JADVALDAN SATRLAR YOKI USTUNLARNI OLIB TASHLASH
Ba'zan jadvaldagi ortiqcha satr yoki ustunni o'chirish kerak bo'ladi. Lekin oddiy usulda ularni o'chirib bo'lmaydi. Shuning uchun quyidagicha amallar bajariladi.
Avval yurgich o'chirilishi kerak bo'lgan satr yoki ustunga joylashtiriladi. Agar bir necha satr yoki ustun o'chirilishi kerak bo'lsa, satrlar yoki ustunlar blokka olinadi. Maket tasmasining Satrlar va ustunlar (Строки и столбцы) guruhidagi O'chirilsin (Удалить) tugmasi ro'yxatidan kerakli amal tanlanadi, masalan, agar satr o'chirilishi kerak bo'lsa, u holda Satrlar o'chirilsin (Удалить строки) tugmasi tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |