MASALALAR
1.
14.1-rasmda ikkita: 1—2—3— 4 — 1 va 1' — 2' — 3 — 4 — 1'
Karno
sikllarining diagrammalari berilgan. Sikllardan qaysi birida
mashina kattaroq FIK
ga ega bo’ladi?
2.
14.2-rasmda ikkita: 1 — 2 — 3 — 4 — 1 va 1 — 2 — 3 '—4 '— 1 Karno
sikllarining diagrammalari berilgan. Sikllardan qaysi birida mashina kattaroq FIK
ga ega bo’ladi?
3
. Aylanma jarayon natijasida gaz 2,0 kJ ish bajarib, sovitgichga 8,4 kJ issiqlik
miqdori uzatgan. Siklning FIK ni aniqlang.
4
. Karno siklini bajarayotgan gaz isitgichdan olgan issiqlik miqdorining 3/4
qismini sovitgichga uzatadi. Agar sovitgichning harorati 0°C bo’lsa,
isitgich
haroratini aniqlang.
5.
Gaz Karno siklini bajarmoqda. Isitgichning absolyut harorati sovitgichning
absolyut haroratidan 3 marta yuqori. Gaz bir sikl davomida isitgichdan olgan
issiqligining qanday qismini sovitgichga beradi?
6.
Karno sikli bo’yicha ishlaydigan ideal issiqlik
mashinasidagi isitgichning
harorati 227° C ga, sovitgichning harorati esa 127° C ga teng. Mashinaning FIK 3
marta ortishi uchun isitgichning haroratini necha marta ko’tarish kerak?
7.
Karno sikli [buyicha ishlaydigan issitslik mashinasidagi isitgichning harorati
427° C, sovitgichning harorati esa 227° C ga teng bo’lib, u o’z navbatida ikkinchi
issiqlik mashinasining isitgichi bo’lib xizmat qiladi. Agar ikkala mashina
isitgichlari bilan sovitgichlari haroratlarining farqi bir xil bo’lsa,
qaysi
mashinaning FIK ortiq va necha marta ortiq bo’ladi?
8
. Bug’ mashinasining FIK u bilan bir xil haroratlar oralig’ida Karno sikli bo’yicha
ishlaydigan ideal issiqlik mashinasi FIK ning 50% ini tashkil qiladi. Qozondan
bug’ mashinasiga kelayotgan bug’ning harorati 227°C ga, kondensatorning
harorati esa 77° C ga teng. Bug’ mashinasi 1 soat ichida issiqlik qobiliyati 31 MJ/s
bo’lgan ko’mirdan 200 kg sarflasa, uning quvvatini toping.
9.
Karno sikli bo’yicha
ishlayotgan, FIK η=20% ga teng bo’lgan issiqlik
mashinasini xuddi shunday sharoitda sovitish mashinasi sifatida ishlatiladi. Uning
sovitish koeffitsienti qanday bo’ladi?
10.
Teskari Karno sikli bo’yicha ishlaydigan ideal sovitish mashinasining harorati
-10°C bo’lgan sovitgichidan 100 kJ issiqlik ajratib olish uchun tashqi kuchlar
qanday ish bajarishlari lozim? Sovitilayotgan suvning harorati 10°C ga teng.
11
. Teskari Karno sikli bo’yicha ishlaydigan ideal sovitish
mashinasada issiqlik
-20° C haroratli jismdan xarorati 10° C bo’lgan suvga olib uzatiladi. Agar bu
sovitish mashinasi 202° C dan 107°C gacha haroratlar oralig’ida ishlaydigan va
har siklda sovitgichga 504 kJ issiqlik beradigan issiqlik
mashinasi yordamida
harakatga keltirilsa, sovitilayotgan jismdan bir sikl davomida qancha issiqlik
olinadi?
12.
Quvvati P bo’lgan xolodilnik t va ichida boshlangich harorati t°C bo’lgan n
litr suvni muzga aylantirdi. Bu vaqt ichida xonaga qancha issiqlik miqdori ajralib
chiqqan?
13.
Uy xolodilnigi o’rtacha quvvati 40 Vt bo’lgan tok iste’mol qiladi. Agar
sovitish koeffitsienta ε=9 bo’lsa, xonaga bir sutka
mobaynida qancha issiqlik
miqdori ajralib chiqadi?
14.
Agar qattiq (hajmli) molekulalardan iborat uch atomli gaz adiabatik ravishda
kengayganda hajmi 6 dm
3
dan 7 dm
3
gacha o’zgargan bo’lsa, u bajaradigan Karno
siklining FIK ni toping.
15.
Ikki atomli gaz Karno siklini bajarmoqda. Agar bu gazning har bir mol miqdori
adiabatik siqilganda 2,0 J ish bajarilsa, siklning FIK ni toping.
Isitgich harorati
127° C