Tarmoqulanishinihimoyalash oxirgi nuqtalar о‘rtasidagi ulanishni xohishiy topologiyasini tarmoqda о‘rnatishga asoslangan: ishchi va zaxiradagi. Trafik bu ikki ulanishdan parallel uzatiladi va qabul qilish nuqtasi u qaysi ulanishni asosiy deb bilsa о‘sha ulanishdan trafikni oladi. Tanlash SDH kadrida uzatiladigan signal sifati haqidagi axborotga asosan amalga oshiriladi. Ishchi ulanishda buzulish sodir bо‘lgan taqdirda qabul qilish nuqtasi zaxiradagi kanaldan axborotni qabul qilishga о‘tadi, bunda о‘tish juda tez amalga oshiriladi, odatda 50 ms vaqt atrofida. Bu usulning kamchiligi uning ortiqchaligida, yaʻni bitta kanal о‘rniga tarmoqda ikkita kanal ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |