11-Laboratoriya mashg’uloti



Download 15,26 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi15,26 Kb.
#568601
Bog'liq
11-laboratoriya mashg'uloti


11-Laboratoriya mashg’uloti
Yorug’likda kraxmalni hosil bo`lishini aniqlash


Asbob va reaktivlar: Bir necha sutka (3-4 kun) qorong’ida saqlangan bargli xona o`simligi. Spirt va yod eritmasi. 10% li HCl, lampa. Oq chinni kristallizator, suv xammomi, shisha qalpoq. Qaychi, pintset, marmar donachalari, marmar uchun piyolacha. Qora qog’oz.
Fotosintez jarayonining mahsulotlaridan biri kraxmal hisoblanadi. Uning hosil bo`lishi uchun yorug’likning bo`lishi juda muhim. Buni biz nemis olimi Yu.Saks ishlab chiqqan usul bilan aniqlaymiz. Kraxmal o`simlikning nafas olish vaqtida ko`pgina fiziologik jarayonlarning o`tishida sarf bo`ladi. Qorong’i joyda saqlangan o`simlik bargida kraxmal parchalanib, shakarga aylanganligini oldindan aniqlab olish mumkin. Buning uchun qorong’i joyda saqlangan o`simlik bargi uzib olinib, qaynoq suvga botiriladi va so`ng spirtda qaynatilib rangsizlantiriladi. Oqarib qolgan bargga yod quyilsa bargning yuzi qizarib qolsa, kraxmalning parchalanib shakarga aylanganligini bildiradi. SHundan keyin yorug’likda kraxmal hosil bo`lishini aniqlash uchun quyidagi tajriba o`tkaziladi.
Ishning borishi. Tuvakdagi o`simlik suvga to`yg’azilib qorong’i joyga 2-3 kun qo`yilgandan so`ng, shu o`simlik bargi bandi bilan birga uzib olinadi. Barg yaprog’ini biror shakl yasalgan qora qog’oz bilan yopib, simqistirg’ich bilan mahkamlanadi va suvli stakanga solinib, usti shisha qalpoq bilan yopiladi. So`ngra u kuchli yorug’lik tushadigan joyga qo`yiladi. Fotosintez jarayoni yaxshi o`tishi uchun yorug’lik lampasidan ham foydalanish mumkin. Bundan tashqari bargga ko`proq miqdorda karbonat angidrid bilan ta`minlash zarur. Buning uchun marmar yoki oq bo`r solingan piyolachaga HCl yoki H2SO4 kislota solib shisha qalpoq ichiga qo`yiladi. Oradan 1-2 soat o`tgandan so`ng barg shisha qalpoq ichidan olinib, uning ustiga kiygizilgan qog’oz olinib tashlanadi va barg tezda qaynab turgan suvga solinadi. Keyin spirtda qaynatilib rangsizlantiriladi. So`ngra ularni chinni yassi idishga solib, ustiga suyultirilgan yod eritmasi qo`yiladi. Agar yorug’lik ta`sirida kraxmal hosil bo`lsa u holda barg yaprog’idagi shakllar o`rni ko`k rangga bo`yaladi. Qorong’i qilingan joylari esa qizil rangga kiradi. Chunki bu joylarda kraxmal parchalanib shakarga aylangan. Qora qog’ozdagi turli shakllar o`rniga fotoplyonkadagi negativni olsa ham bo`ladi.
O`simlik bargiga tushirilgan shakllarni ko`rgazma uchun saqlab qo`yish ham mumkin. Ularni spirt solingan bankaga ozroq yod qo`shib, oynaga yopishtirilgan


Nazorat savollar:

  1. YAshil rangli barglarning fiziologik ahamiyati nima?

  2. Fotosintezni qishloq xo`jalik ekinlarining hosildorligini oshirishdagi ahamiyati?

  3. Kraus usuli bo`yicha pigmentlarni bo`linishi nimaga asoslangan?

  4. Fotosintez jarayonida yorug’lik qanday rol’ o`ynaydi?

  5. Barg pigmentlari qanday spektrdagi quyosh nurlarini yutadi?

Adabiyotlar
1.Alimova R.A. O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi: o‘quv qo‘llanma. – T., 2013. – 320 b.
2.Alimova R.A., Sagdiyev M.T. O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi: o‘quv q o‘llanma. – T., 2013. – 320 b.
Download 15,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish