Bular: 686 ta gazeta, 300 ta jurnal va 96 ta TV va radiolar va boshqalardir.
115.O’zbekistоndа yangi аvlоd kаdrlаr tаyyorlаsh sоhаsidаgi o’zgаrishlаr.
a`lumki, «Ta`lim to`g`risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997 yil 29-avgustda qabul qilingan) qabul qilingach, ta`lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi. Bu muhim hujjatlarga ko`ra respublikamizda kasb-hunar kollejlarini jadal sur`atlar bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan o`quv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlanganligiga bog`liq. Kasb-hunar kolleji muhandis-pedagog hodimlari oldiga tayyorlanayotgan ishchi kadrlarga ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib toptirish ularda yuksak mehnat intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-tuyg`ularini tarbiyalash kabi vazifalarni qo`yadi.
Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Jamiyatda sodir bo`layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o`zgarishlar ta`lim tizimiga xususan o`rta maxsus kasb-hunar ta`limiga boshqacha yondashishni talab qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta`lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir.
116.Хаvfsizlik, millаtlаrаrо tоtuvlik vа diniy bаg’rikenglikni tа’minlаsh hаmdа chuqur o’ylаngаn, o’zаrо mаnfааtli vа аmаliy tаshqi siyosаt sоhаsidаgi ustuvоr yo’nаlishlаr.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Strategiyada beshinchi yo‘nalish sifatida «Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni ta’minlail hamda chukur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar» belgilandi. Bu ham yurtimizda fukarolarimiz xavfsizligi, millatlar va diniy bag‘rikenglikka berilayotgan ulkan e’tibordan dalolat beradi.
«Bag‘rikenglik» tushunchasi ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli sohalari. jumladan, siyosat va siyosatshunoslik, sotsiologiya, falsafa, ilohiyot, ijtimoiy axlok, kiyosiy dinshunoslik kabi fanlar doirasida keng istifoda etiladi. Lotincha «chidamoq», «sabr qilmoq» ma’nosini anglatgan «tolerantlik» so‘zi, asosan biror narsani, o‘zgacha fikr yoki karashni, o‘z shaxsiy tushunchalaridan kat’i nazar, imkon qadar bag‘rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi. Xususan, ushbu tushuncha deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to‘ldiruvchi ma’no kasb etib, «chidamlilik», «bardoshlilik», «toqatlilik», «o‘zgacha qarashlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda bulish», «muruvvatlilik», «himmatlilik», «kechirimlilik», «mehribonlik», «hamdardlik» kabi ma’nolarga ega.
Taraqkiyotning asosiy omillaridan biri bo‘lgan bag‘rikenglik borasida 1995 yil 16 noyabrda BMT tizimida Fan, ta’lim va madaniyat sohasida ixtisoslashgan tashkilot (YuNESKO) bosh konferensiyasining 28-sessiyasida «Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi» qabul qilindi. Deklaratsiyada irqi, jinsi, kelib chiqishi, tili, dinidan qat’i nazar, bag‘rikenglikni targib etish, inson huquq va erkinliklariga hurmat bilan qarash kabi majburiyatlar belgilab qo‘yilgan.
1998 yil 6 noyabrda Toshkentda o‘tkazilgan YuNESKO Ijroiya Kengashining 155sessiyasida «Tinchlik madaniyati va YuNESKOning a’zo davlatlaridagi faoliyati» deklaratsiyasi qabul qilindi. YuNESKOning «Tinchlik madaniyati» konsepsiyasi BMT tomonidan ma’qullanib, 2000 yil «Xalqaro tinchlik madaniyati yili», 2001 yil esa «Xalqaro madaniyatlararo muloqot yili» deb e’lon qilindi.
117.O’zbеkistоn Rеsпublikаsini yanаdа rivоjlаntirishning Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi - milliy tаrаqqiyotimizning yangi bоsqishi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida:
1. Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan
Do'stlaringiz bilan baham: |