11. Fаrg’оnа vоqeаlаri. 1989 yil o’rtаlаridа respublikа ijtimоiy-siyosiy hаyotidаgi o’zgаrishlаr



Download 56,08 Kb.
bet11/14
Sana13.07.2022
Hajmi56,08 Kb.
#785256
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
11-120

2. O’zbekistonning geosiyosiy o’rni. 1991 yilda sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi uning asosida qator mustaqil suveren davlatlarning, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining vujudga kelishiga sabab bo’ldi.
O’zbekiston davlat mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, o’zining ichki va tashqi siyosatini ishlab chiqish, boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama aloqalar o’rnatish borasida muhim tadbirlarni amalga oshirdi.
Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi va O’zbekistonning davlat mustaqillikka erishishi natijasida mamlakatimizda quiydagi o’zgarishlar ro’y berdi:
1.Ilgari «Markaz» tomonidan boshqariladigan vazifalarni endi O’zbekistonni o’zi mustaqil ravishda bajarishiga to’g’ri kelmoqda.
2.Ijtimoiy siyosiy o’zgarishlar iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bunda rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish ushbu masalani nazariy va amaliy muammolari echimini taqozo etmoqda.
3.O’zbekiston boshqa O’rta Osiyo davlatlari kabi Rossiya bilan janub va janubi-g’arbida joylashagan Pokiston, Eron va Turkiya davlatlari o’rtasida «Bufer-davlat» rolini bajarmoqda.
4.O’zbekiston O’rta Osiyo davlatlari ichida AQSh pozitsiyasini qo’llayotgan mamlakat. Bunday holat o’ziga xos ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy samaralar berishi mumkin.
5.O’zbekiston O’rta Osiyoda egallagan qulay geostrategik o’rni, boy va xilma-xil tabiiy resurslari, tabiati bilan ko’pchilik davlatlar, shu jumladan, AQSh va Rossiya e’tiboini o’ziga jalb qilmoqda. Bunday sharoitda hech ikkilanmasda yagona yo’lni tanlab olish zarur. Bu o’rinda O’zbekiston prezidenti I.A Karimov tomonidan tanlangan yo’l, ya’ni AQSh pozitsiyasini qo’llab quvvatlash-hozir vaqtdagi eng haqqoniy va maqbul yo’ldir, shu bilan birga O’zbekiston qo’shni davlatlari, dasttavval Rossiya bilan o’rnatilgan aloqalarini davom ettirishi ham maqsadga muvofiqdir.

23.Yangi Kоnstitutsiyaning qаbul qilinishi vа uning tаriхiy аhаmiyati.


Bu Konstitutsiyaviy qonun Asosiy Qonunimiz qabul qilinguniga qadar, ya’ni 1992 yil 8 dekabrgacha biz uchun kichik Konstitutsiya vazifasini bajarib turdi.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi yettinchi huquqiy qadam – 1991 yil 29 dekabrda Prezident saylovi va Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi referendumning o‘tkazilishiga taalluqli.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi va Respublika davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi referendum 1991 yil 29 dekabrda bo‘lib o‘tdi. Xalq davlat mustaqilligini qo‘llab ovoz berdi va Prezidentni sayladi. 1992 yil 4 yanvar kuni Oliy Kengashning ana shu saylov va referendum yakunlariga bag‘ishlangan to‘qqizinchi sessiyasi ochildi.
So‘ngra Birinchi Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirishish tantanali marosimi bo‘ldi. Ushbu sessiyada O‘zbekistonning o‘sha paytda amalda bo‘lgan Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mahalliy hokimiyat organlarini qayta tuzish to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi sakkizinchi huquqiy qadam – birinchi Konstitutsiya loyihasining ilk bor matbuotda umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilinishidir.
Konstitutsiyaviy komissiya bajarilgan ishni ma’qulladi va 1992 yil 8 sentyabrda Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilishga qaror qildi. Ushbu yig‘ilishda loyihani oxiriga yetkazish va tahrir qilish uchun ishchi guruh tuzildi. Yangi Konstitutsiyaning birinchi loyihasi 1992 yil 26 sentyabr kuni tayyor bo‘ldi va shu kuni matbuotda chop etildi.
Loyiha e’lon qilingach, uning umumxalq muhokamasi juda keng tus oldi. Bu ochiq-oshkora muhokamalar 1992 yilning sentyabr oyi oxiridan dekabr oyi boshlarigacha fuqarolarning siyosiy faolligi, ijodiy ko‘tarinkiligi ruhida o‘tdi hamda O‘zbekistonda demokratiya rivojining samarali va amaliy maktabi bo‘ldi.
Muhokamada mamlakatimiz katta yoshdagi aholisining deyarli hammasi ishtirok etdi. Matbuotda, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlarda qizg‘in bahs-munozaralar bo‘ldi. Ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazildi, Konstitutsiya loyihasiga doir masalalar bo‘yicha suhbatlar, anjumanlar tashkil qilindi.
Konstitutsiyaviy komissiyaga fikr-mulohazalar bildirilgan 600 taga yaqin xat kelib tushdi. Respublika matbuotining o‘zida Konstitutsiya loyihasiga bag‘ishlangan yuzdan ortiq materiallar e’lon qilindi. Fuqarolarimiz bildirgan takliflar soni 5 mingdan oshib ketdi.

24.Mustаqil O’zbekistоn dаvlаtining yuzаgа kelishi vа mustаhkаmlаnishidа I. Kаrimоvning tаriхiy хizmаtlаri.


Prezident I. A. Karimov O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik to‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi.
Sessiyada «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi.
O‘tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlarni e’tiborga olib, — xalqaro huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib, — O‘zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas’uliyatni anglab, — shaxsning huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o‘rtasidagi chegaralarning buzilmasligi to‘g‘risidagi Xelsinki shartnomalariga qat’iy sadoqatini bayon etib, — millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib, — Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat — O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonotidan.
O‘zbekiston Respublikasi, — deb ta’kidlanadi Bayonotda, — to‘la davlat hokimiyatiga ega, xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, oldindan hech qanday shart qo‘ymagan holda barcha sheriklar bilan teng huquqli, o‘zaro manfaatli bitimlar hamda shartnomalar tuzish uchun o‘zini ochiq deb e’lon qiladi. Oliy Kengash sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida» Qaror qabul qilib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonotini tasdiqladi va respublikani bundan keyin O‘zbekiston Respublikasi deb atashni belgilab qo‘ydi.
1- sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991- yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Qaroridan.

Oliy Kengash «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida» Qonun qabul qildi. Bu qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunning birinchi moddasida: « O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir», — deb qonunlashtirib qo‘yildi. Qonunda O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan bir sohibidir. U o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi, deb belgilab qo‘yildi. Mustaqillik asoslari to‘g‘risidagi qonunda O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegarasi, hududi daxlsiz va bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas, deb qat’iy qonunlashtirib qo‘yildi. Mazkur qonunda respublika hududidagi yer, yerosti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o‘z oltin zaxirasini yaratadi, deyiladi bu qonunda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasi 1991- yil 30- sentabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qildi. Qarorda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo‘yildi.


25.O’zbekistоnning iqtisоdiy mustаqilligini tа’minlаshgа qаrаtilgаn strаtegiya аsоslаri.
Mustаqillikni dаstlаbki yillаridа Birinchi Prezident Islоm Kаrimоv rаhbаrdigidа islоhоtlаr strаtеgiyasi ishlаb chiqildi. Bundа tаrаqqiy etgаn mаmlаkаtlаrning bоzоr munоsаbаtlаrgа o’tish tаjribаsi, mаmlаkаtimiz bоshdаn kеchirgаn tаriхiy sinоvlаr vа ulаrning sаbоqlаri, хаlqimizning turmush vа tаfаkkur tаrzi аsоs qilib оlidi. SHu tаriqа jаmiyatni islоh etishning chuqur ilmiy аsоslаngаn quyidаgi bеsh tаmоyili vujudgа kеldi.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko‘ra ustuvor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi.
Birinchi bosqichda totalitar tizimdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o‘tish davridagi bir-biriga bog‘liq, ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to‘g‘ri keldi: ma’muriy buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning g‘oyat muhim yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezident tomonidan belgilab berildi:
  • o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;


  • qishloq xo‘jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;


  • ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish.



Iqtisodiy islohotlarni huquqiy asoslovchi qonun-qoidalar yuridik tashkilotlar va yetuk olimlar tomonidan tayyorlandi va jahonning yirik mutaxassislari tomonidan quvvatlanib tan olindi.
Dastlabki vaqtning o‘zida iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilingan. Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo‘yicha Prezident huzurida maxsus Idoralararo kengash tuzildi.
Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy shartlaridan biri mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma’muriy buyruqbozlik tizimi buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, xususiy mulkdorlarning keng qatlami shakllantirildi va xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali aholining turmush darajasi yaxshilana boshladi.
Mulkni xususiylashtirish va ko‘p ukladli iqtisodni shakllantirish O‘zbekistonda o‘ziga xos yo‘l bilan amalga oshirildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdagi maqsad: 1. Davlat monopoliyasini tugatib ma’muriy buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotiga asos solish; 2. Xususiy mulkdorlarning keng qatlamini shakllantirish; 3. Xorijiy sarmoyadorlarga keng yo‘l ochish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va aholining turmush tarzini yuksaltirishdan iborat.
1992-1993-yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichida “Kichik xususiylashtirish” amalga oshirildi. Buning oqibatida asosan mayishiy xizmat va savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, davlat sanoat va mahsulot qayta ishlash korxonalari mulk shaklini o‘zgartirdi. Bular mulkning ijara, jamoa va aksiyadorlik shakliga aylantirildi. Uy-joylar keng miqyosda xususiylashtirilib, aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa arzon narxda xususiy mulk etib berildi.

26.O’zbekistоndа insоn hаq-huquqlаrini tа’minlаsh vа himоya qilish.


Inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va aholining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish maqsadida BMTning Inson huquqlari va boshqaruv tizimini demokratiyalashni qo‘llab-quvvatlash dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 31 oktyabrdagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tuzildi. Farmonda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning maqsad va asosiy vazifalari aniq belgilab qo‘yildi.
1996 yil 13 noyabrdagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori Milliy markaz faoliyatining tashkiliy-huquqiy asosi hisoblanadi. Ushbu qaror orqali Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi to‘g‘risidagi Nizom va Milliy markaz tuzilmasi tasdiqlangan.

27.O’zbekistоndа ko’ppаrtiyaviylik tizimining shаkllаnishi vа uning аhаmiyati.


O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi 1991 yil 1 noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyida tashkil topgan. Ushbu qurultoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O‘zbekiston XDP 1991 yil 15 noyabrda Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi. Partiyaning 218 viloyat, shahar va tuman kengashlari, 13665 boshlang‘ich tashkiloti faoliyat ko‘rsatdi. 400 mingdan ko‘proq a’zolari bor edi.
Xalq demokratik partiyasi o‘z Dasturida milliy mustaqillikni mustahkamlash, demokratik davlat, insonparvar, adolatli jamiyat qurish, O‘zbekiston xalqlari o‘rtasida tinchlik, osoyishtalik, fuqarolar totuvligini ta’minlash, har bir kishining munosib hayot kechirishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, fuqarolarning konstitutsiyaviy haq-huquqlarini kafolatlash maqsadini ilgari surdi.
Partiya Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar vaqtida o‘z nomzodlarini ko‘rsatadi, saylovchilarning ko‘proq ovozini olish uchun kurashadi, davlat hokimiyati organlarining barcha bo‘g‘inlarida ishtirok etadi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2010- yildagi qarori bilan XDPning 32 kishidan iborat deputatlari fraksiyasi ro‘yxatga olingan. O‘zbekiston XDPning „O‘zbekiston ovozi“, „Golos Uzbekistana“ gazetalari va „Muloqot“ jurnali nashr etildi. 1995 yil 18 fevralda O‘zbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi (SDP) tuzildi. Partiyaning Toshkentda II ta’sis qurultoyida uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi.
Adliya vazirligi 1995 yil 18 fevralda „Adolat“ SDPni ro‘yxatga olgan. Partiyaning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida huquqiy-demokratik davlat qurish, Vatanga sodiq xizmat qilish, adolatli fuqaroviy jamiyat qurish, demokratiya talablarining hamda mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga monand shart-sharoit yuzaga keltirishga hissa qo‘shishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2010- yildagi qarori bilan „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasining 19 kishidan iborat deputatlari fraksiyasi ro‘yxatga olingan edi. Partiya fraksiyasi „Adolat“ SDP majlislari, kengashlari va qurultoylari qarorlariga amal qilib, ular oldida o‘z ishlari yuzasidan belgilangan tartibda hisobot beradi. O‘zbekiston „Adolat“ SDP safida 30 mingdan ortiq a’zo bor edi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlarda, shuningdek, 175 shahar va tumanlarda partiya Kengashlari tuzilgan. O‘zbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasining „Adolat“ nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr etildi.
O‘zbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi (O‘zMTDP) 1995 yil 3 iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995 yil 9 iyunda O‘zMTDP ni ro‘yxatga olgan. Partiya oliy maqsadi milliy tiklanish g‘oyasini amalga oshirish yo‘lida o‘z harakatining asosiy yo‘nalishlarini quyidagicha belgilaydi: millatning ma’naviy birligi; Vatan–yagona oila; kuchli demokratik davlat; milliy qadriyatlar; ilmiy-texnik aviy taraqqiyot va umumjahon integratsiya; zamon kishisi; milliy istiqlol.
O‘zbekiston MTDPning oliy organi 5 yilda chaqiriladigan qurultoy bo‘lib, unda rahbar organlar saylanadi.
1998 yil 28 dekabrda O‘zbekiston „Fidokorlar“ milliy demokratik partiyasi tashkil topdi. Partiyaning 1998 yil 28 dekabrdagi ta’sis konferensiyasida uning Dasturi va Nizmi tasdiqlangan. „Fidokorlar“ partiyasining maqsadi kindik qoni to‘kilgan tuproq, ajdodlar merosi va qadriyatlari bilan faxrlanadigan, xalq g‘amini o‘z g‘ami deb bilib, har qanday tahdid, xavf-havotir, qiyinchiliklar oldida bosh egmaydigan, tiz cho‘kmaydigan, Vatan, taraqqiyot, ijtimoiy adolat yo‘lida jonini ham fido qilishga tayyor, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan fidokor shaxslarni birlashtirishdir. Partiya mulkdorlar daxlsizligini ta’minlashga intiladi, fikrlar, g‘oyalar, qarashlar xilma-xilligiga asoslanadi.
Toshkentda 20 iyun (2008 y.) kuni O‘zbekiston „Fidokorlar“ milliy demokratik partiyasi va O‘zbekiston „Milliy tiklanish“ partiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
Qurultoyda O‘zbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi va „Fidokorlar“ milliy demokratik partiyasini birlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

28.Mustаqil O’zbekistоndа hоkimiyatlаr bo’linishi printsipi.


1993 yil 28 dekabrda bo‘lib o‘tgan Respublika Oliy Kengashining XIV sessiyasida „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida“, 1994 yil 22 sentabrda bo‘lib o‘tgan XVI sessiyada „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida“ Qonunlar qabul qilindi. Ularda qonunchilik sohasida tub islohotlarni amalga oshirish zaruriyati kun tartibiga qo‘yiladi. Negaki, birinchidan, sobiq Ittifoq davridan qolgan bir qator qonun va me’yoriy hujjatlar hamon amalda bo‘lib, ular mazmun va mohiyati jihatidan yangilanayotgan davlat va jamiyat uchun mutlaqo mos kelmas edi, qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishga monelik qilardi. Ikkinchidan, har qanday mafkuraviy ta’sirdan xoli, xalqning o‘ziga xos tarixiy, axloqiy-ma’naviy qadriyatlariga mos keladigan adolatli, demokratik-huquqiy davlat qurish, taraqqiyotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lidan borish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga huquqiy asos bo‘ladigan yangi qonunlar yaratish zarur edi. Bu borada rivojlangan mamlakatlar qonunchilik tajribasidan foydalanish lozim edi. Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo‘lishi belgilanadi. 

29.Siyosiy pаrtiyalаr fаоliyatidаgi хususiyatlаr.



Download 56,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish