11-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Modal tashuvlar: unimodal, multimodal va intermodal texnologiyalar
Reja:
Transport turlari soni bo‘yicha tashish turlari
Yuklarni multimodal tashish tizimini yaratish
Tashish jarayonining uzluksizligi elementlari
Intermodal (intermodal) yoki multimodal (multimodal systems) deb yiriklashtirilgan yuk joylari integratsiyalangan o‘zaro bog‘liqlikdagi transport tizimlari bo‘lib, asosiy vazifalaridan biri tezlashish, arzonlashtirish va yuklarni harakatlanishini soddalashtirish hisoblanib (ko‘pincha xalqaro ISO namunasidagi konteynerlarda, kamdan-kam treylerlarda) ishlab chiquvchidan iste’molchigacha bo‘lgan «eshikdan eshikgacha».
Transport turlari soni bo‘yicha tashishni bir turdagi (unimodal) sifatida tasniflash mumkin, shunga qaramay transportning turlaridan biri va bitta yoki bir necha tashuvchilar yoki ko‘p turdagilarda amalga oshiriladi, hamda bir necha transport turlari bilan bajariladiganlaridir (inter-modal, multimodal).
Multimodal tashish tushunchasi quyidagi bir qator muhim jihatlariga ega. Ulardan birinchisi «multimodal» bilan bog‘liq bo‘lib, keltirib o‘tilgan tashishlarni bajarishda transportning kamida ikki turidan foydalanish kerakligini bildiradi. Ikkinchisiga binoan multimodal tashish to‘g‘risidagi shartnomaga aoslanib tashish ishlari bajarilishini talab qiladi (MTSh-DMP). Bu oddiy dalillarda ham tashish jarayonida bitta transport turining o‘zi yetarli emasligini anglatadi. Tashishda kamida ikkita transportni qamrab olishi to‘g‘risidagi shartnoma tuzilishi kerak, bunda qo‘llaniladi, amalda esa barcha tashishda qo‘llaniladi.
Multimodal tashishda bir operator tomonidan bajarilishi ko‘zda tutiladi.Operator mustaqil yoki barcha multimodal tashishlarni ta’minlab beruvchi shaxs hisoblanadi. Shunga binoan multimodal tashish operatori (MTO) yo amalda tashishni bajaruvchi yo uning aksi tashish shartnomasini agent sifatida emas balki shartnomadagi tomon (boshliq) sifatida tuzuvchi shaxs bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari MTO shartnomani bajarish majburiyatini olishi va multimodal tashish hujjatlarini taqdim etishi kerak bo‘ladi. Masalan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtotransport (konosament) yoki tashish hujjatini beruvchi, undan keyinchalik tashish javobgarligini oluvchi sud kompaniyasi MTO bo‘lmaydi.
Multimodal xalqaro tashish transportning bittadan ortiq bo‘lgan turidan foydalanish va barcha tashish uchun bosh bo‘lishi sifatida harakatlangan tashishlarni tashkillashtiruvchi operatordir. Ushbu «eshikdan eshikgacha» tashish an’anaviy bitta yoki bir necha transport turlari bilan xizmat ko‘rsatishga qaraganda ularning butun yo‘nalishlar bo‘ylab qatnovida yuklarni yetkazib berishni ta’minlaydi.
Multimodal tashishni bajarishdagi muhim shakli – MTO, shunga qaramay MTShni tuzuvchi va shartnomaning tomoni sifatida ishtirok etuvchi agent emas shaxs bo‘lib, multimodal tashish ishlarida ishtirok etuvchi o‘z nomidan yoki boshqa amaldagi shaxs nomidan yoki yuk jo‘natuvchi yoki tashuvchilar nomidan ishtirok etadi va shartnomaning bajarilishiga javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |