin hech bo‘lmaganda asoslardan birida to‘la hajmda olinishi kerak.
Agar o‘rta termin hech bir asosda to‘liq hajmda olinmasa, chetki terminlarning bog‘lanishi noaniq bo‘ladi va xulosaning chin yoki xatoligini aniqlab bo‘lmaydi.
Ba’zi faylasuflar notiqdir.
Kafedramizning hamma a’zolari faylasufdir.
Bu sillogizmda o‘rta termin katta asosda juz’iy mulohazaning subekti, kichik asosda umumiy tasdiq mulohazaning predikati bo‘lganligi uchun to‘liq hajmda olinmagan. Shuning uchun chetki terminlar o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanmagan. Bu asoslardan chiqarilgan xulosalar noaniq bo‘ladi:
a) Kafedramizning hamma a’zolari notiqdir.
b) Kafedramizning ba’zi a’zolari notiqdir.
3. Katta va kichik terminlar asoslarda qanday hajmda olingan bo‘lsa, xulosada ham shunday hajmda bo‘lishi kerak.
Bu qoidaning buzilishi kichik yoki katta termin hajmining noo‘rin kengayib ketishiga olib keladi. Masalan:
Hamma studentlar imtihon topshiradilar.
Hech bir abiturent student emas.
Hech bir abiturent imtihon topshirmaydi.
Bu misolda kichik termin hajmining noo‘rin kengayib ketishi xulosaning xato bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
4. Ikki inkor mulohazadan (asosdan) xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Masalan:
Ishsizlar tadbirkor emas.
Talabalar ishsiz emas.
5. Ikki juz’iy mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Masalan:
Ba’zi ayollar tadbirkordir.
Ba’zi davlat arboblari ayollardir.
6. Asoslardan biri inkor mulohaza bo‘lsa, xulosa ham inkor mulohaza bo‘ladi.Masalan:
Hech bir jinoyat jazosiz qolmaydi.
Vatanga xiyonat qilish jinoyatdir
Vatanga xiyonat qilish jazosiz qolmaydi.
7. Asoslardan biri juz’iy mulohaza bo‘lsa, xulosa ham juz’iy mulohaza bo‘ladi. Masalan:
Yaxshi farzand ota-onasini hurmat qiladi.
Ba’zi yoshlar yaxshi farzanddir.
Ba’zi yoshlar ota-onasini hurmat qiladi.

Download 62,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish