17.
FIK 25 % bo’lgan Karno siklini bajarayotgan gaz izotermik kengayishda 240 J
ish bajargan. Gaz izotermik siqilishda qanday ish bajaradi?
18.
14.3-rasmda ikkita aylanma jarayonning
V, T
— diagrammalari tasvirlangan.
Bu jarayonlarning qaysinisida gaz ko’proq ish bajaradi: 1 — 2 — 3 — 1 —
jarayondami yoki 1 — 3 — 4 — 1 jarayondami?
19.
Ikki atomli gaz Karno siklini bajarmoqda, bunda izotermik kengayishda uning
hajmi 2 marta ortgan, adiabatik kengayishda esa u 300 kJ ish bajargan. Gazning bir
sikl mobaynida bajargan ishini toping.
20.
Hajmini uzgartirmay turib entropiyasini 1,31 kJ/K ga kamaytirish uchun
harorati 227°C bo’lgan 4,0 kg kislorodni qanday haroratgacha istitish kerak?
21.
Massasi 8,0 g bo’lgan argon isitilganda uning absolyut harorati 2 marta ortgan.
Gaz entropiyasining: 1) izoxorik va 2) izobarik ravishda qizdirilgandagi ortishini
toping.
22.
1 mol miqdordagi geliy izobarik ravishda kengayganda uning hajmi 4 marta
ortgan. Bu kengayishdagi entropiyaning ortishini toping.
23.
Boshlang’ich haroratlari va bosimlari bir xil bo’lgan teng hajmli ikki gaz hajmi
V dan V/2 bulgunga qadar biri izotermik, ikkinchisi esa adiabatik siqilgan. Qaysi
holda oxirgi harorat ortiqroq bo’ladi? Bu jarayonlarda entropiyaning o’zgarishi
yuz beradimi?
24.
Sistema holatini bosim va hajm o’rniga S entropiya va T absolyut harorat
orqali ifodalansa, S,T diagrammada Karno sikl qanday ko’rinishda bo’ladi?
25
. Hajmi 887 dm
3
bo’lgan, 30
0
C haroratda 0,10 MPa boshlang’ich bosim ostida
bo’lgan havo izotermik siqilganda uning entopiyasi 673 J/K ga kamaygan.
havoning jarayon oxiridagi hajmini toping.
26.
Massalari teng bo’lgan kislorod va vodorod bir xilda izotermik siqilgan. Qaysi
gaz uchun entropiyaning ortishi ko’p bo’lgan va necha marta?
27.
Massasi 1,0 kg bo’lgan karbonat angidrid gazi 40°C haroratdagi 0,20 MPa
bosimdan 253°C haroratdagi 4,5 MPa bosimgacha siqilganda uning entropiyasi
qancha ortishini toping.
28
. 127° C haroratda 0,50 MPa bosim ostida bulgan 1,0 kg kislorod hajmi 2
marta ortguncha izobarik ravishda kengaygan, so’ngra bosimi 4,0 MPa bo’lguncha
izotermik siqilgan. Entropiya ortishining natijaviy yig’indisini toping.
29
. Massasi 1,0 kg bo’lgan havo hajmi 6 marta kamayguncha adiabatik ravishda
siqilgan, o’zgarmas hajmda bosimi 1,5 marta orttirilgan. Bu jarayonda
entropiyaning ortishini toping.
30.
Massasi 3,0 kg bo’lgan azot bilan 2,0 kg karbonat angidrid gazi aralashishida
entropiyaning ortishini aniqlang. Aralashguncha qadar gazlarning haroratlari va
bosimlari bir xil bo’lgan.
31
. Kislorod to’ldirilgan va sig’imlari 2,0 dm
3
va 4,0 dm
3
bo’lgan ikkita ballon
jumrakli nay bilan tutashtirildi. Ikkala ballondagi boshlangich haroratlar 27° C,
bosimlar esa mos ravishda 0,10 MPa va 0,60 MPa ga teng bo’lgan. Agar butun
sistema issiqlik o’tkazmaydigan qobiq ichiga joylashtirilgan bo’lsa, jumrak
ochilgandan keyin sistema entropiyasining ortishini toping.
32.
Davo tuldirilgan va sdaimlari 0,50 m
3
va 1,0 m
3
bo’lgan ikkita ballon jumrakli
nay yordamida tutashtirildi. Birinchi ballonda 27° C haroratli 3,0 kg havo, ikkinchi
ballonda esa 57° C haroratli 5,0 kg havo bor. Jumrak ochilib, muvozanat holati
vujudga kelgandan keyingi sistema entropiyasining ortishini toping. Ballonlarning
devorlari va naylar havoning atrof-muhitdan to’la issiqlik izolyatsiyasini
ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyot
1.
Умумий физика курсидан масалалар тўплами(М.С.Цедрик таҳрири
остида). Тошкент. “Ўқитувчи”, 1996.
Do'stlaringiz bilan baham: |