11-Laboratoriya ishi. Ishning nomi


 PowerPointda slaydlarni ko‘paytiring



Download 466,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana18.02.2022
Hajmi466,22 Kb.
#455526
1   2   3   4   5
Bog'liq
11 -Lab

3. PowerPointda slaydlarni ko‘paytiring . 
Topshiriqni bajarish tartibi:
a. 
PowerPointda 
tayyorlangan 
slaydlarni 
ko‘paytirish 
uchun 
Вставка→Дублировать слайд
amallari ketma-ket bajariladi. Natijada 


PowerPointda bir nechta slaydlar hosil bo‘ladi. 2-slayddan boshlab kerakli 
o‘zgartirishlar amalga oshirishi mumkin. 
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 
1. 8-sinf informatika va axborot texnologiyalari darsligi asosida tanlangan 
mavzu bo‘yicha dars uchun Power point dasturidan foydalanib oddiy didaktik 
material tayyorlang. 
2. 9-sinf informatika va axborot texnologiyalari darsligi asosida tanlangan 
mavzu bo‘yicha dars uchun Power point dasturidan foydalanib multimediali
didaktik material tayyorlang. 
12-Laboratoriya ishi.
Ishning nomi: 
Informatika va axborot texnologiyalari fani bо‘yicha elektron 
o‘quv-metodik materiallar tayyorlash.
 
Ishning maqsadi: 
Informatika va axborot texnologiyalari fani bо‘yicha 
elektron o‘quv-metodik materiallar tayyorlashni o‘rganish. 
Ish uchun kerakli jihozlar:
Kompyuter, proyektor, UvScreenCamera dasturi 
Ish haqida nazariy ma’lumot 
O‘quv jarayoni va darsda fanlardagi bilimlarni o‘zlashtirishda qo‘llaniladigan 
elektron o‘quv-metodik materiallarning asosiylarni keltirib o‘tamiz:
Elektron nashr
– bu grafikli, matnli, raqamli, nutqiy, musiqiy, video, foto va 
boshqa ma’lumotlar, shuningdek foydalanuvchining bosma xujjatlari majmuasidir. 
Elektron nashr istalgan elektron ma’lumot tashish qurilmalarida tarqatilishi mumkin 
– magnitli (magnitli lentalar, magnitli disk), optik (CD–ROM, DVD, CD–R, CD–I, 
CD+), shuningdek, kompyuter tarmoqlari orqali tarqatish mumkin. 
O‘quv elektron nashr-
ilmiy-amaliy bilimlar 
sohasi
ga mos keladigan 
tartiblashtirilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi, talabalar va o‘quvchilar tomonidan 
bu sohaga oid bilim, ko‘nikmalarni ijodiy va faol egallashlarlarini ta’minlashi kerak.
Elektron darslik
– ma’lum yo‘nalish va mutaxassislikning Davlat ta’lim 
standartlariga to‘liq mos tuzilgan yuqori ilmiy-uslubiy darajada yaratilagan asosiy 
o‘quv elektron nashrdir.
Elektron o‘quv qo‘llanma
 
– bu o‘quv qo‘llanmani qisman yoki to‘liq o‘rnini 
bosuvchi va mazkur turdagi nashr sifatida rasmiy tasdiqlangan elektron nashrdir. 
Gipermatnt
– bu elektron shaklda berilgan va tarmoqlangan, tizimli 
bog‘lanishli, bir fragmentdan ikkinchisiga bir lahzada o‘tishni ta’minlaydigan 
matndir. 
Intellektual yadro 
– matematik amallarni sonli va belgili shakllarda ifodalovchi
maxsus dasturlar uyg‘unligi. 
Kompyuterli tushuntirish
– induktiv xulosa chiqarish va savollarga “ha” “yo‘q” 
qabilidagi javoblar orqali ko‘rgazmali tushuntirish.


Vizuallashtirish
– rasm, grafik va animatsiyalar vositasida ko‘rgazmali tarzda 
taqdim etish.
Virtual kutubxona
- bu o‘quv materiallari elektron nus’hada chop etilgan 
yagona katalog tizimiga ega bo‘lgan elektron kutubxonadir. Elektron kutubxonadagi 
o‘quv materiallarini tarmoq tizimi imkoniyatlaridan foydalanib o‘qish mumkin. 
Elektron kutubxonadan yoki boshqa manbalardan tarmoq tizimi yordamida 
materiallarni olib o‘qish-virtual o‘qish deb yuritiladi. Yangi axborot texnologiyalari 
asosida boshqarishni avtomatlashtirish, ish yuritish, moliya ishlarini 
avtomatlashtirilgan holda boshqarishni ta’minlash kabi ishlarni bajarish 
imkoniyatlari tug‘ildi. Bundan tashqari yangi axborot texnologiyalari tufayli yuzaga 
kelgan juda katta imkoniyatga ega bo‘lgan muharrirlarni, tarjima qiluvchi dasturiy 
vositalarni keltirish mumkinki, ularning yaratilishi ta’lim tizimida ham o‘z 
samarasini bermoqda. 
43-rasm 
Kompyuterdan foydalanuvchilarning aksariyati windows operatsion tizimidan 
foydalanayotganligini inobatga olib, hozirgi kunning ommaviy tizimi uchun kerak 
bo‘ladigan multimediali o‘quv materialini tayyorlash talab etiladi. Informatika 
fanini o‘qitishda kerak bo‘ladigan video ma’lumotlarni yaratishda kompyuterdagi
jarayonlarni xotirada .avi, .flv formatlarda yozib boradigan dasturiy vositalardan 
foydalanishish maqsadga muvofiq. Bunday dasturlarga UvScreenCamera, 
Snagitlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. 
Bu dasturlar foydalanuvchiga kompyuterdagi jarayonni tasvir, video 
formatlarda xotirada saqlash imkonini beradi. Interfaollakni ta’minlash uchun 
Macromedia Flash, Swish kabi dasturiy vositalardan foydalanish mumkin. 
Macromedia Flash dasturi – keng imkoniyatlarga ega bo‘lib asosan animatsion 
ma’lumotlarni yaratishga mo‘ljallangan. Dasturda grafik ma’lumotlarni qayta 
ishlashdan tashqari HTML dasturlash tilining buyruqlaridan foyalanib ob’ektni 
boshqarish, shart kiritish imkoyoniyatlari ham mavjud. Flash dasturida 
foydalanuvchi o‘ziga qulay tarzda kerak bo‘lgan komponentlar va buyruqlarni


klviatura yordamida tez va aniq amalga oshirilishi mumkin. Bu narsa 
foydalanuvchiga vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatini yaratib beradi. Flash 
(SWF) formati eng kuchli formatlardan biri bo‘lmasada (SWF) yaratuvchilarga 
grafikani imkoniyatlari, grafika bilan ishlovchi vositalari va natijani Web-
sahifalarga qo‘shish mexanizmlarni birlashtirish o‘rtasida eng qulay yechimdir. 
Flash dasturinig yana bir qulayligi shundaki, kompyuter dasturlarida muammosiz 
ishlaydi. Flash texnologiyasi Shockwave Flash (SWF) formatidagi vektor 
grafikadan foydalanishga asoslangan. Albatta bu format eng kuchli formatlardan
bo‘lmasada, SWF yaratuvchilariga grafikani imkoniyatlari, grafika bilan
ishlovchi vositalar va natijani Web-sahifalarga qo‘shish mexanizmlarini
birlashtirish o‘rtasida eng qulay yechimi topilgan. SWF ni qo‘shimcha
imkoniyatlardan yana biri bu uning moslashuvchanligidir, ya’ni bu format
barcha platformalarda (MacOS sistemali Macintosh kompyuterlari yoki Windows
sistemali IBM kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin. SWF ning yana bir qulay 
imkoniyati uning yordamida yaratilgan tasvirlar nafaqat animatsiyali bo‘lishi,
balki interaktiv elementlar va tovush bilan boyitilishi mumkin. Macromedia 
Flash dasturida grafik ob’ektning uch o‘lchovli ko‘rinishini ham hosil qilish 
mumkinligi multimediali o‘quv materiallarini tayyorlashda va uni yanada tushunarli 
bo‘lishida xizmat qiladi. 

Download 466,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish